So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

A Seriya. "Milan" g'alaba qozondi va 2 pog'ona yuqoriladi Yangiliklar

A Seriya. "Milan" g'alaba qozondi va 2 pog'ona yuqoriladi

Teglar :  MilanTorino
A Seriyaning 24-turi doirasidagi "Milan" - "Torino" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Milan – Torino 1:0

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gol: Rebich (25).

Milan – Donnarumma, Ker (Gabbiya, 44), Teo, Romanoli, Kalabriya, Bennaser, Kessie, Kastilexo, Lukas Paketa (Bonaventura, 69), Ibragimovich, Rebich (Rafael Leau, 88).

Torino – Sirigu, de Silvestri, Nkulu, Bremer, Ansaldi, Edera (Dzadza, 64), Lukich, Berenger (Milliko, 85), Rinkon, Voynovich (Ayna, 85), Belotti.

Ogohlantirish: Bennaser (22), Edera (34), Kastilexo (50), Rinkon (60), Ansaldi (72).

AC Milan

Ante Rebic - 25'

Serie A . 24-tur

18/02/2020, 00:45

0
:
1
Tugadi

Torino

Stadion: San Siro, 46114 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Fabbri

45'
90'
22'  Ismael Bennacer
25'  Ante Rebic
25'  Samuel Castillejo
44'  Simon Kjaer (Matteo Gabbia)
50'  Samuel Castillejo
68'  Lucas Paqueta (Giacomo Bonaventura)
88'  Ante Rebic (Rafael Leao)
34'  Simone Edera
60'  Tomas Rincon
64'  Simone Edera (Simone Zaza)
73'  Cristian Daniel Ansaldi
85'  Alex Berenguer (Vincenzo Millico)
85'  Lyanco (Ola Aina)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!!! "Milan" ikki o'yinlik tanaffusdan keyin yana g'alaba qozondi va turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarilib olib, "Napoli"ni 9-o'ringa tushurib qo'ydi.

90+3. O'yin yakuni arafasida "Milan" burchak zarbasiga ega bo'ldi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Milan" hujumga o'tgandi. Himoyachilar Rebichni to'xtatishdi.

86. Burchakdan uzatilgan to'pni Donnarumma qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

83. Zlatanning boshi bilan bergan zarbasi o'xshamadi. To'p uning boshiga yaxshi tushmay qoldi.

80. Rostdan ham Zlatan "Milan"ni o'zgartirdi. Huddi "Milan"ning joystiki undadek. U hammani boshqarmoqda.

76. "Milan" o'yinni biroz sokinlashtirdi. "Torino" ham tempni pasaytirdi. O'yin anchagina zerikarli bo'lib qoldi.

73. ZARBAAAAA!! Bonaventuraning zarbasi biroz noaniq ketdi. To'p yo'l-yo'lakay raqibiga tekkandi.

70. Jarimadan uzatilgan to'pni Donnarumma qaytardi. Qaytgan to'pga Bremer noaniq zarba berdi.

66. "Torino"ning hujumlari borgan sari o'tkirlashib bormoqda.

63. XAVFLI VAZIYATTTT!!!!! Belottining qanotdan darvoza yaqiniga uzatgan pasi jamoadoshlarini topmadi. Romanoli to'pni qaytardi.

62. "Torino" bir xil uslubda o'ynamoqda. Qanotdan uzatilayotgan to'plarni "Milan" himoyachilari osonlik bilan qaytarishmoqda.

60. "Milan" tezkor qarshi hujumga o'tayotgandi. Kastilexoni to'xtatgan Rinkon ogohlantirildi.

56. Tog'dek Kerning o'rniga tushgan Gabbiya hozircha "fishka" vazifasini ajoyib tarzda bajarmoqda.

53. VOY! Kastilexo?! SHunday nuqtadan ham noaniq zarba beradimi? Sami 7 metrlardan noaniq zarba berdi.

52. Qanotdan uzatilgan to'pga Edera anchagina noaniq zarba berdi.

51. Ammo jarimadan uzatilgan to'pni "Milan" himoyachilari qaytarib yuborishdi.

50. Kastilexo "Milan" uchun noqulay nuqtada raqibini yiqitdi. "Torino"da ajoyib standart!

48. ZARBAAAAA!!!! Kastilexoning pasidan keyin Zlatan shunaqangi zarba berdiki, to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. Juda xavfli!

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. XAVFLI VAZIYATT!!!!! Bennaser qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi.

44. "Milan" himoyasining asosiy bo'lagi bo'layotgan Simon Ker jarohat olgan ko'ringandi. U maydonni tark etdi. "Milan" uchun katta yo'qotish.

43. "Milan"ning tezkor qarshi hujumi Kastilexoning noaniq pasidan keyin to'xtadi.

41. "Torino" qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lgandi. Biroq no'noq harakatlar qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi.

36. O'yin yana zerikarli tus olmoqda. Tomonlar etiborni markazga ushlashga qaratishgan.

33. Zlatanni bir necha bora yiqitishdi. Qariya Zlatan esa indamay o'ynamoqda. Oldinlari u o'zini tiyib tura olmasdi.

29. Zlatanning bu safargi zarbasini ham himoyachilar qaytardi. Hozircha himoyachilar Siriguning qo'lini sinishini istashmayapti)

25. GOOOOLLLLLL!!!!! Kastilexoning zargarona pasidan keyin Rebich bir zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi!!!! 1:0!!!
24. XAVFLI VAZIYATTTT!!!!! Romanolining to'p uzatishiga Kastilexo etib bora olmadi. Bu vaziyatda Sirigu to'pga peshvoz chiqdi.

20. ZARBAAAAAA!!!!! Kastilexoning zarbasini "Torino" posboni qaytardi!! Biroq bu pallada unga to'p oshirib bergan Zlatan offsaydda qolib ketgandi.

19. Jarimadan uzatilgan to'pga Bremer boshi bilan zarba bermoqchi bo'ldi. To'p Kastilexoga tegib, burchakka chiqib ketdi.

17. "Torino" juda xavfli hujum uyushtirdi. Kalabriyaning qanotidan Lukich to'pni markazga etkazdi. Belottining zarbasi anchagina noaniq ketdi.

16. UXXXXX!!! Kese markazdan raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni Zlatanga qadar etkaza olmadi. Turinliklar himoyachisi to'pni qaytardi.

15. Bennaserning burchakdan uzatgan to'piga milanliklar zarba bera olishmadi.

12. "Milan" yana chap qanotdan oldinga o'tdi. Rebichdan himoyachilar to'pni olib qo'yishdi.

10. "Milan" chap qanotdan hujum uyushtirdi. Rebichning to'p uzatishi Zlatanga qadar etib bormadi.

6. "Milan" bosimni davom ettirmoqda. Zlatan dirijyorligidagi jamoa bor etiborni hujumga qaratgan.

4. ZARBAAAAAAA!!! Zlatanning zarbasi raqibiga tekkan holda darvozaning yonidan o'tib ketdi!!! Havfli zarba bo'lgandi. Bu pallada Kastilexoga jarohat etdi. U maydonda yotibdi.

3. Hozircha vaziyatlar yaratilganicha yo'q. Tomonlar markazda o'ynashmoqda.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!!!!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va A Seriya madhiyasi yangradi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика