So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  9 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

A Seriya. "Roma" Mourinyuning murabbiylikdagi 1000-o'yinida "Sassuolo"ni taslim qildi, SHomurodov g'alaba goliga assistentlik qildi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" Mourinyuning murabbiylikdagi 1000-o'yinida "Sassuolo"ni taslim qildi, SHomurodov g'alaba goliga assistentlik qildi

Italiya chempionati 3-turidan o'rin olgan to'qnashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Roma – Sassuolo 2:1 

«Stadio Olimpiko»

Gollar: Kristante 37', El-SHaaravi 90+1' – Jurichich 57'

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Ibanes, Manchini, Vinya, Mxitaryan (El-SHaaravi, 70), Veretu (Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Zanolo (SHomurodov, 74), Abraxam.

Sassuolo – Konsili, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiriopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).

Ogohlantirishlar: Kirikesh (36), Ibanes (43), Kristante (66).

Bahs nihoyasiga etdi. SHomurodovdan golli pas va jamoasida g'alaba! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+3. Skamakka dahshatli gol urdi, biroq ofsayd ekanligi aytilmoqda. 

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  SHomurodovning qulay pasidan keyin El-SHaaravi "Stadio Olimpiko"ni jumbushga keltirdi!  Ideal zarba va gol – 2:1! 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Sassuolo"da almashtirish: Boga o'rniga Kiriopulos tushirildi. 

88. Uuuuux! SHomurodovning chap oyoqdagi aylanma zarbasini Konsili qaytardi! 

87. Zarba!  Traorening yaqin masofadan bergan yana bir zarbasini Patrisiu qiyinchiliksiz ushlab oldi. 

87. Zarbaaaaa!  Traorening kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

86. El-SHaaravining chap qanotdan markaz tomon amalga oshirgan uzatmasiga Konsili ega chiqdi. 

84. "Sassuolo"da 2 ta almashtirish: Jurichich o'rniga Traore, Frattezi o'ringa Ayxan o'yinni davom ettiradi.

83. SHomurodov o'ng qanotdan oldinga yugurib borayotgan Karsdorpga pas berdi, uning ichkariga uzatmasidan keyin El-SHaaravi bir oz noaniq zarba berdi. 

81. Uuuux!  Zaxiradan tushganlar xavfli holatni hosil qilishdi. Peresning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni SHomurodov darvozaga kiritishga intildi, biroq himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga tepib yuborishdi.  

80. Kristantening uzatmasi SHomurodovga etib kelmadi, to'pni Konsili egallab oldi. 

80. "Roma" himoyasi parokandalikka uchramoqda. "Sassuolo"ning har bir hujumi xavfli ko'rinish olyapti. 

78. Uuuux! SHunchaki dahshat!  Boga katta tezlikda olding borib, yaqin masofadan zarba berdi. Patrisiu!!!!  Gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. 

77. "Sassuolo"da almashtirish: Berardi o'rniga Defrel o'yinga qo'shildi.

74. "Roma"da 2 ta o'zgarish: Zanolo o'rniga SHomurodov, Veretu o'rniga Peres tushdi.

74. Mister bizni eshitdi! 

73. Mourdan hamon bir o'zgarishni kutyapmiz. Intizorlik bilan! 

70. "Roma"da almashtirish: Mxitaryan o'rniga El-SHaaravi tushdi.

68. Uuuux!  Berardi darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi. Uni Patrisiu jon holatda qaytardi. 

67. Berardi himoyachining taqibiga qaramasdan, kuchli zarba yo'lladi, noaniq.

66. Brayan Kristante Bogaga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi.

65. Zanolo hujum chog'ida Lopesni yiqitdi. Hakm bunga befarq qaramadi.

62. Lorenco Pellegrini jarima maydoni ichiga kirib bordi va darvozani nishonga oldi. Himoyachilardan biri zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi, burchak to'pi.

59. Dahshaaaat!  Pellegrinining zarbasini Konsili qaytardi, qaytgan to'pga Abraxam ega chiqdi. Forvardning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Jurichich yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

55. "Roma" yaxshi hujum uyushtirmoqda. Jamoa futbolchilari bir-birlarini ajoyib tushunishyapti.

51. David Frattezi pas qabul qilib, to'xtatmasdan zarba berdi. Patrisiu mahoratini namoyish etib, ajoyib seyv ko'rsatdi.

48. Janluka Skamakka to'pni ichkariga oshirdi, ammo himoyachilar ishonchli o'ynab, uni darvozadan uzoqlashtirishdi.

46. "Sassuolo"da o'zgarish: Raspadori o'rniga Skamakka tushdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

43. Ibanes Tolyanga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun jazolandi.

41. "Sassuolo" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Ular kombinaciya tashkil etishdi, biroq to'pni yo'qotishdi. Mxitaryan katta tezlikda qarshi hujumga o'tdi, ammo samarasiz.

39. Abraxam ozroq oqsoqlanib, chetga chiqdi. Yo'q, hammasi yaxshi. U maydonga qaytdi. 

37. GOOOOOOOOOOOOOOL! "Roma" sardori Pellegrinining aqlli va kutilmagan pasidan so'ng Kristante gol urdi – 1:0!

36. Kirikesh Abraxamga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

35. Jeremi Boga aldashga kirishib ketdi va burchak to'pi ishlab oldi.

34. Uuuux!  Karsdorpning uzatmasidan keyin Abraxam yaqin masofadan aniq zarba berolmadi.

32. Rik Karsdorp darvoza tomon yugurdi, ammo himoyachi tomonidan to'xtatildi.

28. VAR vaziyatni ko'rib chiqdi va bosh hakam to'g'ri qarorga kelganini bildirdi.

26. GOOOOOL! Yo'q!  Berardi ofsayddan gol urgani bois hisoblanmadi. 

24. Berardi va Raspadori tashkil etgan hujum xavfli ko'rinish oldi. Yakunda Raspadorining zarbasi noaniq chiqdi.  

21. Genrix Mxitaryan uzoq masofadan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.

18. Malumot uchun, Joze Mourinyu bugun murabbiylikdagi yubiley 1000-o'yinida qatnashmoqda.  

15. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika foizlarda 50 ga 50 ni ko'rsatmoqda. 

13. Domeniko Berardining zarbasidan keyin Ruy Patrisiu ortqicha qiyinchilikka duch kelmadi.

10. Zarba!  Jordan Veretu chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. U yaxshi pas qabul qilib oldi va zarba yo'lladi. Zarbaga aniqlik etishmadi.

9. Genrix Mxitaryan havodan pas uzatdi, ammo himoyachilardan biri to'pni uzoqlashtirdi.

6. Jeremi Boga raqiblarini ancha ortda qoldirib, uzoq o'ylamasdan, yaxshi zarba yo'lladi. Patrisiu zarbani to'sishga erishdi.

5. Pellegrining burchak zarbasidan uzatgan pasidan keyin Manchini bosh bilan noaniq zarba berdi.

1. Temmi Abraxam o'yin boshidayoq yaxshi zarba yo'lladi, Konsili seyv orqali xavfning oldini oldi.

1. O'yin boshlandi!

- Bahs 23:45 da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Italiya A Seriyasi 3-turida "Roma" o'z maydonida "Sassuolo"ni qabul qiladi. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика