So’nggi yangiliklar

08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  0 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  0 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  1 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  2 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  6 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  4 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  1 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2 23:20Гўзалликни қадрлайдиганлар учун! ЖЧ-2030 финали учун барпо қилинадиган стадионни кўрдингизми?  5 22:51Максим Шацких ёрилди: "Бу томорқада қандай қилиб футбол ўйнаш мумкин, билмайман"  52 22:22Хамес янги жамоаси билан шартнома имзолаш учун Мадридга учиб борди  2 21:59Февзи Давлетов: "Пахтакор" билан ўйин учун футболчиларни руҳан тайёрлаш шарт эмас"  14 21:19Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон" 0:1  12

A Seriyadan ketishi zarur bo'lgan 10 futbolchi Yangiliklar

A Seriyadan ketishi zarur bo'lgan 10 futbolchi

Darhaqiqat, bugungi kunda A Seriya avvalgi holatida emas. Jamoalar tarkibi ancha kuchaygan, yulduz o'yinchilar soni ham sezilarli darajada oshgan.

Italiyadan ko'plab yosh va iqtidorli futbolchilarni yaxshigina narx evaziga topish mumkin. Mashhur o'yinchilar haqida gapiraverishdan mano yo'q. SHu sababli, bugun hali tanilishga ulgurmagan, lekin yuqori salohiyatga ega va jamoasida yorqin darajada porlay olmayotgan iqtidorli futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Kristian Kuame (“Jenoa”)

Bu mavsumda Kshishtof Pentek “Jenoa”ning kuchli o'yinchilari qatorida bo'la oldi. U hattoki, Immobile va Ronaldudan ham yaxshiroq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo uning jamoadoshi Kristian Kuame haqida ham unutmaslik lozim.

Kuame mavsumni yaxshi boshladi va polshalikdan yomon o'ynagani yo'q. Baland bo'yli, 21 yoshli afrikalik “Jenoa”ga “CHittadella” klubidan kelgani o'zingizga malum. Klub prezidenti Enriko Preciozi uni “yuqori salohiyatga ega futbolchi” deb atagandi. “Jenoa” bu hujumchisini osonlikcha qo'yib yubormasligi aniq. Jamoa Kuameni sotish haqidagi mish-mishlarlarni rad etdi.

Moyze Kin (“Yuventus”)

Moyze Kin yangi iqtidorli o'yinchilardan biridir. Lekin u “Yuventus”da “o'rin” uchun kurashib kelmoqda. Ha, jamoada Manjukich, Dibala va Ronaldudek kuchli futbolchilar bor ekan, asosiy tarkibda o'ranashib olish biroz qiyin kechadi.

Roberto Manchini italiyalikni AQSH termasiga qarshi bahsda maydonga tushurib, 18 yoshli yigitga ishonishi bildirdi. Moyze Ken o'tgan mavsumda “Ellas Verona” tarkibida maydonga tushib, 4ta gol urishga erishgandi. Lekin u bu mavsumda deyarli o'ynagani yo'q.

Italiyaliklar Ken bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzishni xohlashyapti. Biroq Moyzening akasi u Italiyadan ketmoqchi ekanini malum qildi: “Moyze bu erda qoladi deb o'ylamayman. Yanvarda u boshqa ligani izlab ko'rsa kerak”. Uni ijaraga berish ushbu vaziyatdan chiqishga yordam berishi mumkin.

Andrea Ranokkiya (“Inter”)

Andrea Ranokkiya xatoga tez-tez yo'l qo'yadi. Balki shu sababli, uning iqtidorini qadrlamay qo'yishgandir. Ammo 30 yoshli himoyachi yana bir imkon berishlariga loyiq. Bu yozda uning “Inter” bilan shartnomasi muddati o'z nihoyasiga etadi. SHunday ekan, futbolchi qaerga borishni o'ylab ko'rishi lozim.

Italiyalik katta tajribaga ega. Ranokkiya A Seriyaning 200dan ortiq uchrashuvi va Italiya termasining 21ta o'yinida ishtirok etgan. U hattoki, Angliyada qanday poziciyada o'ynash kerakligini ham biladi. Ikki mavsum oldin u “Xall”da to'p tepgandi. Unga bu klub yoqqandimi? Unchalik emas: “Birinchi kuni men noto'g'ri yo'ldan yurib, mashinamni urib olgandim. Bu erda yarim oy o'ynagan bo'lsam-da, biror kun ham xursand bo'lganimni eslolmayman”. Andreaning “Internacional”dagi faoliyati ham yakuniga etdi. Uning o'rnini Stefan de Vrey, SHime Vrsalko va Juan Miranda egalladi.

Manuel Ladzari (SPAL)

Bu yilgi mavsumda Manuel Ladzari o'z obro'sini sezilarli darajada oshira oldi. Tezkor va hujumda xavfli o'yinchilardan biri SPAL tarkibidagi asosiy futbolchidir. U Millatlar Ligasi Italiya tarkibida maydonga tushdi. Uning kelajagi porloq. SHu sababli ham, SPAL o'yinchi uchun 18 million evro talab qilmoqda. Klub qishda Ladzari hech qaerga ketmasligini malum qildi. Ammo bu summa (18 mln evro) APL klublari uchun nima ham bo'libdi, to'g'rimi?!

Stefano Sensi (“Sassuolo”)

“Jajji-Jorjino” A Seriyaning yorqin o'yinchilaridan biri hisoblanadi. U bu yilgi mavsumda skautlar adashmaganini isbotlab bera oldi. 23 yoshli futbolchi past bo'yli bo'lishiga qaramay, yarim himoyada yaxshi o'ynaydi hamda tezlikni boshqara oladi. Sensi yaqinda Italiya termasida debyut qilgan edi. SHundan so'ng, “Milan” unga qiziqish bildirgandi. Prezident Jorje Skuinci: “O'yinchini sotishga hojat yo'q”, — deb takidlagan bo'lsa-da, takliflar soni kamaygani yo'q.

Robin Gosens (“Atalanta”)

O'z iqtidorini to'g'ri namoyon qila olayotgan o'yinchilardan yana biri Robin Gosensdir. U uzoq vaqtdan buyon boshqalarning soyasi ostida qolib ketayotgan edi. Lekin “Atalanta”da u eng yaxshilardan biri bo'la oldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Germaniyalik himoyachi shu yozda “Xerakles” klubidan kelgan. Agar statistikaga nazar solsak, u A Seriyada to'rtinchi pog'onani egallab turgan eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi.


24 yoshli futbolchi Bergamo klubi bilan 2020 yilgacha shartnoma tuzgan. Ammo “Atalanta” o'yinchilarni sotib yuborishi bilan tanilgani hech kimga sir emas. SHuning uchun, klub futbolchini APL klublaridan biriga sotib yuborishi mumkin.

Inyacio Abate (“Milan”)

Inyacio Abate — arzon va tajribali himoyachilardan biri. “Milan”da jarohatlar soni ko'pligi tufayli klub sardorini markaziy himoyaga qo'yishgandi va u buning uddasidan chiqib, Gattuzo jamoasi kutilmagan g'alabaga erishishida yordam bera olgandi. Inyacio Abate 300ta o'yinda maydonda tushgan bo'lsa-da, “Milan”da qolishiga ishonish qiyin. SHartnoma muddati yozda o'z yakuniga etadi. Bu ham etmaganidek, Davide Kalabriya ham klub tarkibidagi asosiy o'ng himoyachi bo'la oldi. Abate — tezkor, jismonan kuchli va universal o'yinchi. SHuning uchun, ko'plab klublar poziciyasiga mos tushishi aniq.

Ravel Morrison (“Lacio”)

Omadli shartnoma yoki aksincha? Bu savol Morrison bilan bog'liq masalada doim sirligicha qolsa kerak. “Yunayted” akademiyasi bitiruvchisi iqtidorli o'yinchi ekaniga shubha yo'q. Ammo u 2015 yildan buyon “Lacio”da to'p tepishiga qaramay, hamon o'ziga xos jihatini ko'rsatolgani yo'q.

25 yoshli Ravel Morrison rimliklar jamoasida bor yoki yo'qligi ham bilinmaydi. Uch yil davomida 4 marotaba “Lacio” tarkibida maydonga tushdi. Qolgan vaqtlarda esa ijaradan-ijaraga o'tib yurdi. Uni sotib olish uncha qimmatga tushmaydi va bu ish “hamirdan qil sug'urgandek” amalga oshishiga shubha yo'q. Kim bilsin, balki yangi murabbiy uni qaytadan kashf eta olar?!

Martin Kaseres (“Lacio”)

Martin Kaseras Urugvay termasi bilan JCHdagi o'tgan uchrashuvlardan so'ng “Lacio” tarkibida mustahkam o'rnashib olishi shart edi. Ammo Martin A Seriyada muntazam ravishda maydonga tushishiga nimadir halal berdi. Bunday iqtidorli o'yinchi zaxira o'rindig'ida o'tirishi quvonarli holat emas, albatta. SHartnoma muddati yaqin kunlarda yakuniga etishini hisobga olsak, Martin Kaseres tezroq o'ziga yangi klub topishi lozim. Eslatib o'tamiz, Kaseresga Italiyadan “Parma” va SPAL qiziqish bildirmoqda.

“Keksa sinora”ning sobiq o'yinchisi universal va turli poziciyalarda o'ynay olishi bilan boshqalardan ajralib turadi. SHuningdek, u tajribali himoyachilardan biridir: termaning 86ta uchrashuvida maydonga tushgan, A  Seriyaning 5ta chempionlik tituli hamda ECHL oltin medali sohibidir.

Medxi Benatiya (“Yuventus”)

“Yuve”dagi holati haqida Benatianing o'zi shunday degandi: “Maydonga kam tushsam, keyin qiynalaman”. Uning so'zlariga qaraganda, u “mushkul davr”ni boshdan o'tkazmoqda. Ko'pchilik u jamoasini almashtirishga urinib ko'radi deb tahmin qilmoqda.

VVS versiyasiga ko'ra, Medxi Benatia Afrika futbolchisi deb tan olingandi. Biroq u “Yuve”da deyarli o'ynamaydi, “o'rnini” Bonuchchi va Kelliniga boy berib qo'ydi. Uning shartnomasi muddati 2020 yil iyunda yakuniga etadi. Jamoada yosh o'yinchi Daniele Rugani borligi uchun ham, italiyalik klubi bilan bajonidil xayrlashsa kerak.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика