Abbos Fayzullaev: "BAA aeroportlarida muxlislar va jurnalistlar ushlab qolinayotgani - yoqimsiz holat"
03 iyu 17:04
Yangiliklar


Abbos Fayzullaev: "BAA aeroportlarida muxlislar va jurnalistlar ushlab qolinayotgani - yoqimsiz holat"
Foto Abbosbek Fayzullaev BAAga etib keldi
"Rossiyadagi birinchi sovrinimni qo'lga kiritganimdan xursandman. Final bahsidan so'ng terma jamoamizda muhim o'yin bor. Endi shu bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. O'zbek futboli tarixidagi eng muhim uchrashuvlardan biri. Biz vazifani bajarishimiz kerak".
- Sharja va Abu-Dabidagi aeroportlarda muxlislar va jurnalistlarni ushlab qolishmoqda. Buni futbolchilar his etib turibdimi?
- Bu haqda internetdan o'qidim. Yoqimsiz holat, ammo bu bizga hech qanday tasir qilmasligi kerak. Barchasi maydonda hal bo'ladi. Muxlislarimiz stadionda ko'proq bo'lgani yaxshi. Ularni mag'lub etsak, ularga ikki barobar alam qiladi.
- Kubok finalidan so'ng ham terma jamoaning BAAga qarshi o'yini haqida gapirdingiz. Nima deb o'ylaysiz, BAAga qarshi uchrashuv qanchalik qiyin kechishi mumkin?
- Har bir o'yin qiyin kechadi. Saralashda oson o'yinning o'zi yo'q. Biroq o'yin haqida ko'p o'ylab yuborish va “perenastroy” qilish ham kerak emas. Jo'da ko'p o'ylab yuborsak, o'yinimizga tasir qilishi mumkin. Shunchaki vazifani bajarish kerak xolos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Раввинни ўлдирган ўзбеклар
Пичоқбозлик қилганлар ўзбеклар
Жанжалларда қатнашган ўзбеклар
Булар фақатгина БАА кейсида ҳолос
Четда юрганлар фақат ўзи учунмас, мамлакати имиджи учун ҳам тўғри юриши керак. Бўлмаса шунақа қадрсиз бўп юрорамиз доим.
???? ФУТБОЛИЩЕЕЕ