A Seriyaning 2018 yildagi eng yomon futbolchisi malum qilindi
10 jan 2019 11:45
Yangiliklar


A Seriyaning 2018 yildagi eng yomon futbolchisi malum qilindi
Italiyada A Seriyaning 2018 yildagi eng yomon futbolchisi borasidagi ovoz berish yakunlarini elon qilishdi.
Ushbu "sovrin"ni "Atletiko" (bungacha "Milan") hujumchisi Nikola Kalinich qo'lga kiritdi.
Xorvatiyalik futbolchi uchun 13 ming inson ovoz bergan. Kuchli uchlikdan Andre Silva va Patrik SHik o'rin olgan.
O'tgan mavsumda ushbu sovrinni "Inter"dagi o'yinlari uchun Gabriel Silva qo'lga kiritgandi.
Bir necha yillar davomida "Bidone d'oro"ga Rivaldo, Rikardo Kuarejma, Adriano kabi futbolchilar ham ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar