A Seriya. Ronaldu noyabr oyidan beri ilk bor maydonni golsiz tark etdi

9 mar 2020, 03:26
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionati 26-turida "Inter" darvozasiga yo'l topa olmadi.

A Seriya. Bo'm-bo'sh stadionda o'tkazilgan markaziy o'yinda "Yuventus" zafar quchdi

Shu tariqa, 35 yoshli forvardning 11 o'yindan iborat golli seriyasiga nuqta qo'yildi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu so'nggi bor o'tgan yilning noyabr oyida Italiya chempionati 12-turi doirasidagi "Milan"ga qarshi bahsda to'p kirita olmagan edi. O'sha bahsdan keyin Ronaldu o'zi ishtirok etgan 11 o'yinda (A Seriya) jami 16ta golga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal