So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  0 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

A Seriya. Eldor SHomurodov maydonga tushgan o'yinda "Udineze" "Roma"ni tor-mor etdi Yangiliklar

A Seriya. Eldor SHomurodov maydonga tushgan o'yinda "Udineze" "Roma"ni tor-mor etdi

Italiya A Seriyasining 5-turidan o'rin olgan "Udineze" - "Roma" uchrashuvida maydonga egalari g'alaba qozondi.

A Seriya. "Udineze" — "Roma" 4:0

Gollar: Iyenoma Udogi 5', Lazar Samardjich (Jerar Deulofeu) 56', Roberto Pereyra (Jan-Viktor Makengo) 75', Sandi Lovrich (Roberto Pereyra 82')

"Udineze": 1. Marko Silvestri, 50. Rodrigo Bekan, 29. Yaka Biyol (23. Enco Ebosse 17'), 18. Neuen Peres, 37. Roberto Pereyra (19. Kingsli Exizibue 85'), 13. Iyenoma Udogi, 5. Tolgay Arslan (4. Sandi Lovrich 63'), 11. Uolas, 24. Lazar Samardjich (6. Jan-Viktor Makengo 64'), 7. Ayzek Saksess (9. Beto 63'), 10. Jerar Deulofeu.

Zaxira: 20. Daniele Padelli, 2. Festi Ebosele, 8. Mato Yayalo, 17. Bram Nyuytink, 99. Edoardo Pyana, 14. James Abankvah, 30. Iliya Nestorovski, 39. Vivaldo.

"Roma": 1. Ruy Patrisiu, 23. Djanluka Manchini (59. Nikola Zalevski 65'), 6. Kris Smolling, 3. Rojer Ibanes, 2. Rik Karsdorp (19. Zeki CHelik 46'), 37. Leonardo Spinaccola, 4. Brayan Kristante (11. Andrea Belotti 46'), 8. Nemanya Matich, 21. Paulo Dibala, 7. Lorenco Pellegrini (20. Moxamed Kamara 81'), 9. Temmi Abraxam (14. Eldor SHomurodov 77'). 

Zaxira: 63. Pitero Bor, 99. Mile Svilar, 17. Matias Vinya, 52. Eduardo Bove, 65. Filippo Tripi, 60. Dimitrios Keramitsis, 62. Cristian Volpato.

Ogohlantirishlar: Paulo Dibala 45', Lorenco Pellegrini 52', Iyenoma Udogi 63', Jan-Viktor Makengo 66'

Udinese

Destiny Udogie - 5', Lazar Samardzic - 56', Roberto Pereyra - 75', Sandi Lovric - 82'

Serie A . 5-tur

04/09/2022, 23:45

0
:
4
Tugadi

Roma

Stadion: Dacia Arena - Stadio Friuli, 24108 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
5'  Destiny Udogie
17'  Jaka Bijol (Enzo Ebosse)
56'  Lazar Samardzic
56'  Gerard Deulofeu
62'  Destiny Udogie
63'  Isaac Success (Beto)
63'  Tolgay Arslan (Sandi Lovric)
64'  Lazar Samardzic (Jean-Victor Makengo)
66'  Jean-Victor Makengo
75'  Roberto Pereyra
75'  Jean-Victor Makengo
82'  Sandi Lovric
82'  Roberto Pereyra
84'  Roberto Pereyra
85'  Roberto Pereyra (Kingsley Ehizibue)
45'  Paulo Dybala
45'  Jose Mourinho
46'  Bryan Cristante (Andrea Belotti)
46'  Rick Karsdorp (Mehmet Zeki Celik)
52'  Lorenzo Pellegrini
65'  Gianluca Mancini (Nicola Zalewski)
77'  Tammy Abraham (Eldor Shomurodov)
81'  Lorenzo Pellegrini (Mohamed Mady Camara)


90+5. O'YIN YAKUNLANDI!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. Goldan keyin ham "Udineze" tinmayapti. Jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda.

Maydon egalari katta tezlikda qarshi hujumga o'tdi, Roberto Pereyra o'ng qanotdan oldinga yurish qildi va to'pni markazga - Sandi Lovrich darvozaga zarba berib, gol urdi!

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Udineze" to'rtinchi golni urdi!

81. Dibalaning darvoza tomon tepgan to'pi rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

80. Jan-Viktor Makengoning darvoza tomon erlatib bergan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

77. Eldor SHomurodov va nihoyat maydonga tushdi!

Roberto Pereyroning jarima maydonchasining chap tarafida turib chap oyog'i bilan darvoza tomon yo'llagan zarbasi golga aylandi!

 75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hisob 3:0 ko'rinishiga keldi!

66. Har ikki jamoa tarkibida qator o'zgarishlar amalga oshiirildi.

62. Dibala Abrahamga to'pni uzatdi, Temmi esa to'pni markazroqqa uzatdi, biroq bu vaziyatda mehmonlardan hech kim yo'q edi.

60. Dibala burchakdan to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi, Manchini bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib ortga qaytdi, Matichning qaytgan to'pgan bergan zarbasi esa noaniq ketdi.

Lazar Samardjichning chamasi 22 metrlardan darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi golga aylandi!

 56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Udineze" hisobni ikkitaga oshirdi!

49. Jerar Deulofeu himoyachilardan o'tib jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza tomon zarba berdi, ammo vaziyat xavfli tus olmadi.

48 Bo'limni rimliklar anchagina faollik bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. Dibala katta tezlikda oldinga o'tayotganda mezbonlar futbolchisi uni qo'pollik ishlatmasdan to'xtatib qoldi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

36. Abrahamning jarima maydonchasi ichidan darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

31. Abrahamning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

28. Jerar Deulofeuning uzoq masofadan darvoza tomon yo'llagan to'pi noaniq ketdi.

21. Jerar Deulofeuning jarima zarbasidan yo'llagan kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

14. Lorenco Pellegrini Dibalaga ajoyib pas uzatib berdi, Paulo darvozaga zarba berdi, ammo Silvestri bu vaziyatda seyv qilib, jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.

10. Endi esa to'p nazorati bo'yicha ustunlik "Udineze"da. 

6. Dastlabki 5 daqiqada hujumlar asosan mehmonlar uyushtirgan bo'lsa-da, gol mezbonlar tomonidan urildi.

Pereyraning o'ng qanotdan "Roma" jarima maydonchasi tomon havolatib uzatib bergan to'pini rimliklar himoyachisi Karsdorp gavdasi bilan darvozabonga uzatdi, ammo uzatma o'xshamadi, to'pga birinchi etib kelgan Udogi zarba berdi va gol urdi!

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Udineze" hisobni ochdi!

4. "Roma" jarima zarbasini amalga oshirdi. "Udineze" jarima maydonchasi tomon havolatib uzatilgan to'pga rimliklar futbolchisi boshi bilan zarba berdi, ammo zarba o'xshamadi. 

1. Ilk daqiqalardanoq rimliklar ancha faol. Paulo Dibala katta tezlikda oldinga o'tib darvozaga zarba berdi, ammo to'p biroz noaniq ketdi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

"Roma"ning o'zbekistonlik futbolchisi Eldor SHomurodov bugungi o'yinda ham zaxirada qoldirildi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика