So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  40 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  23 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 23:19Бир-икки, бир-икки...  10 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  4 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  2 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  67 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  2 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  8 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  2

A Seriya. "Yuventus" o'z maydonida "Verona" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" o'z maydonida "Verona" bilan durang o'ynadi

A Seriyaning 5-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Verona" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Yuventus – Verona 1:1 

«Alyanc Stedium»

Gol: Kulusevski 78' - Favilli 60'

Yuventus – SHensni, Demiral, Danilo, Bonuchchi (Frabotta, 75), Rabo, Artur, Remzi (Vrioni, 90), Kuadrado, Bernardeski (Kulusevski, 61), Morata, Dibala.

Verona – Silvestri, Alan Emperor, Lovato, CHekkerini (Mangani, 55), Faraoni, Zakkani, Lazovich, Kolli, Ronaldu Vieyra, Tamez (Ilich, 51), Kalinich (Favilli, 55, Barak, 62).

Ogohlantirishlar: Ronaldu Vieyra (39), Lazovich (57), Alan Emperor (69), Kulusevski (90), Faraoni (90). 


O'yin yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. Zarba!  Ana xolos! Silvestri qahramonga aylanib ketdi, u bu gal Kuadradoning zarbasini qaytarishga erishdi. 

90+3. Uuuuxx! Dibalaning zarbasini qaytargan Silvestri keyinga vazityatda Morataning zarbasini qo'liga ilib oldi. 

90+2. Janjal ishtirokchilari Kulusevki va Faraoni sariq kartochka olishdi. 

90+1. Maydonda futbolchilar o'rtasida janjal yuzaga keldi.   

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. "Yuventus"da o'zgarish: Remzi o'rniga Vrioni tushdi.

88. Mezbonlar g'alaba qozonish niyatida ketma-ket hujum uyushtirmoqdalar. 

86. Uuuuxx!  Dibalaning zarbasi ozgina noaniq ketdi, bugun Pauloning omadi kelmayapti. 

85. Remzining ichkariga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. 

83. Faraoni o'yindagi faol o'yinchilardan biri Kulusevskiga nisbatan qoidani buzdi.  

81. Zarba!  Dibalaning aylantirma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

80. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 56% - 44%

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Kulusevski driblingi orqali raqiblarni aldab, hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

76. Zarbaaa! Dibalaning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegdi!  Qanday vaziyat! 

75. "Yuventus"da o'zgarish: jarohatlangan Bonuchchi o'rniga Frabotta o'yinni davom ettiradi. 

74. "Yuve" sardori Bonuchchi jarohat olgan ko'rinadi, u o'zida og'riq his qilmoqda. 

72. Zarbaa!  Morataning yaqin masofadan tepgan to'pini Silvestri ushlab oldi. 

72. "Yuventus" hujum tashkil etishga urinyapti. 

70. Zarbaa! Dibalaning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegdi. 

69. Dibalaga nisbatan qo'pol o'ynagan Alan Emperor sariq oldi. 

68. Kulusevski katta tezlikda ichkariga kirib bordi va zarba yo'lladi, uning zarbasi himoyachilar tomonidan "bloklandi". 

67. Kulusevskining xavfli uzatmasini Mangani qaytardi. 

 65. "Maestro"ning nima qilishga boshi qotgan. 

64. Zarbaaa! Dibalaning zarbasi yo'liga to'g'anoq chiqishdi. 

62. "Verona"da almashtirish: jarohatlangan gol muallifi Favilli o'rniga Barak tushdi.  

61. "Yuventus"da o'zgarish: Bernardeski o'rniga Kulusevski maydonga tushdi. 

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Favilli hichobni ochdi – 0:1! 

57.  Lazovich to'pni qo'l bilan o'ynagani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

55. "Verona"da 2 ta almashtirish: Kalinich o'rniga Favilli, CHekkerini o'rniga Mangani tushirildi. 

53. Zarba!  Kollining zarbasiga aniqlik etmishmadi. 

52. "Verona" hujumchilari "Yuve" jarima madoni ichiga kirib borishdi, Faraonining uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi. 

51. "Verona"da o'zgarish: Tamez o'rniga Ilich tushdi. 

49. Kuadrado Zakkanini yiqidi, hakam o'yinni to'xtatdi. 

48. Mehmonlar vaziyat yaratishga urinishmoqda. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45. Gol VARDa tekshirildi va ofsayd tufayli bekor qilindi. 

45. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Morata birga-bir holatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0! 

43. Zarba!  Morataning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

42. Demiraldan muvaffaqiyatdi "podkat" va xursandichilik, u "Verona"ning xavfli tus olishi mumkin bo'lgan vaziyati oldini oldi. 

41. Zarbaaaa!  Kudradoning dahshatli zarbasi darvoza to'siniga tugib qaytdi. 

39. Dibalaga nisbatan qo'pollik ishlatgan Ronaldu Vieyra ogohlantirildi. 

38. Bonuchchi Kalinichni itarib yubordi, jarima zarbasi belgilandi. 

35. Kolli Daniloni osonlik bilan aldab o'tdi va pas berdi, uning pasiga Kalinich ega chiqolmadi va himoyachilarga yordamga kelgan Artur to'pni egallab oldi.

34. Uuux! Remzining uzatmasidan keyin Morataning zarba yo'llish uchun qilgan harakati sal omadsiz chiqdi. 

33. "Yuventus" raqibdan to'pni olib qo'yib, darhola oldinga o'tdi, Dibalaninn zarbasi "bloklandi". 

32.  Morata CHekkerinini yiqitishga majbur bo'ldi, hakam qoida buzish qayd etdi. 

30. Zarba!  Lazovichning o'ziga xos uzatmasidan so'ng Emperorning yo'llagan zarbasi ozgina noaniq chiqdi. 

28. Kalinich Bonuchchiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, Bonuchchi ozroq jabr ko'rdi. 

27. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 52% - 48%

25. Lazovichning uzatmasi Danilo tomonidan ortga qaytarib yuborildi. 

23. Uuuxx! Kollining qulay pasiga hech kim etib bora olmadi, aks holda "Yuve" uchun qimmatga tushishi mumkin edi. 

20. Zarbaaa!  "Yuve" qarshi hujumga o'tdi. Bernardeskining o'tkir burchak tomon yo'llagan to'pi Silvestri tomonidan qaytarildi. 

18. Bernardeski chapda turgan Remziga pas berdi, uelslik futbolchi zarba yo'llashga urindi, ammo shu lahzada Aaron o'yindan tashqari holatda qolgani malum qilindi.

16. GOOOOOOOOOL!  Kolli!  Yo'q, u ofsaydda qolgan ekan. 

14. "Verona"da dastlabiki burchak zarbasi, SHensni o'z sheriklarini sergak turishga chaqiryapti.

12. Turinliklar pas berishda juda ko'p xatolikka yo'l qo'yishmoqda. Paulo Dibala narigi qanotdagi Bernardeskini to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq to'p "Verona" sardori Faraoniga etib bordi.

11. Endi Bonuchchi juda qo'pol o'yin ko'rsatdi. "Yuventus" sardori xorvatiyalik forvard Kalinichning oyog'iga tepdi.

10. Alan Emperor Dibalaga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi, hakam Emperorni og'zaki ravishda ogohlantirdi. 

7. Danilo Kollini yiqitdi, "Verona" jarima zarbasidan unumli foydalana bilmadi. 

5. Remzi o'ng qanatdan oldinga borgan Dibalaga pas berdi, Paulo ichkariga kirib borishga harakat qildi, shu paytda hakam tomonidan ofsayd qayd etildi. 

4. Turinliklar burchak to'pidan foydalana olishmadi, veronaliklar qarshi hujumga o'tishgu urindilar, ammo bunga Remzi va Kuadrado yo'l qo'yishmadi.

3. Remzi chap qanotda to'pga egalik qilib, zarba berishga urindi, "Verona" sardori Faraoni o'z vaqtida xavfni bartaraf etishga erishdi.

2. O'yindagi birinchi jarima to'pi, uni Dibala amalga oshirdi. Raboga nisbatan Ronaldu Vieyra qoidani buzgandi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Jamoalarning chigil yozdi mashg'ulotlari yakunlandi 

Mezbonlar stadionga etib kelishdi

Tarkiblar malum

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun Italiya A Seriyasining 5-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Verona" uchrashuvi guvohiga aylanamiz. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика