A Seriya. "Jenoa" o'z uyida Turin klubiga yutqazdi. Eldorning raqobatchisi yana gol urdi

4 noya 2020, 23:09
Italiya chempionati 3-turining qoldirilgan o'yini o'tkazildi.

Biroz avval yakuniga etgan bahsda "Torino" Genuyada mehmon bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda hisob 10-daqiqada mehmonlar futbolchisi Sasha Lukich tomonidan ochilgan bo'lsa, 16 daqiqadan keyin "Jenoa" himoyachisi Luka Pellegrini o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Mezbonlarning yagona javob goli uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan 4-daqiqada markaziy hujumchi Janduka Skamakka tomonidan urildi. Eslatib o'tamiz, 21 yoshli italiyalik forvard 1 noyabr kuni o'tkazilgan "Genuya derbisi"da ham raqib darvozasini ishg'ol qilgan va "Jenoa"ga 1 ochko olib bergan edi.

Ma'lumot uchun, hamyurtimiz Eldor Shomurodov mazkur o'yinni jarohat tufayli o'tkazib yubordi.

Jenoa – Torino 1:2 

4 noyabr, 21.00, "Luidji Ferraris"

Gollar:

0:1 – 10 Lukich, 0:2 – 26, avtogol Pellegrini, 1:2 – 90 Skamakka.

Jenoa – Perin, Goldaniga (Pandev, 46), Pellegrini (Krishito, 67), Gilone, Sapata, Zayc (Bani, 46), Rovella (Destro, 88), Lerager, Badel, Pyaca (Paridjini, 67), Skamakka.

Torino – Sirigu, Murru (Rodriges, 54), Bremer, Voynovich, Singo (Voyvoda, 74), Lukich, Rinkon, Goyak (Meyte, 53), Linetti (Ansaldi, 88), Verdi (Bonaccoli, 54), Belotti.

Ogohlantirishlar:

Goyak (23), Badel (31), Rinkon (45), Rovella (51), Singo (68), Lukich (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia