So’nggi yangiliklar

09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  0 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  3 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  2 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  7 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1

A Seriya. "Inter" oxirgi turda "Sampdoriya"ni engdi va 2-o'rinni band etdi Yangiliklar

A Seriya. "Inter" oxirgi turda "Sampdoriya"ni engdi va 2-o'rinni band etdi

Italiya chempionati 38-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Inter

Ivan Perisic - 49', Joaquin Correa - 55', Joaquin Correa - 57'

Serie A . 38-tur

22/05/2022, 22:05

0
:
3
Tugadi

Sampdoria

Stadion: Giuseppe Meazza, 71109 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Di Bello

45'
90'
30'  Nicolo Barella
49'  Ivan Perisic
49'  Nicolo Barella
55'  Joaquin Correa
55'  Hakan Calhanoglu
57'  Joaquin Correa
59'  Nicolo Barella (Arturo Vidal)
59'  Ivan Perisic (Robin Gosens)
60'  Alessandro Bastoni (Federico Dimarco)
73'  Stefan de Vrij (Andrea Ranocchia)
73'  Joaquin Correa (Felipe Caicedo)
5'  Maya Yoshida
62'  Antonio Candreva (Mikkel Damsgaard)
62'  Morten Thorsby (Simone Trimboli)
66'  Alex Ferrari
77'  Ronaldo Vieira (Kristoffer Askildsen)
77'  Maya Yoshida (Giangiacomo Magnani)
84'  Tomas Rincon (Gerard Yepes)

Inter – Sampdoriya 3:0 

21.00, «Juzeppe Meacca»

Gollar: Ivan Perishich 49', Xoakin Korrea 55', 57'

Inter – Xandanovich, SHkrinyar, de Vrey (Ranokkya, 73), Bastoni (Dimarko, 60), Dyumfris, Barella (Vidal, 60), Brozovich, CHalxanoglu, Perishich (Gosens, 60), Korrea (Kaysedo, 73), Martines

Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Ferrari, Yoshida, Aujello, Vieyra, Kandreva (Damsgor, 62), Rinkon (Yepes, 84), Torsbyu (Trimboli, 62), Sabiri, Kaputo  

Ogohlantirishlar: Yoshida (5), Barella (30), Ferrari (66).

YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA


Bahs yakunlandi! "Inter" Italiya A Seriyasi joriy mavsumida 2-o'rinni qo'lga kiritdi! 

89. Zarbalar soni bo'yicha statistika – 26:8

84. "Sampdoriya"da o'zgarish: Rinkon o'rniga Yepes o'yinga qo'shildi.

82. "Inter" futbolchilari o'zaro paslashish bilan band.

78. "Sampdoriya"da 2 ta almashtirish: Vieyra o'rniga Askildsen, Yoshida o'rniga Mangani bahsni tugatib qo'yadi.

73. "Inter"da 2 ta o'zgarish: Korrea o'rniga Kaysedo, de Vrey o'rniga Ranokkya maydonga tushdi.

71. Milanning ikki klubi hozircha bir xil hisobda g'alaba qozonmoqda. Bu degani agar hisoblar shunday qolsa, "Milan" rasman 2 ochkolik farq bilan chempionga aylanadi.  

69. Lautaro Martinesning zarbasi "bloklandi". Aks holda himoyalanayotgan jamoaga qiyin bo'lardi.

66. Aleks Ferrari qoidani buzdi va ogohlantirildi.

65. Robin Gosensning xavfli uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni maydona tashqarisisha chiqarib yuborishdi. 

62. "Sampdoriya"da 2 ta almashtirish: Morten Torsbyu o'rniga Simone Trimboli, Antonio Kandreva o'rniga Mikkel Damsgor uchrashuvni davom ettiradi.

60. "Inter"da 3 ta o'zgarish: Nikolo Barella o'rniga Arturo Vidal, Alessandro Bastoni o'rniga Federiko Dimarko, Ivan Perishich o'rniga Robin Gosens tushdi.

57. Yana gol, yana "Inter"!   Perishich oldinga o'tib to'pni CHalxanogluga uzatdi, u esa Korreaga va Xoakin manzilda adashmadi!

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Inter" hisobni yana oshirdi!  Korrea katta sahnaga chiqdi! 

53. "Inter" o'z hujumlarini uyushtirishda davom etmoqda. 

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Inter" hisobni ochdi! Ivan Perishich!  Barella katta tezlikda oldinga o'tdi, to'pni Perishichga uzatdi, xorvatiyalik futbolchi esa gol urdi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45. Birinchi taymga vaqt qo'shilmadi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.  

41. Qanday imkoniyat! Lautaro Martines raqibni yaxshi aldadi, biroq uning zarbasi o'ng ustun yonidan o'tib ketdi. 

38. Lautaro Martines bosh bilan zarba berish uchun to'p tomon baland sakradi, ammo Audero to'pni ilib oldi.

34. Ikki jamoaning darvoza tomon yo'llagan zarbalari bo'yicha ko'rsatkich – 8:2

30. Marko Di Bello Barellaga qo'pol o'yin ko'rsatgani uchun sariq kartochka "sovg'a qildi".

25. Lautaro Martines Perishichning uzatmasidan keyin to'pni boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. To'p darvozaga aniq bormadi.

23. "Inter" azosi CHalxanoglu burchak to'pidan to'pni ichkariga oshirdi, to'pga Emil Audero ega chiqdi. 

18. Nikolo Barella burchakda to'pni qabul qilib olib, zarba berdi,a ammo noaniq.

13. Sabiri Barellaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. CHalxanogluning jarimadan uzatgan to'pidan keyin Dyumfris bosh bilan zarba berdi, uning yo'liga raqiblar to'g'anoq bo'lishdi.

11. "Sampdoriya" burchak to'pni o'yinga kiritdi, milanliklar himoyachi chizig'i ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirdi.

9. Zarba!  Xakan CHalxanoglu uzoq masofadan darvozani nishonga oldi, ammo Emil Audero barchasini nazorat ostida ushlab turibdi.

5. Maya Yoshida taktik folga qo'l urdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

3. "Inter" katta ishonch bilan to'p nazoratini qo'lga oldi. 

1. Uchrashuvga start berildi! 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun 81 ochkoga ega "Inter" o'z uyida "Sampdoriya"ni mehmon qiladi hamda 83 ochko to'plagan "Milan"ga chempionlik raqobatini taqdim qiladi. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика