So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Abbos Fayzullaev: "Olimpiadaga hech kim mag'lubiyatga uchraymiz yoki guruhda qolib ketamiz degan maqsadda kelmaydi" Yangiliklar

Abbos Fayzullaev: "Olimpiadaga hech kim mag'lubiyatga uchraymiz yoki guruhda qolib ketamiz degan maqsadda kelmaydi"

Parij Olimpiadasi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Dominikan Respublikasi (1:1) uchrashuvidan so'ng yarim himoyachi Abbos Fayzullaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor, stadiondan va ekran ortidan qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Biz buni his qilib turdik. Ijtimoiy tarmoqlar orqali va to'g'ridan-to'g'ri stadionda bunga guvoh bo'ldik. Olimpiya o'yinlari juda muhim turnir sanaladi. Biz bu erda ishtirok etishni ancha vaqt kutgan edik. Musobaqa davomida qaysidir joyda omad, qaysidir joyda tajriba etishmadi. Bu kabi o'yinlarda bitta vaziyat hamma narsani hal qiladi. SHu bois, 90 daqiqa davomida konsentraciyani yo'qotmaslik kerak. 

Klubdagi kelgusi faoliyatim haqida hozircha hech narsa deya olmayman. Sababi, bor etiborimni terma jamoaga qaratganman. Endilikda CSKA safiga qaytib, keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlayman. Klub 4 avgustda navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi. Moskvaliklar bilan shartnomam bor. Hamma narsa o'z vaqtida bo'lgani yaxshi. 

23 yoshdan katta futbolchilar jamoaga yaxshi qo'shilib ketishdi. Ularni ham tushunsa bo'ladi, chunki ular jamoa bilan ko'p vaqt birga bo'lishmagan. Boshqa tizimdagi futboldan bu erga darhol moslashib ketish qiyin. SHunga qaramay, ular harakat qilishdi. Ammo ularning tayyorgarligi uchun biroz vaqt etishmadi. Ular qancha ko'proq jamoa bilan bo'lsa, taktik ishlanmalarga moslashishi shuncha oson kechadi. Turnir davomida barcha jonini berib harakat qiladi. Bu erga hech kim mag'lubiyatga uchraymiz yoki guruhda qolib ketamiz deb kelmaydi. Muxlislarimiz ham buni to'g'ri tushunishadi degan umiddaman. Biz tarix yaratdik, o'zbek futbolida burilish sodir etdik. CHinakam muxlislar bundan keyin ham bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishadi degan umiddaman. Oldimizda jahon chempionatiga yo'l olish maqsadi turibdi. Bu maqsadni ham uddalab, tarixda yana bir sahifa yaratishga harakat qilamiz", dedi Fayzullaev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика