So’nggi yangiliklar

17:30U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси – Ўзбекистон (матнли трансляция)  102 17:21АПЛнинг икки гранди де Йонгнинг трансфери бўйича "Барселона" билан боғланди  0 16:55Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Молдова жамоасини мағлуб этди  4 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:53"Комо" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  10 15:22"Фейеноорд" ван Персини жамоанинг янги бош мураббийи деб эълон қилди  3 14:48"Pink Ladies Cup 2025". Ўзбекистон 2-турда Иордания устидан ғалаба қозонди, вакилларимиз илк турда Корея Республикасига мағлуб бўлганди  0 14:28"Манчестер Юнайтед" ёзда Осимхен учун 75 млн евро тўлашга тайёр  3 14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  28 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  1 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  4 12:01"Барселона" "Манчестер Сити" вингерини харид қилиши мумкин  1

A Seriya. "Inter" "Jenoa"ni yirik hisobda taslim etdi, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi Yangiliklar

A Seriya. "Inter" "Jenoa"ni yirik hisobda taslim etdi, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Italiya chempionati 24-turidan o'rin olgan bahs matnli tranlsyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Inter – Jenoa 3:0

«Juzeppe Meacca (San-Siro)»

Gollar: Lukaku 1', Darmian 69', Sanches 77'

Inter – Xandanovich, de Vrey, SHkrinyar, Bastoni, Darmian (D'Ambrozio, 84), Brozovich (Galyardini, 76), Perishich (Yang, 84), Eriksen, Barella (Vidal, 84), Martines (Aleksis Sanches, 76), Lukaku.

Jenoa - Perin, Sapata, Radovanovich (Onguene, 46), Goldaniga, Gilone (SHomurodov, 62), Melegoni (Portanova, 71), Rovella, Strotman (Bexrami, 46), CHiborra, Skamakka (Pandev, 62), Pyaca.

Ogohlantirishlar: Sapata (19), Strotman (40). 

Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Eriksen to'pni burchakdan ichkargi oshirib bergach, SHkrinyar zarba yo'lladi, Perin o'r o'rnida!  

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89. D'Ambrozio aylantirma zarbani ijro qildi, Perin reakciya ko'rsatib, jamoasini qutqardi.

88. Aleksis Sanchesning kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

87. SHomurodov bugun o'zini ko'rsata olmadi, sababi "Jenoa" hujumga o'tmayapti... 

84. "Inter"da 3 ta o'zgarish: Darmian o'rniga D'Ambrozio, Perishich o'rniga Yang, Barella o'rniga Vidal o'yinni davom ettiradi.

81. "Inter"ning g'alabasi naq bo'ldi desak adashmaymiz. 

79. GOOOOOOOL!  Demak, uzoq tekshiruvlardan keyin Sanchesning goli inobatga olindi. Lukaku ofsaydda bo'lmagan. 

78. Gol VARda tkeshirilmoqda...

77. GOOOOOOOOOOOL!  Hozirgina maydonga tushgan Sanches bosh bilan gol urdi, biroq ofsayd qayd etildi. 

76. "Inter"da 2 ta o'zgarish: Lautaro o'rniga Aleksis, Brozovich o'rniga Galyardini tushdi. 

74. Eriksen jarimadan zarba yo'lladi, Portanova to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

73. SHomurodov Perishichga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima zarbasi.

71. "Jenoa"da o'zgarish: Melegoni o'rniga Portanova maydonga tushdi. 

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Darmian!   Lukaku o'zidan o'ngda turgan Darmianga pas uzatdi, himoyachi esa darvozani ishg'ol qildi – 2:0! 

66. SHomurodov sherigi Pyacaga pas berdi, ammo xorvatiyalik o'yinchi to'pni to'xtata olmadi. Davide Ballardini Pyacaga hamon imkoniyat taqdim etayotgani ajablanardi. 

65. Rovella uzatmani amalga oshirdi, havodagi kurashda SHomurodov va Bastoni ishtirok etdi, italiyalik ushbu duelda g'olib chiqdi.

64. SHomurodov tushishi bilanoq faol pressingda qatnashib, himoyachi SHkrinyarni qo'rqitdi. 

62. "Jenoa"da 2 ta almashtirish: Skamakka o'rniga Pandev, Gilone o'rniga SHomurodov o'yinga qo'shildi. Olg'a, Eldor! 

60. Biz kutgan damlar yaqin!  SHomurodov va Pandev maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqdalar. 

58. "Inter" ikkinchi bo'limda katta ustunlikka ega. Milanliklar ishonchli o'yin ko'rsatishyapti. Kontening topshiriqlari ko'zga tashlanmoqda.

57. Lautaro o'z driblingini namoyish qilib, qanotdan markazga kirib keldi va darvozani poyladi, Perin vaziyatga aralashib, xavfning oldini oldi.

56. Perishich jarima maydoni ichkarisiga intildi, Ivan o'tkir burchakdan zarba yo'llashi mumkin edi, himoyachilar to'pni burchakka tepib yuborishdi.

55. Lautaro Sapatani turtib yubordi, hakam qoida buzish qayd qildi. 

54. "Jenoa" jamoaviy tarzda hujumda harakatlanmoqda, yakunda Bastoni xavfni bartaraf etdi. 

52. Bastonining chap qanotdan amalga oshirgan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi, "Jenoa" qarshi hujumga o'tib ketdi. 

50. Lautaro Martines raqiblarni aldashga kirishib ketdi va to'pni oldirdi. 

49. Perishichning uzatmasidan so'ng Perin to'pga ega chiqdi. 

47. Brozovich Bexramiga nisbatan qoidani buzdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Radovanovich o'rniga Onguene,  Strotman o'rniga Bexrami tushirildi. 

Umid qilamizki, janob Davide Ballardini ikkinchi bo'limda Eldor SHomurodovni maydonga tushiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!    

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Darmian kutilmaganda tezlik bilan oldinga o'tdi va qanotdan markazga kirib borib, zarba berdi. Zarba esa noaniq ko'rinish kasb etdi.

43. Strotmandan g'alati uzatma. Xandanovich darvozasidan oldinga yugurib chiqib, ui egallab oldi.

42. Hakam Barella to'pni qo'l bilan o'ynadi deb topib, o'yinni to'xtatdi.  Takroriy vaziyat esa bu qaror xato ekanligini ko'rsatdi. 

40. Qarshi hujumga qochib ketgan Lautaroni yiqitgan Strotmanga sariq kartochka ko'rsatildi. 

36. Uuux!  Lautaroning "qaychi" uslubidagi zarbasini Perin ushlab oldi. 

35. Barellaning qulay uzatmasidan keyin Lautaro zarba yo'lladi, Perin ushbu to'pni osongina ilib oldi. 

34. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 57% – 43% 

32. Rovellaning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Xandanovich to'pni dastlab, ushlab, keyin esa uni qo'ldan chiqarib yubordi. 

29. Rovella hujumda to'pdan ayrildi, uning oldiga raqib kelsa shoshib qolmoqda. Eh, Rovella. 

26. Zarba!  Lukakuning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi Perin tomonidan qaytarildi. 

25. Eriksenning oshirmasidan so'ng Radovanovich to'pni qaytarishga erishdi. 

23. Kristian Eriksen burchak to'pini o'yinga kiritdi va de Vrey bosh bilan zarba berdi, to'p Perinda! 

22. Lukakuning zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi. 

19. Sapata Barellaga nisbatan xavfli o'ynadi va ogohlantirildi. 

17. Uuuxx!  Nikola Barellaning kuchli zarbasi darvoza to'sinini zirqiratdi. 

15. Xavfli vaziyat!  SHkrinyar buchrak zarbasidan keyin havodagi kurashda g'olib chiqdi va Martinesga pas hadya qildi, ammo hujumchiga raqib himoyachisi xalaqit qilib, o'z jamoasi jongia ora kirdi.

14. Uuuux!  Darmian Lukaku bilan chiroyli kombinaciya tashkil qilib, darvozabon bilan deyarli birga-ir holatga chiqib bordi, lekin aniq zarba bera olmadi. 

11. Zarbaaa!  Rovella bir nechta chalg'ituvchi harakatni qo'llab, zarba yo'lladi, noaniq. 

9. "Inter"da yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Lukaku pas qabul qilib, Martinesni oldinga boshlashni istadi, biroq noaniq uzatmani ijro etdi.

8. Skamakkaning olisdan yo'llagan zarbasi darvozabon Xandanovichga qiyinchilik tug'dirmadi.

7. Lautaro Martinesdan noto'g'ri pas, himoyachi to'pga ega chiqdi.

4. Goldaniga Lautaroga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Hakam Goldanigani ayadi.

2.  Romelu A Seriyadagi 18-golini urdi. Krishtianugacha 1 ta gol qoldi. Ofarin, Lukaku! 

1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Lautaroning pasidan keyin Lukaku o'tkir burchakni nishonga oldi – 1:0! 

1. O'yin boshlandi! 

CHigil yozdi mashg'ulotlari olib borildi

"Jenoa" o'yinchilari yashil maydonda

"Inter" kiyinish xonasi

Jamoalar tarkiblari 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 24-turida hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Jenoa" klubi safarda "Inter" bilan baxs olib boradi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика