Abbos Fayzullaev: "Bugun bitta yo'limiz bor edi"
18 jan 2024 22:49
Yangiliklar
Abbos Fayzullaev: "Bugun bitta yo'limiz bor edi"
"Avvalo, butun O'zbekiston ahlini g'alaba bilan tabriklayman. Stadionga kelib, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugun bitta yo'limiz bor edi — g'alaba qozonish. SHu bois, hujumga ko'proq etibor qaratdik. O'yinimiz ko'ngildagidek chiqdi, deb o'ylayman.
Bosh bilan ham gol urib turaman. O'tgan yili uchtacha gol urganman. Bu jarayon ko'proq vaziyat sodir bo'lishiga bog'liq. To'p to'g'ri kelib qolsa, bunday gollar uraveraman.
Ikkinchi bo'limda murabbiy tomonidan o'yin tempini pasaytirish topshirig'i bo'lmadi. Kuchni to'g'ri taqsimlash maqsadida shunday qildik. Biroq ikkinchi bo'limda ham ko'p hujum tashkillashtirdik, faqatgina undan unumli foydalanishda oqsadik.
Rejamiz o'yin boshidan raqibga bosim o'tkazish va tezkor gol urish edi, buni uddaladik", — dedi Fayzullaev.
Fikrlar