So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

A Seriyaning amalga oshmagan 10 transferi Yangiliklar

A Seriyaning amalga oshmagan 10 transferi

Messi –"Inter"da, Totti esa –"Real"da...

Janluijji Buffon — “Parma”dan “Barselona”ga

Qachon: 2001 yil 

Narxi: aniq emas

Qaysi klubga o'tdi: “Yuventus” (2001)

Bu qanday sodir bo'lgan: 23 yoshli Buffon juda aqlli edi. U 2001 yil jamoasini ortidan ergashtira olgan dunyodagi eng kuchli yagona darvozabon. Jijji haqiqatdan ham “Parma”ga katta yordam bergan, klub bilan UEFA Kubogi, Italiya Kubogi hamda Superkuboklarini qo'lga kiritgan. Ammo parmezanlarning quvonchli kunlari asta-sekinlik bilan o'z poyoniga eta boshladi. Jamoaning etakchi o'yinchilari turli top-klublarga tarqab ketdi. Lekin Buffonni ancha vaqtgacha hech kim sotib ololmadi. CHunki o'yinchi uchun juda ham katta pul to'lash kerak edi.

Darvozabonni faqatgina sanoqli klublar sotib olishga qurbi etardi va ularning asosiy qismi Italiya klublari edi. Jijji qaysi klubga o'tgani va u erda qanday o'ynaganidan hamma xabardor. Lekin bilasizmi, u “Barselona”ga o'tishi mumkin edi. Kataloniya klubi vakillari o'yinchi bilan uchrashdilar, ammo transfer shartlari borasida "Yuventus" bilan raqobatlasha olmadilar.

“Byankoneri” anchagina katta pul taklif qildi — 54 million evro. O'sha vaqtlar uchun bu summa juda ko'p edi. O'shanda faqat “Lacio” ErnanKrespouchun bundan sal ko'proq mablag' sarflagan (55 mln). Jijjining so'zlariga qaraganda, “Yuve”ni tanlashini otasi maslahat bergan ekan. Buffon uning aytganini qilgan va bundan hech qachon afsuslanmagan.

Nima bo'lishi mumkin edi: Buffon Roberto Bonano, Pepe Reyna va Viktor Valdes bilan raqobatda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmasdi, jamoaga Frank Raykaard bosh murabbiy bo'lishini kutardi va o'sha bir umrlik armon bo'lgan ECHL kubogini qo'lga kiritardi.

Franchesko Totti — “Roma”dan “Real”ga

Qachon: 2003 va 2004 yillar

Narxi: tahminan 50 million evro

Qaysi klubga o'tdi: jonajon klubi safida qoldi

Bu qanday sodir bo'lgan: — “Bu 2003 yil bo'lgan”, — yodga oldi Franchesko “Roma”ning rasmiy saytiga bergan intervyusida. — “Klub bilan munosabatlarim og'ir edi. Ishlar osonmasdi. “Real”meni o'z safiga qo'shib olish uchun hamma narsa qilgan. Bu men rad eta olmagan yagona klub edi. Men bu haqida jiddiy o'ylab qoldim. Ammo oilam va do'stlarim bir to'xtamga kelishimda yordam berishdi. O'ylashimcha, men to'g'ri yo'lni tanlaganman”.

O'sha payt Madrid klubi Zidan, Figu va Ronaldo kabi o'yinchilardan tashkil topgan afsonaviy jamoa edi, lekin Florentino Peres uchun doim hamma narsa kam bo'lgan, yanada ko'prog'ini istardi. SHuning uchun, u yulduz o'yinchi bilan ham har kuni muzokaralar o'tkazardi. “Real” xo'jayini aniq summa ajratmagandi. SHu sababli, A Seriyaning o'rtamiyona klubida o'ynab, Fabio Kapello bilan munosabatlari uncha yaxshi bo'lmagan Tottiga erishish uchun kichik imkoniyat paydo bo'lishi bilan o'yin uchun kurashni boshlab yubordi.

2003 yil kelishuv amalga oshmadi, ammo Peres taslim bo'lmadi va bir yildan keyin yana harakat qilib ko'rishga qaror qildi. “Roma” o'sha yili Skudetto uchun “Milan” bilan kurash olib borayotgan edi. Tottining o'sha vaqt shartnoma muddati o'z yakuniga etgan. Bundan xabar topgan Rim klubi tiffozilari norozilik bildirib chiqdilar. SHuning uchun, “bo'rilar” o'zining rasmiy saytida CHeskoning nomidan sotilmayotgani to'g'risidagi xabarni chop etdi. O'yinchini asosan zaxirada qoldiradigan Kapello buni qo'llab-quvvatladi. O'sha payt Fabioning gapi iqtibosga aylangan: “Tottini sotish — Kolizeyni sotish bilan barobar”.

Futbolchi “Roma” bilan yangi kelishuv borasida bundan unumli foydalandi. 2005 yil CHesko yangi 4 yillik shartnomaga imzo qo'ydi, maoshi yiliga 5,4 million evroni tashkil qildi (“Real” 5 mln taklif qilgandi).

Nima bo'lishi mumkin edi: Totti Madridda murabbiylar almashaverishiga ko'nika olmasdi va katta ehtimol bilan asosiy tarkibga ham kira olmasdi. Asli rimlik bo'lgan bu yigit Ispaniyaning qoq markazida qiynalishi aniq edi. Bir necha mavsumdan keyin “Roma”ga ijaraga qaytardi, shartnoma muddati tugagach, jonajon jamoasi safiga o'tishi mumkin edi.

Alessandro Del Pero — “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga

Qachon: 2006 yil

Narxi: aniq emas

Qaysi klubga o'tdi: faoliyatini “Yuve”da yakunlashni istagandi, lekin Hindistonda tamomladi

Bu qanday sodir bo'lgan: Italiya futboli tarixida alohida iz qoldirgan korrupciya ishidan xabaringiz bo'lsa kerak. O'sha vaqtlarda “Yuventus” kuchli zarbaga duch kelgandi va sal qolsa, Del Pero, Trezege, Buffon va Kamoranezilar bilan S1 Seriyasigacha tushib ketishi mumkin edi. Lekin “Keksa sinora”ning omadi keldi — apellyaciyadan so'ng B Seriyaga qaytdi, biroq ko'plab etakchilari tarqab ketdi: biri “Inter”ga, qolganlari “Real” va “Barselona”ga o'tdi.

Del Pero ham ketishi mumkin edi. Aleks Fergyuson aqlli o'yinchilar bilan yaxshi ishlardi va “Yuve” sardori iqtidoriga munosib baho bergan. “Manchester Yunayted” rahbarlari qancha bo'lsa shuncha pul sarflashga tayyor edilar. Ammo o'yinchining o'zi ularning taklifini rad etdi. Del Pero o'shanda “Yuventus” tarkibida to'p tepayotganiga 13 yil bo'lgandi va u shu jamoada faoliyatini yakunlamoqchi edi.

Nima bo'lishi mumkin edi: kuchli hujum uchligi: Krish – Runi – Del Pero. Aleks Angliya chempioni bo'lib, ECHL Kubogini qo'lga kiritgan bo'lardi.

Krishtianu Ronaldu — “Sporting”dan “Yuventus”ga

Qachon: 2003 yil

Narxi: 5 million evro + Marselo Salas

Qaysi klubga o'tdi: “Manchester Yunayted” (2003)

Bu qanday sodir bo'lgan: “Yuve” sobiq rahbari Luchano Modji o'z avtobiografiyasida Krishtianuni Italiyaga ancha oldin olib kelishi mumkin bo'lgani haqida yozgan. Biroq bu transferga Marselo Salas to'sqinlik qilib qolgan. Modji Ronalduning tovon puli borasida “Sporting” bilan kelishib oldi: 5 million evro hamda “Yuve”da jarohatlar tufayli ko'p o'ynay olmagan chililik hujumchi.

Lekin Salas tutoqib ketdi. U Portugaliyaga o'tish haqidagi gapni eshitishni ham istamasdi va uni “River Pleyt”ga sotishlarini so'radi. Modji unga “Yuventus” bilan shartnomasi bo'yicha qolgan summani to'lab berishini aytdi. Ammo mag'rur chililikni sotib olishning iloji bo'lmadi. Oradan bir hafta o'tib esa “MYU” Krishni bor yo'g'i 15 mln evaziga ilib ketdi.

Nima bo'lishi mumkin edi: Ronalduning faoliyati bu darajada tez rivojlanmagan bo'lardi. O'ziga xos Italiya futboliga ko'nikishi uchun Ronalduga ko'p vaqt kerak bo'lardi. Bundan tashqari birinchi navbatda natija haqida o'ylayotgan Marchello Lippini tarkibdan Pavel Nedved yoki Mauro Kamoranezini chiqarib yuborib, 18 yoshli portugaliyalikni o'yinga tushurilishiga ishonish qiyin. Bir-ikki yilda kalchopoli Ronaldu “Yuventus”ni baribir tark etardi va bugungidek buyuk bo'lardi.

Devid Bekxem — “Los-Andjeles Gelaksi”dan “Roma”ga

Qachon: 2010 yil

Narxi: ijara

Qaysi klubga o'tdi: “Milan” (2010)

Bu qanday sodir bo'lgan: Ko'pchilik Beksni futbolchi emas, maqtanchoq yigit deb hisoblardi. Lekin shunga qaramay, u juda ajoyib edi. Amerikada ajoyib imkoniyatlarga ega bo'lgan Bekxem qishda ham tinim bilmasdi. Doim Evropadan turli variantlar qidirardi. U terma tarkibida o'ynashni istar, murabbiylar etiborida bo'lishni xohlardi. SHu sababli, 2009 yil “Milan”ga ko'chib o'tdi va u erda yomon o'ynamadi. Angliyalik ijara muddati tugashi bilan, shu klubga o'tadi degan mish-mishlar bolalab ketdi, ammo amalda bunday bo'lmadi.

Bir yildan keyin Beks Evropadan yana yangi klub izlay boshladi va Luchano Spaletti qo'l ochtida Skudetto uchun kurash olib borayotgan “Roma” uning qarshisidan chiqdi. “AQSHda o'ynagan paytimda “Roma”ga o'tish uchun imkonim bor edi. Bunga sabablardan biri — Franchesko Totti edi. U bilan bir jamoada o'ynash ajoyib bo'lardi. Unga qarshi maydonga tushish esa bu alohida masala”, — xotirlaydi angliyalik.

Nima bo'lishi mumkin edi: Beks o'zining iqtidori hamda tajribasi bilan rimliklar chempionatni yaxshi natijalar bilan tamomlab, titulni qo'llga kiritishida yordam bera olardi.

Paolo Maldini — “Milan”dan “CHelsi”ga

Qachon: 1999 yil

Narxi: Aniq emas

Qaysi klubga o'tdi: afsonaviy o'yinchi bo'lish uchun klubda qoldi

Bu qanday sodir bo'lgan: Janluka Vialli, “CHelsi” murabbiyi, Maldiniga qo'ng'iroq qildi va Angliya klubiga o'tishni taklif qildi.O'sha payt Paolo “Milan”ning muhim o'yinchisi va dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri edi. SHu sabab uni ko'ndirish juda qiyin edi.

Maldini jamoada to'p tepayotganiga 15 yil bo'lgandi va Italiya Kubogidan boshqa hamma sovrinni qo'lga kiritgandi. SHu sababli o'shanda “CHelsi”ga o'tib ketishi mumkin edi. U erda Vialli klubi safida Karlo Kudichini, Roberto Di Matteo, Samuele Dalla Bona, Janfranko Dzola o'ynar edi. Jamoa esa medallar uchun kurash olib borardi. Roman Abramovich kelishiga esa hali 4 yil bor edi. Biroq Paolo baribir rad javobini berdi.

Nima bo'lishi mumkin edi: Italiya Kubogining o'rnigaMaldini Angliya Kubogini yutardi. Abramovich kelganidan keyin esa chempionat hamda CHempionlar Ligasi g'olibi bo'lardi. Jon Terri bilan juftlik bo'lib, “CHelsi” afsonasiga aylanar edi. Faoliyatini tugatganidan keyin sport yoki savdo ishlari bo'yicha klub direktori bo'lardi. Sababi Abramovich uni hech qaerga qo'yib yubormas edi.

Ronaldo — “Real”dan “Inter”ga

Qachon: 2007 yil

Narxi: Aniq emas

Qaysi klubga o'tdi: "Milan" (2007)

Bu qanday sodir bo'lgan:Ronaldoning Madriddagi shartnomasi muddati o'z yakuniga etdi va uning o'zi “Inter” prezidenti Massimo Morattidan uni sotib olishini so'radi. Ammo buning uchun “neradzurri” rahbarlari qaysidir o'yinchini sotishlari lozim edi. U qaysar braziliyalik Adrianodan qutilishga qaror qildi. Moratti Ronaldoni xafa qilmaslik uchun u bilan muzokaralarni biroz vaqtga to'xatib turdi.


Ammo Ispaniyada ortiqcha vazni uchun tanqid qilingan super-hujumchi “Milan”ga o'tdi va derbida “Inter”ga qarshi maydonga tushib darvozani ishg'ol eta boshladi. Bu transfer unga jiddiy tasir ko'rsatdi. Ronaldo ozdi va ajoyib formaga keldi. Afsuski, bu uzoqqa cho'zilmadi.

Nima bo'lishi mumkin edi: Ibragimovich – Ronaldo ajoyib juftlik. Tan oling, hozir bu o'yinchilarni maydonda ko'rish uchun ko'p narsadan voz kechardingiz. To'g'rimi?! Endi esa bir tasavvur qilib ko'ring: ular bilan birgalikda Krespo ham to'p tepmoqda...

Andrea Pirlo — “Milan”dan “Barselona”ga

Qachon: 2011 yil

Narxi: Zlatan transferining bir qismi

Qaysi klubga o'tdi: “Yuventus” (2011)

Bu qanday sodir bo'lgan: Maks Allegri Pirloni zaxirada qoldirib, qiynay boshladi. Murabbiyga yarim himoyachining uslubi yoqmasdi. U borgan sari tezlikni yo'qotar, maydonda loqayd o'ynar va klubdagi voqealarga befarqlik bilan javob qaytarardi.


Allegri ochiqdan-ochiq g'azabini namoyon qildi. Unga maydon markazida kuchli o'yinchi zarur edi. SHu sababli u Ambrozini, Gattuzo va Zeedorfni maydonga tushurardi. SHuningdek, “Barsa”ga o'tishi mumkin bo'lgan Pirlo transferiga imkon qadar qarshilik ko'rsatmasdi. U Zlatanning “Milan”ga transferining bir qismi bo'lishi mumkin edi. Lekin Adriano Galliani bilan bo'lgan shaxsiy suhbatdan so'ng, Pirlo jamoada qoldi. Oradan yarim yil o'tib tekinga “Yuventus” safiga o'tdi.

Nima bo'lishi mumkin edi: “Barselona” maydon markazida Buskets-Pirlo ajoyib juftligi. Futbolga bo'lgan qarashlari bilan Andrea Pep Gvardiolaning o'yin uslubiga tezda moslashib ketardi.Titullar esa… U paytlar italiyalikning sovrinlari etarli edi. U shunchaki mazza qilib futbol o'ynagan bo'lardi. 

Mario Balotelli — “Milan”dan “Real”ga

Qachon: 2014 yil

Narxi: katta miqdordagi tovon puli

Qaysi jamoaga o'tdi: “Milan”da qoldi, lekin uzoq vaqt emas

Bu qanday sodir bo'lgan: Balotelli “Manchester Siti”dan “Milan”ga o'tdi. 7 o'yinda 7ta gol, Italiya termasiga qaytish... O'zining eng yaxshi jismoniy ko'rinishida Balo dunyoning topforvardlaridan biri edi. U hattoki, “Milan”ECHLga chiqishida yordam berdi. Keyin esa unga “Real”dan taklif tushdi. Karlo Anchelotti o'zining sobiq jamoasiga “salom yo'llab”, Peresdan jamoaga shu hujumchini olib kelishni so'radi. “Milan” esa g'azab bilan Balotelli sotilmasligini takidladi. Uning shartnomasida tovon puli belgilanmagandi. Mario bir mavsum “rossoneri” tarkibida o'ynadi, keyin esa ketdi. Lekin buyog'i boshqa hikoya.

Nima bo'lishi mumkin edi: Madridda barcha futbolchilar bilan janjallashib, zaxirada qolib ketardi.

Lionel Messi — “Barselona”dan “Inter”ga

Qachon: 2006 yil

Narxi: 150 million evro

Qaysi klubga o'tdi: hamon o'z klubiga sodiq qolmoqda

Bu qanday sodir bo'lgan: “Barselona” sobiq prezidenti Joan Laportaichidagilarni ro'yi-rost aytib berdi.“The Guardian”ga berganintervyusida o'sha paytlar hali unchalik mashhur bo'lmagan Messini “Inter” qanday qilib sotib olmoqchi bo'lgani haqida gapirib bergan.

“Bu 2006 yilda sodir bo'lgandi. “Inter” Messi uchun 150 million evro taklif qildi. Men Lionelning otasiga aytdim: “Ular pul to'lashiga to'g'ri keladi. O'g'lingni shunchaki berib yubormayman. Lekin u “Barselona”da baxtli bo'ladi va anchagina yutuqlarga erishadi. U erda esa faqat pul yutadi!”, — degan edi funkcioner. Umuman olganda, bu doim nimalarnidir o'ylab topadigan Morattiga o'xshadi. SHunga o'xshash fikrlar faqat uning hayoliga kelishi mumkin. Lekin Messi ularga rad javobini bergan va bu transfer amalga oshmagan.

Nima bo'lishi mumkin edi: Moratti moliyaviy muammolar tufayli “Inter”ni ancha oldin berib yuborishiga to'g'ri kelardi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика