So’nggi yangiliklar

18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  1 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  31 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0

Abbosbek Fayzullaev ertaga maydonga tusha oladimi?! Yangiliklar

Abbosbek Fayzullaev ertaga maydonga tusha oladimi?!

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichi oldidan BAA termasini qabul qiladi.

Bugun ana shu bellashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich Abbosbek Fayzullaev kechagi mashg'ulotda jarohat olgani haqida aytib o'tgan edi.

Vlado Radmanovich: "Katanec noyabr oyida terma jamoani o'zi boshqaradi" (o'yinoldi matbuot anjumani to'liq)

Ko'plab muxlislarning yarim himoyachimizning ahvoli haqidagi havotirlarini inobatga olgan holda ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik. "Championat.asia"ga malum bo'lishicha, kecha Fayzullaev mashg'ulot payti jamoadoshlaridan biri bilan to'qnashib ketgan. Jamoa shifokorlari tun bo'yi Abbosning ahvolini yaxshilash uchun uni nazoratda ushlashgan. Kechagi to'qnashuv natijasida futbolchimizning suyaklari lat emagan va ehtimoliy kutilgan xavf ortda qolgan. Bizning malumotga ko'ra, Fayzullaev ertangi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin, u xatto birozdan so'ng boshlanadigan terma jamoamizning rasmiy mashg'ulotidan ham qatnashishi kutilmoqda. O'zbekiston MTJning o'yin oldi rasmiy mashg'uloti 17:45 da "Jar" stadionida boshlanadi.

SHu o'rinda muhim futbolchilarimizdan birini tezroq safga qaytarish uchun harakat qilgan terma jamoamiz shifokorlariga minnatdorchilik bildirib o'tamiz.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - BAA o'yini ertaga, 15 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida 19:00da start oladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика