So’nggi yangiliklar

00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  2 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24

“A” seriya. 16-tur prevyusi Yangiliklar

“A” seriya. 16-tur prevyusi

Italiya “A” seriyasida asosiy uchrashuvlar bugun va ertaga bo'lib o'tadi.
Kecha tur Kataniyada kechgan “Kataniya” va “Verona” klublari o'rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda 0:0 hisobi qayd etildi. Qolgan uchrashuvlar prevyulari bilan tanishib oling. Joriy uikendda “Milan” -  “Roma” hamda “Napoli” – “Inter” kabi keskin to'qnashuvlar kutib turibdi.

Italiya A seriyasi musobaqa jadvali

15 dekabr, yakshanba
19:00. “KEVO” – “SAMPDORIYA”
Taxmin – 1:2
Veronaliklar oxirgi 4 uchrashuvda darvozalaridan to'p olib chiqishmadi. “Kevo” ketma-ket ochkolarni qo'lga kiritib, ishqibozlarini xursand etishni boshladi. Genuyaliklar esa Sinisha Mixaylovich qo'l ostida 4 o'yinda maydonga tushib, 2 g'alaba va 2 durangga erishishdi. Hozir har ikki jamoa ko'tarilish pallasida. Ular uchun qishki tanaffusning yaqinligi afsuslanishga arziydigan holat. “Sampa”ning grandlarga qarshi bahslarda o'yin taraflama ishonchliroq ko'rinayotgani ushbu bellashuvda Genuya shahri jamoasining imkoniyatlarini oshirishi mumkin. Veronadagi bahs autsayderlar qatoridan ko'tarilish uchun jangga aylanadi. Mezbonlardan Estigarribiya, Paloski, Tero, mehmonlardan Eder. Pocci va Gabbiyadini o'yin taqdiriga oydinlik kiritishlari ehtimoli ko'proq.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Kalelo, Kleyton, Drame – Kastellini

19:00. “FIORENTINA” – “BOLONYA”
Taxmin – 3:1
“Artemio Franki”da kechadigan uchrashuvda maydon egalari favorit sanalishadi. “Bolonya” ayni paytda 19-o'rinni egallab turibdi. Bu jamoaga qishki tanaffus o'ziga kelib olishi uchun yordam berishi mumkin. Yo'qotishlar ham mehmonlar safida jiddiyroq. Peres va Sorensen asosiy tarkib futbolchilari sifatida o'ynab kelayotgandi. “Fialka”lardan Ambrozini diskvalifikaciyaga uchragan. Valero, Kuadrado, Akvilani va Rossi singari futbolchilarga qarshi turish oson emas. “Bolonya”da ko'p narsa doimgidek Diamantiga bog'liq. Vinchenco Montella boshchiligidagi “Fiorentina” bu safar muhim ochkolarni qo'ldan boy bermasa kerak.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Gomes, Xegazi, Vesino, Ambrozini – Kerubin, Peres, Sorensen

19:00. “JENOA” – “ATALANTA”
Taxmin – 2:1
Genuyadagi bahsda raqibidan ikki ochko ko'proq to'plagan “Jenoa”ning imkoniyatlari salgina yuqori. Mezbonlarda bu mavsum jamoaviy o'yin ancha shakllanib qolgani ko'zga tashlanmoqda. Bergamo klubida esa CHigarini, Denis va Morales jamoa etakchilari hisoblanadi. Ayniqsa, CHigarini “A” seriyada eng ko'p golli pas berayotgan futbolchilardan biri. Har ikki jamoa tarkibida bir qator yo'qotishlar bor, lekin yarim himoya va hujum chizig'idagi futbolchilar yo'qotishlarsiz maydonga tushish imkoniyatiga egalar. Hozircha bir tekisda o'yin namoyish qila olmayotgan jamoalar bellashuvida kichik bir epizod ham o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishi hech gap emas.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Ze Eduardo, Portanova, Kucka, Santana, Manfredini – Yepes, Raymondi, Bellini, Kaccola

19:00. “LACIO” – “LIVORNO”
Taxmin – 3:1
“Lacio” uchun livornoliklar juda qulay raqib hisoblanadi. Rimdagi 18 bahsdan 17tasida mezbonlar g'olib chiqqan, so'nggi 5 uchrashuvda “burgutlar” g'alaba qozongan. Klozening maydonga qaytishi Vladimir Petkochi shogirdlariga qo'shimcha ruhiy madad bersa ajab emas. “Livorno” himoyada imkon qadar bexato o'ynashga harakat qilmoqda, biroq raqib darvozasi oldida vaziyatlarni yaratishda muammolarga duch kelyapti. Mezbonlarga ushbu bellashuvda muvaffaqiyatga erishishga faqat ularning o'zlari xalal berishi mumkin. Ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurayotgan “Lacio” turnir jadvalida haqiqiy o'rtamiyonaga aylandi qoldi. Bunga barham berish uchun autsayderlarga qarshi o'yinlarda 3 ochko olish shart.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Gonsales, Pereyrinya, Mauri – Botta, Pichchini, De Luchiya

19:00. “PARMA” – “KALYARI”
Taxmin – 2:0
Jamoalar 18tadan ochko to'plagan holda jadvalda qo'shnilarga aylanishgan. Parmadagi bahs bunga barham berishi mumkin. Oxirgi bahslarni yaxshi o'tkazayotgan “Parma” o'yinda favorit maqomida etirof etilyapti. Markionni, Biyabiyani va Kassano etakchilarga qarshi uchrashuvlarda ham mahoratlarini namoyish etishdi. “Milan”, “Napoli” va “Inter”dan ochko tortib olgan Roberto Donadoni shogirdlarida imkoniyat yaxshiroq. “Kalyari” uchun o'rtamiyona pog'onalardagi istalgan o'rin yomon natija sanalmaydi. Mezbonlar etakchisi Marko Parolo bugungi bahsni o'tkazib yuboradi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Pavarini, Galloppa, Parolo – Ibarbo, Konti

19:00. “UDINEZE” – “TORINO”
Taxmin – 3:2
“Torino” ushbu mavsumda “Verona”dan keyin eng kutilmagan natijani ko'rsatayotgan jamoa maqomida turibdi. Ventura boshchiligidagi jamoa 7-pog'onada bormoqda. Glik, Moretti, Immobile va CHerchi ajoyib bog'lamni yuzaga keltirgan. Udineliklar esa hozircha “Torino”dan 2 ochkoga ortda qolishgan. O'yin saviyasi borasida “Udineze” raqibidan ustun, biroq Gvidolin shogirdlari har doim ham o'yinga yarasha natijani qo'lga kirita olmayaptilar. Jamoada hujum chizig'i juda kuchli. Har qanday klubga qarshi o'yinda udineliklar ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltira olishadi. “Friuli”da “Udineze”ning g'alabasi ko'proq taxmin qilinmoqda.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Ranegi, Muriel, Bubnyich, Domicci – Jiye, Larrondo, Bovo

22:30. “YUVENTUS” – “SASSUOLO”
Taxmin – 3:0
Bu klublar ilk bor to'qnash kelishadi. Mezbonlardan Pirlo va Markizio, mehmonlardan Berardi va Acherbi o'yinni o'tkazib yuboradi. Markizio va Berardi sariq kartochkalar, Acherbi esa doping bilan bog'liq holat tufayli shunday ahvolda qolishgan. “Sassuolo” to'purariga aylangan Berardining o'ynamasligi mehmonlar uchun katta yo'qotish. “Yuventus” oxirgi 7 uchrashuvda gol o'tkazmagan holda g'alaba qozondi. Bugun ham turinliklar to'p qo'yib yuborishmasa, bu borada “A” seriyada rekordchisiga aylanishadi. Antonio Konte jamoasi ECHLdan chiqib ketgach, bor etiborini chempionatga qaratib, yanada ishonchliroq o'yin namoyish etish imkoniyatiga egalar.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Pepe, Pirlo, Markizio – Terranova, Aladje, Berardi, Acherbi

00:45. “NAPOLI” – “INTER”
Taxmin – 2:1
Turning markaziy o'yinlaridan biri. Har ikki jamoa bosh murabbiyi avval raqib klublarni boshqarishgan. Bu esa o'yingi bo'lgan qiziqishni yanada oshirishi turgan gap. “Napoli” “A” seriyada ECHLda o'ynagani kabi futbol ko'rsata olmayapti. Xamshik maydonga tushmagan paytda Iguain va Kalexonning faolligiga ko'p narsa bog'liq bo'ladi. “Inter” esa hozircha “A” seriyada eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi, biroq bazida raqib darvozasiga urilgan 3ta gol ham g'alabaga etarli bo'lmayapti. Oxirgi ikki uy uchrashuvida milanliklar durang qayd etishdi. Valter Maccari jamoasida Alvares va Palasio oxirgi bellashuvlarda yaxshi formaga kirib olishganini namoyish etishdi. Neapolda “Napoli”ning imkoniyatini balandroq deb aytish mumkin.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Mesto, Suniga, Xamshik – Samuel, Milito, Kivu


16 dekabr, dushanba

00:45. “MILAN” – “ROMA”
Taxmin – 2:1
Dushanba kuni esa Milan “San Siro”da “Roma”ni qabul qiladi. Milanliklar ECHLda keyingi bosqichga chiqqan yagona italyan jamoasi, rimliklar esa hozircha “A” seriyada mag'lubiyatga uchrashgani yo'q. Har qanday holatda ham bu jamoalar to'qnashuvi o'ta keskin ruhda o'tadi, shiddatli holatlarga boy bo'ladi. Milanda o'tadigan bellashuvda Massimiliano Allegri jamoasida imkoniyat ozgina yuqori. Ushbu o'yindagi muvaffaqiyatsiz natija “Milan”ning ahvolini o'ta og'ir holatga tushirib qo'yadi. CHunki CHempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqish uchun “rossonerlar” bu yog'iga ochko yo'qotmasliklari kerak. “Roma”ga esa Tottining safga qaytgani ko'tarinkilik baxsh etsa ajab emas. Rudi Garsiyaga zaxira o'rindig'ining keng emasligi, futbolchilarning charchab borayotgani muammolar tug'dirishi mumkin. Oxirgi o'yinlarda “Roma” mavsum boshidagi “Roma”ga o'xshamadi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Ameliya, Silvestre, Robino, El SHaaravi, Birsa – Balcaretti, Borello, Pyanich

Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика