A Seriyaning yangi mavsumi qachon boshlanishi malum, D Seriya esa muddatidan oldin yakunlandi
20 may 2020 21:50
Yangiliklar


A Seriyaning yangi mavsumi qachon boshlanishi malum, D Seriya esa muddatidan oldin yakunlandi
Bugun Italiya futbol federaciyasi (FIGC) mavsumni davom ettirshi bo'yicha bir qator muhim qarorlarni qabul qildi, deya xabar beradi Sky Sport Italia.
Manbaga ko'ra, A, B va C Seriyalar davom etadi, D Seriya esa muddatidan oldin yakunlandi. Uchala yuqori ligaga 2019/20 yilgi mavsumni yakunlash uchun so'nggi muddat 20 avgust etib belgilandi.
Bu esa moliyaviy qiyinchiliklar tufayli D Seriyaga tushib ketgan “Palermo”ning kamida yana bir yil quyi divizionda qolishini anglatadi. Koronavirus pandemiyasi oldidan klub 4-divizionda peshqadamlik qilayotgan edi.
Italiyada yangi 2020/21 yilgi mavsum esa 1 sentyabrda boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar