So’nggi yangiliklar

10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  1 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  2 09:47Мўжиза рўй бермади – аммо, ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  7 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  16 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  14 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6

A Seriya. Prevyu: Turinda yil o'yini yoxud "Yuventus" - "Roma" Yangiliklar

A Seriya. Prevyu: Turinda yil o'yini yoxud "Yuventus" - "Roma"

Italiya A Seriyada bugun barcha etakchilar o'zlarining navbatdagi o'yinlarini o'tkazishadi.


A Seriya, 17-tur. Turnir jadvali

Kunning dastlabki bellashuvi "Empoli" hamda "Kalyari" jamoalari o'rtasidagi o'yin orqali start oladi.

Mavsum boshlanganidan buyon faqatgina ikkita bahsda g'alaba tamini tatib ko'rgan "Empoli" 20 ochko bilan 14-o'rinda ketayotgan "Kalyari"ni mehmon qiladi.

"Empoli" oxirgi beshta uchrashuvdan birortasida g'alaba nashidasini surmagan. Bu esa "Empoli" uchun endi har bir o'yin final kabi o'ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. "Kalyari"da esa vaziyat sal boshqacharoq. Jamoa o'tkazilgan so'nggi beshta o'yindan atiga bittasida g'alaba qozongan. G'alabasiz seriya esa uchta o'yindan buyon davom etib kelmoqda. "Stadio Karlo Kastellani"da kechadigan bahsda ko'p narsa jamoalarning ruhiy holatiga bog'liq bo'ladi. Turnir jadvalidan kelib chiqsak, g'alaba maydon egalari uchun o'ta muhim. "Kalyari"ning ishlari "Empoli" bilan taqqoslaganda u qadar vahimali emas. Lekin "Kalyari" mehmonda shunchaki ochkolarni raqibiga berib qo'yish uchun safarga otlanmagan. Bu o'yinda katta ehtimol bilan durang qayd etilishi ham mumkin. 



O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar jami 10 marta o'zaro o'ynashgan. "Empoli" va "Kalyari" hislbida bir xil 4tadan g'alaba va qolgan ikkita uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Empoli" - "Kalyari" (19:00)
"Stadio Karlo Kastellani" stadioni.
Bosh hakam
: Nikola Riccoli.


Kunning ikkinchi o'yini Milanda mahalliy "Milan" hamda "Atalanta" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Montella shogirdlari turnir jadvalida peshqadam "Yuventus"dan 7 ochkoga, ikkinchi pog'onadagi "Roma"dan esa 3 ochkoga ortda qolishmoqda. "Milan"ni shuningdek "Napolli" hamda "Lacio" jamoalari taqib etishmoqda. Ular o'rtasidagi farq atiga bir ochkoni tashkil qiladi.

"Milan"ning ushbu turdagi raqibi "ATalanta" hisobida esa 28 ochko mavjud va ular "Milan"dan 4 ochkoga orqada qolishmoqda. Bugungi o'yinda "Atalanta" oradagi farqni bittaga qisqartirishi, "Milan" esa 7taga oshirish imkoniyatiga ega. O'tgan mavsumda "Milan" "Atalanta" qarshiligini ikkita uchrashuvda ham enga olmagan. "San Siro"da o'tgan o'yin durang bilan yakunlangan bo'lsa, "Atalanta" o'z uyida "Milan"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. "Milan" jamoasi va muxlislari o'tgan yilgi natijalarni unutishmagan va ular bugun o'sha uchrashuvlar uchun "Atalanta"dan o'ch olishga urinib ko'rishlari shubhasiz.

Tan olish kerak, Vinchenco Montella "Milan" o'yinini yaxshi tarafga o'zgartira oldi. Jamoa o'yinida mazmun paydo bo'ldi. Ammo hali futbolchilar to'liq Montellaning falsafasini tushunib etishgani yo'q. Buning uchun esa vaqt talab etiladi.



"Atalanta"da esa Jan Pero Gasperini juda yaxshi ish olib bormoqda. Jamoa bu yili barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Turnir jadvalida ham imkon qadar yuqori qismida ushlanib turibdi va ko'plab jamoalarga bosh og'rig'i tug'dirmoqda. Faqatgina oxirgi o'tkazilgan ikkita bellashuvda "Atalanta" muvaffaqiyatsiz o'yin o'tkazdi. Dastlab "Yuventus"ga mag'lub bo'lgan bo'lsa, keyinchalik o'z uyida "Udineze" tomonidan dog'da qoldirildi.
Gasperini jamoani muntazam ravishda 3-4-1-2 taktik sxemasida o'ynatib kelmoqda.

Montella esa 4-3-3 sxemasi murojaat etmoqda.

Ikkala jamoaning falsafasi va o'yin uslubi hujumkorlikka yo'naltirilgan. SHu boisdan bugungi bahs ham turnir jadvalidan kelib chiqqan holda va jamoalarning hujumkorlikka urg'u berishlarini inobatga oladigan bo'lsak, uchrashuv tomoshabop o'tadi va muxlislarni aslo zeriktirib qo'ymaydi. Ikkala jamoa ham o'z muxlislariga isbotlaydigan narsalari mavjud. "Atalanta" ketma-ket ikki bor 3:1 hisobida mag'lubiyaga uchragan bo'lsa, "Milan" o'tgan turda asosiy raqiblaridan biri "Roma"ga imkoniyatni boy bergandi. Aynan mana shu jihatlar ham jamoalarni o'yin oldidan jahldor qiladi va o'rtaga tashlangan 3 ochko uchun ayovsiz jang bo'lishini bildiradi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Milan" va "Atalanta" jamoalari jami 112 bor o'zaro kuch sinashishgan. "Milan" hisobida 52ta g'alaba, "Atalanta"da esa 22ta yutuq bor. Jamoalarning 38ta o'yinida durang qayd etilgan.

"Milan" - "Atalanta" (22:00)
"San Siro" stadioni.
Bosh hakam
: Davide Massa.



Endi nafaqat kunning yoki turning, balki yilning eng muhim o'yini, yani "Yuventus" hamda "Roma" qarama-qarshiligi haqida to'xtalib o'tamiz.
Tunda boshlanadigan ushbu bellashuvga ortiqcha tarifga hojat yo'q. Hozirgi kunda Italiya chempionatining peshqadamlari, chempionlik uchun kurashayotgan asosiy raqobatchilar o'rtasidagi uchrashuv chempionatning 17-turini bezab berishi aniq.

Bu o'yin avvalo chempionlik uchrashuvi sifatida etirof etilmoqda. SHuningdek, "Roma" va "Yuventus"ning oxirgi yillardagi qarama-qarshligi, principial ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas. Yangi mavsum oldidan "Roma"ning etakchi azosi Miralem Pyanichning Rimdan Turinga ko'chib o'tishi katta shov-shuvga sabab bo'ldi.

Pyanichning sobiq jamoasiga qarshi ilk o'yini va uni rimliklar qay tarzda qabul qilishlari alohida mavzu.

"Roma" muhim o'yin oldidan yo'qotishlarga ega. Totti "Yuventus"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Muhammad Saloh esa safga qaytishi kutilmoqda. "Yuventus" asosiy quroli Paulo Dibala esa jarohatidan forig' bo'lib safga qaytgan va sport formasini tiklab olmoqda.

Luchano Spaletti "Roma"ni ko'proq 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynatmoqda. Bazan esa 5-3-2 sxemasiga ham murojaat etadi. Masalan Rim derbisida Spaletti aynan 5ta himoyachi bilan o'ynagandi. "Milan"ga qarshi esa 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalandi.

Allegri esa ham ikki xil sxemadan foydalanadi. Asosan esa 3-5-2 sxemasini ishlatsa, payti kelganda 4-4-2 va 4-3-3 sxemasiga ham o'tishi mumkin.

"Yuventus" bugun g'alaba qozongudek bo'lsa, unda chempionlik poygasida ancha ilgarilab ketadi va "Roma"ni 7 ochkoga ortda qoldirishi mumkin. "Roma" g'alabaga erishsa, unda oradagi farq 1 ochko bo'ladi va intriga yanada kuchayadi.

"Yuventus" - "Roma" o'yinida muxlislar Gonsalo Iguain va Edin Jeko to'qnashuvi guvohiga aylanishadi. Italiya A Seriyasining hozirgi kundagi eng yaxshi hujumchisi kim degan savolga ham ushbu o'yin orqali hamma o'ziga kerak bo'lgan javobni olishi mumkin.

Hozircha Gonsalo Iguain 16 o'yinda 9ta gol urdi. Iguain o'tkazgan 16 uchrashuvidan 11 tasida asosiy tarkibdan o'rin oldi. Qolgan bellashuvlarda esa zaxiradan maydonga tushgandi.
Edin Jeko esa ayni paytda A Seriyaning to'purari sanaladi. Jeko hisobida 12ta gol mavjud. Jeko ham Iguain singari 16ta uchrashuvda maydonga tushgan. Edin 16ta o'yinning 14tasini boshlang'ich tarkibda boshlagan.



O'zaro o'yinlardagi fakt:

"Yuventus" hamda "Roma" jamoalari shu kunga qadar barcha musobaqalarda jami 166 marotaba to'qnash kelishgan. SHularning 79tasida "Yuve" g'alaba qozongan. "Roma" 38 bor g'alabani o'ziniki qilib olgan. Qolgan 49ta o'yin esa durang natijasi bilan tugagan.

"Yuventus" - "Roma" (00:45)
"Yuventus stedium" stadioni.
Bosh hakam
: Daniele Orsato.


Italiya A seriyasi. Turnir jadvali


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика