A Seriya klubi Xolandga yiliga 5,5 million evro maosh to'lamoqchi
19 dek 2019 14:58
Yangiliklar


A Seriya klubi Xolandga yiliga 5,5 million evro maosh to'lamoqchi
"Milan" "Zalcburg"ning 18 yoshli vunderkindi uchun Evropa grandlari bilan kurashga kirishdi.
"Milan" o'zining Xoland uchun eng yuqori maoshlik taklifi tufayli 30 million evrolik futbolchi uchun kurashda raqobatchilarini ortda qoldirmoqchi.
"Yuventus" Erlingga bonuslardan tashqari 3 million maosh taklif qilmoqda, "Milan" esa unga har yili 5,5 million to'lashga tayyor.
Xolandga shuningdek MYU, "Borussiya Dortmund", "RB Leypcig", "CHelsi" va "Nicca" klublari qiziqmoqda.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalard 28ta o'yinda maydonga tushib, 41ta gol va 1ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar