So’nggi yangiliklar

14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  0 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  1 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3 12:49Эдегор Австрияга қарши ўйинда жароҳат олди  2 12:36Долен Омурзаков ким бўлган?  8 12:18"Мустақиллик Кубоги-2024" мусобақаси якунланди. Бош соврин Оҳайо штатига йўл олди  2 11:56Футзал. Коста-Рика терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:35"Ал Насср" Криштиану Роналдуга Италиядан янги мураббий топди  11 10:47Афсуски, сардоримиз ҳам мундиални ўтказиб юборади. Ўзбекистон футзал терма жамоасининг ЖЧ-2024 учун якуний рўйхати маълум  9 10:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   4 10:20Андижон" собиқ футболчиси Африка клубига ўтди   10 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  9 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   2 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   12

A Seriya 25-tur yakunlari: "Inter"da yana g'alaba, "Atalanta" o'ziga keldi, "Milan"ni esa penalti qutqardi Yangiliklar

A Seriya 25-tur yakunlari: "Inter"da yana g'alaba, "Atalanta" o'ziga keldi, "Milan"ni esa penalti qutqardi

Teglar :  Seriya A
Italiya chempionatining yana bir tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Inter"da yana g'alaba

"Inter" hozir ajoyib sport formasiga kirib oldi. "Milan"ning omadsizligi fonida esa "neradzurri" "Parma"ni ilk daqiqadanoq "o'ldirish" uchun maydonga tushishi kutilgandi. Amalda ham shunday bo'lsa kerak edi, ammo raqib o'yin uchun rejaga to'liq amal qilardi. Etmaganiga raqib o'zi ham oldinga tashlanib turardi, Kurtich vaziyatlardan birida boshi bilan ajoyib zarba berdi, lekin Xandanovich katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishni uddaladi. "Inter" safida eng xavfli imkoniyatga Eriksen ega bo'ldi, Xakimining uzatmasidan keyin daniyalik yarim himoyachi bo'sh qolgan darvozani nishonga olishi mumkin edi. SHuningdek, SHkrinyar hamda Perishichda ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi.

Tanaffusdan keyin esa "Inter" rejalari amalga osha boshladi. Lukaku to'p uchun kurashgani natijasida u Aleksis Sanchesga borib tushdi, u qadar qulay vaziyatda bo'lmasada, chililik to'pni darvozaga aniq yo'llay oldi. Oradan yana 10 daqiqa o'tar-o'tmas, yana eng xavfli juftlik ish berdi. Lukaku qarshi hujumda katta tezlikda oldinga o'tdi va jarima maydoniga etay deganda Sanchesni to'p bilan taminladi, Aleksis darvozabonning harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda zarba yo'lladi. Barchasi hal bo'lgandek ko'rinardi, lekin "Parma" jonlandi hamda raqib himoyasiga bosim uyushtira boshladi. Natijada, oradan yana 10 daqiqa o'tib, Pecella qanotdan uzatmani amalga oshirdi va Ernani ajoyib harakat bilan farqni qisqartirdi. Oxirgi daqiqalar asabiy bo'lganiga qaramay, "Inter" himoyasi pand bermadi va g'alabani qo'ldan chiqarmadi.


"Yuventus" "Speciya" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

"Verona" bilan o'yindagi qoqilishdan keyin, turinliklar g'alaba qozonishi juda muhim edi. Ammo o'yin starti Pirlo shogirdlari uchun og'ir kechdi. Markiccio kuchli zarba bilan to'pni darvozaga yo'lladi, lekin biroz mo'ljalda adashdi. Sekin-asta "Yuventus" tashabbusni qo'lga oldi, ammo har safar nimadir etishmasdi. Eng yaxshi imkoniyatga Ronaldu ega bo'ldi, ammo portugaliyalikning aylanma zarbasidan keyin to'p ustunga tegdi. SHunday bo'lsada, bosimning o'zi bilan "Yuve" birinchi bo'limda gol ura olmadi.

Tanaffusdan keyin ham malum vaqt vaziyat o'zgarmadi. Bu holat Morata o'yinga qo'shilgunga qadar davom etdi. Ispaniyalik tushganidan bir daqiqa o'tib, Bernardeski qanotdan oldinga o'tdi va aynan Moratani to'p bilan taminladi, hujumchi esa birinchi urinishdayoq hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Gol "Yuventus"ga erkinlik taqdim qildi, oqibatda jamoa bosimsiz o'ynay boshladi. 9 daqiqa o'tib, Bernardeski qanotda bir raqibini dog'da qoldirdi va markazdagi Kezani ko'ridi, Federikoning zarbasini posbon bartaraf etdi, ammo ikkinchi urinishda u niyatiga etdi. "Yuventus" shu kuni g'alabani qo'ldan chiqarmasligi amalda hal bo'ldi. "Speciya" taslim bo'lishni istamasdi va hujumga o'taverdi. Bu esa "Yuventusu" qarshi hujum qilish imkoniyatiga ega bo'lardi, shunday vaziyatlardan birida Bentankur to'pni Krishtianuga oshirdi, Ronaldu jarima maydoni tashqarisidan darvoza burchagini aniq nishonga oldi. "Speciya" hech yo'q bitta gol urishi mumkin edi, jamoa penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq Galabinov SHensnini aldab o'ta olmadi. "Yuventus" muxlislarini biroz xavotirga qo'ygan bo'lsada, g'alaba qozondi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.

"Milan" spasaetsya s «Udineze»

"Roma" bilan og'ir uchrashuvdan keyin "Milan" futbolchilari toliqib qolgani biroz sezildi. CHarchoqqa qaramay, ilk daqiqalarda Pioli shogirdlari faolroq bo'lishga harakat qilishdi. Dias uzoq masofadan Mussoning reakciyasini tekshirib ko'rdi, golkiper jamoasiga pand bermadi. Argentinalik posbon birinchi bo'limda juda ishonchli harakat qildi va bir necha bor qiyin vaziyatlarda to'p darvozasiga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. "Zebralar" esa hujumdan ko'ra, gol o'tkazmaslikni ko'proq o'ylardi.


Ikkinchi bo'lim boshida esa "Milan" oddiy vaziyatda o'z darvozasiga gol urilishini "taminlab" yuborishi mumkin edi. Darvozabonga oshirilgan to'p raqibga borib tushdi, lekin Romanoli Nestorovskining zarbasidan keyin to'pni darvoza chizig'idan qaytarib yuborishga erishdi. "Milan" Meytening jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi bilan javob berdi, Musso esa darvoza to'sini ostiga ketayotgan to'pni yana qaytarishni uddaladi. Lekin hisob baribir mehmonlar tomonidan ochildi. De Paul burchak to'pini amalga oshirdi va Bekao boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. "Milan" hujumga otildi, ammo darvoza tomon yo'l topa olmasdi. "Udineze" g'alabani nishonlardi, agar... 95-daqiqada Larsen negadir o'z jarima maydonchasida qo'li bilan o'ynadi. Bu "Milan"ning 15-penaltisi va Frank Kessie sovuqqonlik bilan "rossoneri"ga durangni taqdim etdi. "Milan"ni tabiiyki bu natijada qoniqtirmadi, lekin jamoa g'alabali odimlarini saqlab qolishi tobora qiyinlashib bormoqda. Jamoaga yangi g'oyalar zarur.


"Atalanta" "Krotone"ni yanchib tashladi

 "Bergamoliklar" o'zlari bilan xazillashish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini juda tez isbotlab qo'yishdi. O'tgan o'yinda bo'lgan golga juda o'xshash vaziyat guvohi bo'ldik. Ilichichaning qanotdan uzatmasi Gosens tmoonidan golga aylantirildi va 12-daqiqadayoq hisob ochildi. Ko'p o'tmay Ilichich yana assistent rolida gavdalanishi mumkin edi, ammo Muriel darvozabonni alday olmadi. "Krotone" javob hujumida niyatiga etdi. Nvakvo Palominoning xatosidan unumli foydalandi va imkoniyatidan aniq zarba bilan foydalandi. Tanaffusgacha aytarli boshqa hech nima bo'lmadi. "Atalanta" kuchini ikkinchi bo'limga asrayotgani ko'rinib turardi, "Krotone" esa hech qayoqqa shoshilmasdi.

Tanaffusdan keyinoq Palomino xatosini to'g'riladi. U Jimsitidan kelgan to'pni darvozaga yo'lladi. Oradan ikki daqiqa ham o'tmadi, Pashalich to'pni Murielga etkazdi va kolumbiyalik himoyachilar bilan kurashda burchakni nishonga oldi. "Atalanta" "qon isini" oldi, Muriel 8 daqiqa o'tib, markazdan to'pni Ilichichga etkazdi, bosniyalik futbolchi esa uzoq masofadan ajoyib zarba bilan farqni oshirdi. Ilichich dubl rasmiylashtirishi ham mumkin edi, ammo uning jarimadan bergan zarbasidan keyin Kordac to'pni qaytardi. SHunga qaramay, "Atalanta" yana gol urishni uddaladi. O'zgarishlar samara berdi, Sapata to'pni qabul qilib, Miranchukka oshirdi va Aleksey aylanma zarba bilan hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

SHuningdek, "Napoli" va "Sassuolo" murosa ko'chasini tanlashdi, Genue derbisida durang va "Verona" "Benevento"ni taslim qildi. 


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика