Aaron Remzi: "Italiyada taktikaga Angliyadagiga nisbatan ko'proq etibor qaratiladi"
11 jan 2020 22:38
Yangiliklar
Aaron Remzi: "Italiyada taktikaga Angliyadagiga nisbatan ko'proq etibor qaratiladi"
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi Italiya A Seriyasini APL bilan solishtirdi.
"Bu erda APLga nisbatan taktikaga ko'proq etibor qaratiladi. Aksar jamoalar chuqur himoyalanishadi, sizdan ikki qatorli himoya chizig'ini yorib o'tish talab qilinadi. Bu jarayon davomida bir necha xil taktikaga murojaat qilishga majbur bo'lasiz. Angliyada maydonda ko'proq hududga ega bo'lishingiz mumkin, u erda intensivlik yuqori. Ammo men A Seriyaga texnik va sifat jihatidan qoyil qoldim", — deydi uelslik futbolchi.
Fikrlar