A Seriya. "Jenoa" 6 daqiqa qo'shib berilgan o'yinning 8-daqiqasida gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi
08 dek 2020 02:45
Yangiliklar


A Seriya. "Jenoa" 6 daqiqa qo'shib berilgan o'yinning 8-daqiqasida gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi
Fiorentina Nikola Milenkovic - 90' |
Serie A . 10-tur 08/12/2020, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
Genoa Marko Pjaca - 89' |
Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
Fiorentina – Jenoa 1:1
8 dekabr, 00.45, "Artemio Franki"
Gol: Pyaca (89, 0:1), Milenkovich (90+8, 1:1).
Fiorentina: Drongovski, Kaseres, Milenkovich, Peccelya, Biragi, Pulgar, Amrabat, Kastrovilli (Bonaventura, 41), Kalexon, Riberi, Vlaxovich (Kutrone, 78).
Jenoa: Marketti (Paleri, 65), Goldaniga, Sapata (Gilone, 37), Bani, Masello, Legarer, Radovanovich, Sturaro, Pellegrini, Skamakka, SHomurodov (Pyaca, 65).
Tugadi... "Jenoa"ning g'alabasiz seriyasi 9 o'yinga etdi.
90+8. Nima bu!! 6 daqiqa qo'shib berildi, 98-daqiqada gol uryapti. Hullas o'yin "Fiorentina" gol urgunicha davom etdi. Malades hakam. "Jenoa"ning navbatdagi o'yinlarida omad tilaymiz.
90+6. Xavf bartaraf etildi, hujumda fol ishlatildi!
90+5. Jarima zarbasi.... Voy dodddddd o'tib ketaqol tezroq vaqtttt...
90+4. DESTROOOO!! Birga bir vaziyatdan foydalana olmadiiiiii......
90. Ha, taxmin qilinganidek 6 daqiqa qo'shib berildi!
Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shilsa kerak. Bosh hakam qo'li bilan 6 raqamini ko'rsatdi.
89. GOOOOOOOOOOLLL!!!! PYACAAAAAA!!! Birga bir vaziyatdan unumli foydalandi!!! Eldorning o'rniga tushgan Marko o'zini ko'rsatdi!!!
86. Biragi uzoq masofadan "Jenoa" posboni mahoratini sinab ko'rdi. Paleri o'z o'rnida)
83. Kutrone qanotdan "Jenoa" darvozasi yoniga to'pni oshirgandi. Masello boshi bilan to'pni chiqarib yubordi.
77. Amrabaaaattt!!! Kaseresning ajoyib pasidan keyin Sofyan "Jenoa" darvozasini nishonga oldi. Gol ura olmaslik qiyin edi bu erdan...
75. Mezbonlarda yana bir vaziyat. Bonaventura oshirgan to'pni Vlaxovich o'tkir burchakdan darvozaga yo'lladi. Noaniq.
72. YO'QQ!!! Gol inobatga olinmadi!!! Bonaventura fol ishlatgan ekan!!!
70. GOL! Bonaventura hisobni ochmoqda... Maranisheeeeeeee...
69. "Futbol 2" kanali sharhlovchisining fikriga ko'ra, Eldorning o'rniga tushgan Pyaca "Jenoa"ning o'yinini zaiflashtirgan va Eldorning zaxiraga olinishi xato. Uning gaplari to'g'ri.
68. UXXXXX!! Vlaxovich "Jenoa" darvozasi yonida zarba berdi, to'p Bonaventuraga tegib qaytdi!
65. SHomurodov almashtirildi. O'rniga Pyaca tushirildi. Tan olish kerak, Eldorning bugun o'yini o'xshamadi. Biroq yomon ham o'ynamadi. Olg'a, Eldor!
64. UXXXX!! Masello chap qanotdan to'pni SHomurodovga oshirgandi. To'p Eldorga etib bormadi...
60. Jarohatdan qaytib, o'yinga tushirilgan Markettiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
58. Vaziyatlar juda kam. Zerikarli o'yin bo'lyapti. "Jenoa" esa tavakkalga qo'l urishni istamayapti.
55. UXXXXX!! Qanotdan oshirilgan to'p barchadan o'tib ketdi. Bonaventura buni kutmay qoldi va zarba bera olmadi. Riberidan esa to'pni olib qo'yishdi.
48. Vlaxovich Banini aldab o'tib, uzoq masofadan "Jenoa" darvozasiga noaniq zarba yo'lladi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Bosh hakam "Fiorentina" burchak zarbasiga ega bo'lganiga qaramasdan taymni yakunladi. Dam olamiz va 15 daqiqada qaytamiz.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Riberi o'ng oyog'ida juda noaniq zarba berdi.
41. Yana bir majburiy o'zgarish. Kastrovilli jarohat oldi va o'rniga Bonaventura maydonga tushdi.
40. VLAXOVICHCHCHCHCH!!! Darvozabonning to'pga chiqishida xatolikka yo'l qo'yishi natijasida darvoza ochiq qoldi. Vlaxovich esa to'pni bo'sh darvozaga kirita olmadi.
37. Majburiy o'zgarish. Mushaklaridan jarohat olgan Sapata o'rnini Gilonega bo'shatib berdi.
35. UXXXXX!! Pulgar bir raqibini "do'konga jo'natib" darvozaga zarba bergandi. Masello zarbaga to'siq vazifasini bajardi.
32. XAVFLI VAZIYATTTTT!!!! Havolatib oshirgan to'pni Skamakka darvozaga yo'llash uchun biroz eta olmadi.
31. RIBERIIIIII!!! Kalexonning oshirgan to'pini Riberi darozaga aniq yo'llay olmadi.
28. "Jenoa"da yana bir vaziyat yuzaga kelayotgandi. Pellegrinining oldida ikki variant bor edi: Skamakka hamda SHomurodov. Biroq u raqibini aldab o'tishga harakat qildi va to'pni oldirdi.
26. Umumiy planda aytsak, xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. Jarima zarbasidan "Jenoa" unumli foydalana olmadi.
24. Amrabat o'z jarima maydonchasi yonida fol ishlatdi. Endi real imkoniyat "Jenoa"da.
21. Riberi zarba berishga urinib ko'rgandi. Masello bunga yo'l qo'ymadi. To'p himoyachiga tegib qaytdi.
17. ZARBAAAAAA!! Golga tortadigan ilk xavfli vaziyat "Jenoa" tomonidan yaratildi. Skamakkaning pasidan keyin Sturaroning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi rikoshet orqali darvozabonning qo'llariga borib tushdi.
15. Tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotganida Pellegrinini yiqitgani uchun Pulgar ogohlantirildi.
12. UXXXXX!! "Fiorentina"da ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi. Bosh bilan oshirilgan to'pni Masello burchakka chiqarib yubordi.
9. "Fiorentina" hujumga o'tdi. Biroq offsayd sababli to'p "Jenoa"ga olib berildi.
5. SHomurodovda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Biroq undan bir necha himoyachilar to'pni olib qo'ydi.
4. SHomurodov himoyachilarga yordamga keldi va to'pni olib qo'yib, biroz vaziyatni yumshatdi.
3. Eldor Amrabatni yiqitdi. Gavdani inobatga olsak, bunga juda ishonish qiyin...
2. UXXXXXX!!! Jarimadan darvozaga zarba berildi. Marketti qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
2. Mezbonlar yaxshi vaziyatga ega bo'lmoqda. Ravodanovich o'z jarima maydonchasi yonida Kastrovillini yiqitdi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI! O'zing qo'lla Eldorni!
- Tan olish kerak, o'tgan o'yinda Skamakka-SHomurodov juftligi Skamakka-Pandev juftligidan ko'ra yaxshiroq edi. Maran bugun ham o'yinni shunday boshladiyu
- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. A Seriya madhiyasi yangramoqda.
- Hurmatli futbol ishqibozlari! Uxlamasdan Eldorning o'yinini ko'ramiz! Qani boshladik!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar