So’nggi yangiliklar

07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  0 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2

A Seriya. Prevyu: "Napoli" va "Lacio"da 3-o'ringa ko'tarilib olish uchun ajoyib imkoniyat Yangiliklar

A Seriya. Prevyu: "Napoli" va "Lacio"da 3-o'ringa ko'tarilib olish uchun ajoyib imkoniyat

Italiya A Seriyasida bugun 17-tur o'yinlari davom ettiriladi.


Kecha Italiya chempionatining 17-turidan o'rin olgan uchta bellashuv bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.


Italiya maydonlarida bugun yana ettita bahs o'tkaziladi.

A Seriya, 17-tur. Turnir jadvali

Kunning dastlabki uchrashuvi "Sassuolo" hamda "Inter" jamoalari o'rtasida kechadi. "Neradzurrilar" uchun ushbu mavsum ko'ngildagidek o'tmayapti. Klub rahbariyati yaqinda Frank de Burga chiqish eshiklarini ko'rsatib, uning o'rniga Stefano Piolini jamoa bosh murabbiyi etib tayinlagandi. SHundan so'ng "Inter"ning o'yinida o'zgarishlar kuzatildi. Pioli qo'l ostida "Inter" faqatgina "Napoli"ga imkoniyatni boy berdi. A Seriyaning qolgan bellashuvlarida Pioli hozircha yomon natija qayd etmayapti.

"Inter"ni bugungi raqibi mezbon jamoa "Sassuolo" sanaladi. "Yashil-qoralar" A Seriyada ushbu mavsumda o'zlarining to'rtinchi mavsumlarini o'tkazishmoqda. 2014 yili Italiya chempionatida dubyut qilgan "Sassuolo" 17-o'rinni egallab A Seriyadagi o'z jonini saqlab qolgandi. Ilk mavsumda ular o'z oldilariga qo'yilgan vazifani uddalay olishgandi. Keyingi yili esa jamoa ancha o'sishga erishdi va bu turnir jadvalidagi o'rnida ham aks etdi - 12-o'rin. O'tgan mavsumda esa "Sassuolo" haqiqiy yaxshi va jiddiy raqibga aylangandi. Ular mavsum yakunlariga ko'ra, chempionatda 6-pog'onani band etishgandi. Har yili o'sib kelayotgan ushbu jamoaning bu yilgi ishlari unchalik yurishmayapti. Jamoa hozirgi kunda turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.
Bu yili jamoaning himoya chizig'i juda sust o'ynayotganiga natijasida ko'plab o'yinlarda qimmatli ochkolar qo'ldan boy berildi.
SHu kabi muammo bilan "Inter" ham qiynalmoqda. Ikkita himoyasi zaif jamoalarning to'qnashuvida kim g'alaba qozonishi qiziq bo'ladi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar shu kungacha 6 marotaba duch kelishgan. SHularning 3tasida "Sassuolo"ning va yana uchtasida "Inter"ning qo'li baland kelgan. Qizig'i, bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda hali durang qayd etilmagan.

"Sassuolo" - "Inter" (16:30) (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX)
"Stadio Kitta del Trikolore" stadioni.
Bosh hakam
: Marko Di Bello.


Turnir jadvalida 11 va 12 o'rinni bo'lishib turgan "Kevo" hamda "Sampdoriya" jamoalari o'zqro to'qnash kelishmoqda. Bu ikki jamoa hisobida ham bir xil 22 ochkodan mavjud. "Kevo" kamroq gol urgan va qancha gol urgan bo'lsa shuncha o'z darvozasidan ham qo'yib yuborgan. "Sampdoriya" esa nisbatan ko'proq gol kiritgan va o'tkazib yuborgan gollari urgan gollaridan ko'proqni tashkil qiladi.
Bu ko'proq Rolando Maran va Marko Jiampaolo o'rtasidagi qarama-qarshilik desak ham bo'ladi. Bu ikki mutaxassis uchrashuvida kimning qo'li balan kelishini kuzatamiz.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Hozirga qadar ushbu jamoalar jami 22 marta uchrashishgan. "Kevo" hisobida 4ta g'alaba, "Sampdoriya"da esa 10ta. Qolgan sakkizta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan.

"Kevo" - "Sampdoriya" (19:00)
"Stadio M.A. Bentegodi".
Bosh hakam
: Mauricio Mariani.


Bu turda turnir jadvaliga yonma-yon ketayotgan jamoalar to'qnashuvi davom etadi. Etakchilar o'zaro kuch sinashishayotgan bo'lsa, jadvalning quyi qismidan o'rin olgan jamoalar o'zaro ro'baro kelishmoqda. Autsayderlar qatorida borayotgan "Peskara" ushbu qatordan qochishga intilayotgan "Bolonya"ni mehmon qiladi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Peskara" hamda "Bolonya" shu kungacha jami 8 marotaba o'ynashgan. Bu qarama-qarshilikda hozircha tenglik. Har ikkala jamoalar ham uchrashuvlarning ikkitasini o'z foydalariga hal etishgan bo'lsa, qolgan to'rtta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.

"Peskara" - "Bolonya" (19:00)
"Stadio Adriatiko" stadioni.
Bosh hakam
: Janluka Rokki.


Neapolda bugun Turinning ikkinchi raqamli jamoasi "Torino" mehmon bo'ladi. Maurisio Sarri shogirdlari ECHL o'yinlari tufayli A Seriyadagi bazi o'yinlarda kutilmaganda ochkolarni yo'qotishgani sabab peshqadamlar orasidan ancha uzoqlashib qolishgandi. ECHLdagi vazifa uddalandi. Endi buyog'iga katta etiborni yana ichki chempionatga qaratish mumkin. Kecha "Milan"ni "Atalanta" to'sig'idan qoqilgani "Napoli"ning "Torino" bilan o'yin oldidan ishtahasini yanada oshirib yuborgani aniq. Bugun "Napoli" g'alaba qozonishni uddalay olsa, unda neapolliklar turnir jadvalida o'zlariga yaxshi tanish bo'lgan uchinchi pog'onaga ko'tarilib olishadi. Sinisha Mixaylovich jamoasi esa "Napoli" bilan oradagi farqni 3taga qisqartirish uchun ham mehmonda g'alaba ko'zlashmoqda. Belotti singari futbolchisi bor jamoa "Napoli"ni mag'lub etishga urinib ko'rishga qo'rqmaydi albatta. Garchi o'yin safarda o'tkazilayotgan bo'lsada. "Napoli" esa hali Arkadiush Milikning xizmatidan foydalana olmaydi. Uning o'rni hozircha Mertens bilan to'ldirilmoqda.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu to'qnashuv katta boy tarixga ega. Ushbu jamoalar barcha musobaqalarda jami 126 marotaba duch kelishgan. "Napoli" shularning 41tasini o'z foydasiga hal etgan, "Torino" esa 34 marta ustun kelgan. Qolgan 51 bahsda durang qayd etilgan.

"Napoli" - "Torino" (19:00) (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX)
"San Paolo" stadioni.
Bosh hakam
: Daniele Doveri.


O'tgan yilgi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng hali ham o'ziga kela olmayotgan "Udineze" jamoasi bugun debyutant "Krotone"ni qabul qiladi. Luiji Del Neri jamoasi turnir jadvalida 18-o'rinda borayotgan "Krotone"dan 3 ochko olishini jamoa muxlislari juda istashmoqda. Bu g'alaba ularni turnir jadvalining birinchi qismiga qaytarishi mumkin. Davide Nikola boshqaruvidagi "Krotone" esa xavfli zonani tezroq tark etishi uchun ko'proq ochko jamg'arishi kerak 17-pog'onada borayotgan jamoa bilan o'rtadagi 5 ochkolik farqni yo'qqa chiqara olishi lozim.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar ilk marotaba o'zaro duch kelishmoqda.

"Udineze" - "Krotone" (19:00)
"Stadio Frulli" stadioni.
Bosh hakam
: Jean Luka Sachchi.


Turnir jadvalining eng oxirgi o'rinda borayotgan jamoasi "Palermo" bugun jadvalning qoq markazida joylashgan "Jenoa"ning mehmoni bo'ladi. "Palermo"ni A Seriya autsayderi sifatida tanishtirishga ko'nikmaganmiz. Ammo bu yilgi mavsum shuni taqozo etmoqda. "Jenoa" esa joriy mavsumda ancha yorqin va yaxshi o'yinlari bilan ajralib turibdi. Ularning "Yuventus" ustidan erishgan g'alabasi fikrimizga tasdiq bo'la oladi. Bugun esa ushbu jamoa autsayderga qarshi o'yin o'tkazadi. So'zsiz to'qnashuv favoriti bu "Jenoa" sanaladi. Ivan Yurich qo'l ostida "Jenoa" o'z muxlislarini ko'p xushnud etmoqda.
Ivan Yurich va Del Neri qarama-qarshiligida kim ayyorroq va zukkoroq chiqishini esa o'yindan keyin bilib olamiz.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar 36 bor to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik hech bir jamoa qo'lida emas. Yani tenglik. O'tkazilgan 36ta o'yinning 11tasida "Jenoa" va yana shunchasida "Palermo" g'alaba nashidasini surgan. Qolgan 14 o'yin esa durang bilan yakun topgan.

"Jenoa" - "Palermo" (00:45)
"Stadio Luiji Ferraris" stadioni.
Bosh hakam
: Luka Pairetto.


Turning yana bir etiborga molik va qiziqarli to'qnashuvi shubhasiz Rimda bo'lib o'tadi. Unda "Lacio" jamoasi o'z uyida "Fiorentina"ni sinovdan o'tkazadi. "Fiorentina" agarda uch ochkoni qo'lga kiritishni uddalay olsa, unda "Lacio"ga yaqinlashib oladi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, rimliklar o'rtadagi farqni 8taga oshirishadi. SHuningdek, "Lacio" bu turda "Napoli" va "Milan"ni ham quvib o'tib uchtalikka kirish imkoniyatiga ega. SHu boisdan ham "Stadio Olimpiko"da o'tadigan o'yinda Simone Inzagi shogirdlarini borlarini berib harakat qilishlariga sabablar etarli. Paolo Souza jamoasi ham etakchilar bilan farqni kattalashtirib yubormaslik uchun qo'lidan kelgan barcha imkoniyatlarini ishga solishi aniq.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
O'tkazilgan 136 uchrashuvning 50tasida "Lacio" g'alaba qozongan. "Fiorentina" hisobida esa 46ta g'alaba mavjud. Qolgan 40ta o'yinda durang natijasi takrorlangan.

"Lacio" - "Fiorentina" (00:45) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)
"Stadio Olimpiko" stadioni.
Bosh hakam
: Massimiliano Irrati.


Saytimizning tvitterdagi rasmiy sahifasi - twitter.com/championat_asia

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика