A Seriya. Zlatan penaltini noaniq amalga oshirganiga qaramay, “Milan” safarda g'alabaga erishdi
30 jan 2021 21:00
Yangiliklar


A Seriya. Zlatan penaltini noaniq amalga oshirganiga qaramay, “Milan” safarda g'alabaga erishdi
26-daqiqada Zlatan Ibragimovich penaltinini noaniq amalga oshirdi. Raqib kiperi Lukash Skorupski Zlatanning zarbasini to'sib qolgan bo'lsa, qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Ante Rebich uni darvozaga joylab qo'ydi – 1:0.
2-taym o'rtalaridan “Milan” yana penalti tepish imkoniga ega bo'ldi. Bu safar to'pgan Frank Kessi yaqinlashdi va zarbada adashmadi – 2:0. Bo'lim oxirlarida yarim himoyachi Andrea Poli hisobni qisqartiruvchi gol muallifiga aylandi – 1:2.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Stefano Pioli shogirdlari ochkolari sonini 46 taga etkazib olib, jadvalda peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
"Bolonya" – "Milan" 1:2
"Renato Dall'Ara"
Gollar: 0:1 – 26 Rebich, 0:2 – 55, penalti Kessie, 1:2 – 81 Poli.
"Bolonya" – Skorupski, Larangeyra, Sumaoro, Deyks (Palasio, 79), Tomiyasu, Sxauten (Poli, 79), Dominges (Svanberg, 67), Orsolini (Olsen, 67), Soriano, Sansone (Vinyato, 67), Barrou.
"Milan" – Donnarumma, Tomori, Romanoli, Teo, Kalabriya, Kessie, Tonali (Bennaser, 62), Salemakers, Rebich (Krunich, 62), Ibragimovich, Rafael Leau (Mandjukich, 73).
Ogohlantirishlar: Deyks (24), Rebich (51), Soriano (56).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar