A Seriya o'yinlari muxlislarsiz boshlanadi
06 sen 2020 18:59
Yangiliklar
A Seriya o'yinlari muxlislarsiz boshlanadi
Ertadan boshlab Italiya hukumati futbol o'yinlari borasidagi yangi qoidalarni kuchga kiritadi.
Malum bo'lishicha, protokolda sentyabr oyi oxiriga qadar futbol o'yinlari muxlislarsiz o'tishi ko'zda tutilgan va bu vaziyatga qarab cho'zilishi mumkin. Yaqin kunlar ichida Italiyada maktablarda o'qishga ruxsat beriladi. Agarda shu orqali mamlakatda holat og'irlashsa, birdaniga qatiy karantin qoidalari amalga kiritilishi mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligi A Seriya jamoalarining mavsumoldi sinov-nazorat o'yinlarida 1000 muxlis kirishiga ruxsat berdi va bu holatni sinovdan o'tkazdi. Ularning barchasi ijtimoiy masofaga amal qildi va yuzida niqob bilan tribunada o'tirdi.
Sinov yomon o'tmadi. Demak, oktyabr oyi o'rtalariga kelib, A Seriya o'yinlariga muxlislar kiritilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar