So’nggi yangiliklar

09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  4 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  0 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  6 08:00КТС тасвирга олган ўйинда "Навбаҳор" ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мазгавой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  9 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  4 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  7 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  8 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  1 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  14 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  12 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7

A Seriya. "Speciya" 2:0 hisobidagi g'alabani qo'ldan chiqardi, SHomurodov to'liq o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. "Speciya" 2:0 hisobidagi g'alabani qo'ldan chiqardi, SHomurodov to'liq o'ynadi

Italiya chempionati 22-turi doirasidagi "Empoli" – "Speciya" bahsi yakuniga etdi.

"Empoli" – "Speciya" 2:2 (0:2, 2:0)

"Karlo Kastellani"

Gollar: 0:1 – 25, penalti Verde, 0:2 – 31 Verde, 1:2 – 71 Kambyagi, 2:2 – 90 Vinyato.

"Empoli" – Vikario, Ebuexi (Stoyanovich, 60), Luperto, Ismayli, Parizi, Akpa-Akpro (Pikkoli, 60), Marin, Bandinelli (Vinyato, 85), Baldanci (Kakache, 26), Kaputo (Satriano, 85), Kambyagi.

"Speciya" – Drongovski, Nikolau, Amyan, Visnevski, Reca, Burabiya, Agudelo (Cipot, 79), Espozito, Djasi (Xolm, 64), SHomurodov, Verde (Ekdal, 52).

Ogohlantirishlar: Vikario (24), Nikolau (25), Verde (33), Espozito (39), Ekdal (63).

CHetlatishlar: Parizi (21), Espozito (49).

Empoli

Nicolo Cambiaghi - 71', Emanuel Vignato - 90'

Serie A . 22-tur

11/02/2023, 19:00

2
:
2
Tugadi

Spezia

Daniele Verde - 25', Daniele Verde - 31'

Stadion: Stadio Carlo Castellani, 7871 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Giua

45'
90'
21'  Fabiano Parisi
25'  Guglielmo Vicario
27'  Tommaso Baldanzi (Liberato Cacace)
60'  Tyronne Ebuehi (Petar Stojanovic)
60'  Jean-Daniel Akpa-Akpro (Roberto Piccoli)
71'  Nicolo Cambiaghi
85'  Francesco Caputo (Martin Satriano)
85'  Filippo Bandinelli (Emanuel Vignato)
90'  Emanuel Vignato
23'  Daniele Verde
25'  Dimitrios Nikolaou
25'  Daniele Verde
31'  Daniele Verde
33'  Daniele Verde
39'  Salvatore Esposito
49'  Salvatore Esposito
52'  Daniele Verde (Albin Ekdal)
63'  Albin Ekdal
64'  Emmanuel Quartsin Gyasi (Emil Holm)
79'  Kevin Agudelo (Tio Cipot)


UCHRASHUV YAKUNLANDI!!

90+4. GOL! "EMPOLI" HISOBNI TENGLASHTIRDI! VINYATIIII!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAA... SHomurodovning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

87. Zarbaaaa... Drongovski to'pni ushlab oldi.

86. "Speciya" jarima maydonchasidagi voqea VAR orqali ko'rinadi, hakam o'ynash mumkinligini ko'rsatdi.

84. "Speciya"da burchak zarbasi va Eldorda gol urish uchun yaxshi vaziyat. Biroq hujum muvvafaqiyatsiz yakun topdi.

78. "Empoli"da navbatdagi hujuuuuum. Zarbadan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

71. GOOOOOLLL! Hisob qisqardi, Nikolo Kambyagi o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

71. Eldor ajoyib uzatmani amalga oshirdi, ammo Verde deyarli birga bir vaziyatni ko'kka sovurdi.

69. SHomurodoooov! Eldor qarshi hujumni zarba bilan yakunladi, ammo u nuqtadan darvozani ishg'ol qilish juda qiyin edi.

68. SEYVVV! Drongovski bir amallab to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

66. "Speciya"ning xavfli qarshi hujumida to'p SHomurodovga uzatilmadi va hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

65. Xavfli vaziyat! "Speciya" himoyachisi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

61. O'yindagi deyarli barcha voqealar "Speciya" darvozasi oldida sodir bo'lmoqda.

56. "Speciya" jarima maydonchasidagi to'qnashuvdan so'ng hakam VARni eshitdi, biroq kichik suhbatdan so'ng qoida buzilmagani malum bo'ldi.

54. Jamoalardagi futbolchilar soni tenglashganidan so'ng "Empoli" faollashdi.

49. Espositoga ikkinchi sariq va qizil kartochka ko'rsatildi. Jamoalar 10ga 10 o'ynashni boshlashdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. SHomurodov hali ham maydonda.


Tanaffus!

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBAAAAAAAA!!!! Burchakdan uzatilgan to'p futbolchilardan biriga tegib, darvozaga kirib ketayotgandi. Nikolau to'pni qaytarib yubordi.

36. UXXXXX!! SHomurodov raqibiga qarshi zo'r pressing uyushtirdi. Himoyachi darvozasi yonida bo'lgani uchun to'pni burchakka chiqarib yubora qoldi.

34. Nikolo Kambyagining uzoqdan yo'llagan zarbasini Drongovski ushlab oldi.

31. VERDEEEEEEEEEEE!!! SUPERRRRGOLLLLLLL!!!! SHunchaki daxshaaattttt!!!

25. Nihoyat! Verde penaltidan gol urib, hisobni ochdi!

24. TO'XTANG! Penalti boshqatdan tepiladi. Tepilayotgan paytda qoida buzilgan shekilli.

23. DAXSHAAAAATTTT!!! Vikariodan ikkita super seyv! U Daniele Verde tepgan penaltini va qaytgan to'pga berilgan zarbani ham qaytardi!

21. PENALTI va QIZIL!!!! "Speciya" hisobni ochish uchun penaltiga ega bo'ldi.

19. IYA! Maydonda gandbol o'ynashyapti. "Empoli" futbolchisi darvozaga kirib ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytardi. Bu qizil va penalti!

14. O'yinda vaziyatlar deyarli bo'layotgani yo'q. Asosan markaz ishlamoqda.

8. ZARBAAAAAAAAA!!! Tommazo Baldanci uchrashuvdagi ilk xavfli zarbani berdi. Bunday nuqtadan futbolchi juda bo'sh zarba yo'lladi.

4. Xavfli vaziyat! Qanotdan uzatilgan to'pni "Empoli" futbolchisi Franchesko Kaputo boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p yuqoridan ketib qoldi.

1. Bahs "Speciya"ning hujumi bilan boshlandi. Zarbani Vikario ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bahs startiga oz vaqt qoldi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari, "Speciya"ning safardagi "Empoli"ga qarshi o'yini boshlanish arafasida. Uchrashuvni hamyurtimiz Eldor SHomurodov asosiy tarkibda boshlaydi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика