So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  0 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  10 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

Abbos G'ulomov: “Bunga ko'nikish oson bo'lmadi” Yangiliklar

Abbos G'ulomov: “Bunga ko'nikish oson bo'lmadi”

Namanganning “Navbahor” jamoasi azolari ham bugungi kunda barcha qatori karantin sharoitida yakka tartibda mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

Albatta, bunday sharoitda sport formasini ushlab turish oson emas. Bu haqda jamoaning yosh va iqtidorli futbolchisi Abbos G'ulomov ham fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashayotgan hayit bayrami bilan tabriklayman. Karantinda hamma turlicha mashg'ulotlar va ishlar bilan band bo'lmoqda. Kimdir kitob o'qimoqda, yana kimdir qiziqarli filmlar tomosha qilmoqda. Meni kunim esa asosan uy yumushlari bilan o'tmoqda. Orada yuzaga kelgan tanaffus sabab oila azolarimga ko'maklashmoqdaman. Barcha qatori biz ham katta futbolga va yashil maydonga qaytishni sog'indik. Bunga ko'nikish oson bo'lmadi.

O'tgan yilgiga qaraganda ancha o'sishga erishdim deb o'ylayman. Lekin, bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Yanada ko'proq mehnat qilib, o'z ustimda ko'proq shug'ullanmoqchiman. SHu paytgacha malum bir darajada tajriba to'pladim, jamoadagi yoshi katta futbolchilar o'z maslahatlarini ayamaydi.

Murabbiylarimiz karantinda sport formamizni yo'qotib qo'ymasligimiz uchun turli qiziqarli mashg'ulotlar dasturini yuborib turishadi. Bu avvalo o'zimiz uchun kerak deb bilaman.

Futbolchi uchun to'g'ri ovqatlanish ham muhim sanaladi. Men ham uyda qatiy tartib asosida bunga rioya qilmoqdaman. Ko'pi ketib ozi qoldi. Tez orada hammasi o'z holiga qaytishiga umid qilaman”,- deydi G'ulomov.

Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, Abbos G'ulomov Superliga-2019 mavsumida jami 21ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasini esa bir bor ishg'ol qilib, jamoadoshlarining ikki goliga assistentlik qildi. Joriy mavsumda esa u barcha uchta turda ham asosiy tarkibda dastlabki daqiqalardan boshlab faol harakat qildi.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика