So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

A Seriya haqida eng qiziq statistik malumotlar Yangiliklar

A Seriya haqida eng qiziq statistik malumotlar

Teglar :  A Seriya
Italiya chempionatining 2020-21 yilgi mavsumi yakuniga qadar 1 ta tur qoldi.

"GianlucaLapadula" blogi ortda qolgan 37 turga oid qiziqarli statistikalar to'plamini elon qildi.

"Yuventus" "Inter"ning 20 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi.

"Inter" "Yuventus" maydonida o'tgan so'nggi 6 o'yinda ilk bor gol urdi.

"Inter" 2012 yildan beri Turinda "Yuventus"ni enga olmayapti.

Romelu Lukaku – qatorasiga 2 mavsum kamida 23 ta gol urgan "Inter" tarixidagi 4-futbolchi (Mauro Ikardi, Ishtvan Nersh va  Juzeppe Meaccadan keyin).

Ruslan Malinovskiy – "Atalanta"ning qatorasiga 10 uchrashuvda samarali (gol, golli uzatma) harakatni amalga oshirgan birinchi futbolchisi (so'nggi 17 yilda).

"Atalanta" mehmondagi g'alabalar soni bo'yicha klub rekordini takrorladi – 11.

Duvan Sapata German Denisning rekordini takrorladi ("Atalanta" tarixidagi eng sermahsul legioner) – 56 gol.

"Napoli" 1975 yildan beri ilk bor qatorasiga 25 o'yinda gol urdi.

Lorenco Insine samaradorlik bo'yicha shaxsiy rekordini o'rnatdi – A Seriyada 19 gol.

Lorenco Insine "Fiorentina" darvozasiga 9-golini urdi – bu uning sevimli mashg'uloti.

"Milan" uyda o'tkazilgan 19 o'yinda atigi 30 ochko to'pladi.

"Milan" oxirgi 24 yilda ilk bor "San Siro"da "Kalyari" darvozasiga gol urolmadi.

"Milan"ning "Kalyari" bilan "San Siro"dagi 15 o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi.

"Milan" "Kalyari" bilan oxirgi 5 o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

"Yuventus" 2010 yildan beri ilk bor qatorasiga 13 uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola bilmadi.

Xuan Kuadrado – 21 asrda "Inter" bilan o'yinda dubl qayd etgan "Yuve"ning birinchi futbolchisi (oxirgisi Darko Kovachevich edi, 2000 yil).

"Roma" chempionat doirasidagi so'nggi 5 ta derbida ilk bor g'alaba qozondi. 

Genrix Mxitaryan top-chempionatlardagi shaxsiy rekordini yangiladi – 12 gol.

"Sassuolo" tarixda ikkinchi bor qatorasiga 4 ta safar o'yinini yutdi.

"Verona" 8 turdan beri g'alaba qozonolmayapti. 

"Kalyari" 7 turdan beri yuqtqazmayapti.

"Speciya" tarixda birinchi bor A Seriya o'yinida 4 ta gol urdi.

"Parma" tarixda birinchi bor chempionatning ketma-ket 7 o'yinida mag'lub bo'ldi. 

Simi – A Seriyaning bir mavsumida 20 ta gol urgan tarixdagi 2-futbolchi (Samuel Eto’Odan keyin).

"Krotone" gol o'tkazib yuborish bo'yicha A Seriya antirekordini yangiladi (92 gol).

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика