So’nggi yangiliklar

18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  0 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  2 16:46"Менинг уйим – фақатгина "Манчестер Юнайтед"  7 16:17"Моуринью миянгизга қандай кириб боришни билади"  1 15:49Винисиус: "Биз Мбаппени эҳтиёт қилишимиз ва ёрдам беришимиз керак"  3 15:16"Пахтакор" стадиони ёпилди, клуб қачон уни таъмирдан чиқаради?  15 14:49Азиз Асимов йўқ пенальтини қўйган. 14-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  10 14:20Наҳотки?! "Қизилқум" бугун "Андижон"га қарши иккинчи таркиб билан тушадими?  13 13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  10 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  11 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  5 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  16

A Seriya. 13-tur prevyusi: Ronaldu bu safar nechta gol uradi va boshqa o'yinlar haqida Yangiliklar

A Seriya. 13-tur prevyusi: Ronaldu bu safar nechta gol uradi va boshqa o'yinlar haqida

Bugun A Seriyada navbatdagi tur o'yinlariga start beriladi.

Udineze   vs   Roma

"Empoli"ning oldingi o'yinidan oldin, agar bahs muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlansa, ispaniyalik murabbiy Velaskes o'z lavozimidan ozod etilishi haqida malumotlar paydo bo'lgandi. Toskaniyaliklar bilan bo'lgan uchrashuvda mavsumdagi ettinchi mag'lubiyat rasmiylashtirildi. Jamoa so'nggi 5ta o'yinda 4 martta yutqazdi, 1 marotaba durrang natijani qayd etdi. SHuning uchun, milliy terma jamoa o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, o'tgan mavsumda elitadan quyi pog'onaga tushib ketgan “Krotone” klubi sobiq bosh murabbiyi Davide Nikola “Udineze”ga chaqirtirildi.

"Roma" bu safar jarohatlar tufayli inqirozni boshidan o'tkazmoqda. Bugungi o'yin oldidan 8ta o'yinchi maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. De Rossi, Manolas va Perotti esa bahsda ishtirok etmasligi aniq. Bu ham etmagandek, Kolarov va Pastore uchrashuvda ishtirok etishi ham gumon ostiga olinmoqda. Di Franchesko jamoasi so'nggi 5ta o'yinning ikkitasida g'alaba qozondi, 2tasida durrang natijani qayd etdi. SPAL bilan bo'lgan bahsni esa mag'lubiyat bilan yakunladi. Olimpikoda bo'lib o'tgan “Roma” — “Sampdoriya” bahsida rimliklar raqibini yirik hisobida (4:1) taslim etishdi.          

Rimliklar mehmonda unchalik ham omadli o'yin ko'rsata olishmayapti. Masalan, “Roma” o'z uyidan tashqaridagi 6ta uchrashuvning bor yo'g'i 2tasida zafar quchgan. Florenciya va Neapolda bo'lgan bahslarda esa bazo'r durang o'ynagandi. Rimliklarning asosiy muammosi, friulliklar esa aksincha uydagi o'yinlarda biroz oqsaydi. Bu jamoa ketma-ket 4ta o'yinda mag'lub bo'lgan. Uyda bo'lib o'tgan 6ta uchrashuvda atigi 3ta gol urgan.

Jallorossilar ketma-ket 10ta o'yinda “Udineze” ustidan g'alaba qozongan. Friulliklar oxirgi marotaba 2012 yilda ochko olgandi. Tarkibdagi muammolarga qaramasdan, bu uchrashuv “Roma” g'alabasi bilan yakunlanishi ehtimoli yuqori. Seriyadagi biroz omadsiz natijalardan keyin klub ochko olishi va yuqori pog'onaga chiqishi kerak.


"Yuventus"   vs   SPAL

So'nggi yillarda ichki chempionatda o'ziga chinakam kuchli raqib topa olmayotgan "Yuventus" o'tgan turda "Milan"ni mag'lub qildi (2:0). Keksa sinora bu mavsum hali mag'lub bo'lganicha yo'q. Jamoa 11 g'alaba va 1 durrangni rasmiylashtirdi. Ko'pchilikka sezilmayotgan bo'lsada, Ronaldu  gol urishda davom etmoqda va jamoasining eng foydali futbolchisi bo'lib qolmoqda. "Zebralar" asosiy yulduzi 8 ta gol urib, 5 bor sheriklariga golli uzatma etkazib berdi. Portugaliyalik chempionat to'purari polshalik Pentekdan bitta golga ortda qolmoqda.

SPAL oxirgi 5 o'yinda bir martagina zafar quchdi, lekin qanday g'alaba va kimning ustidan? "Roma" bilan o'yinda durrang qolib, g'alaba qozonishni (2:0) ferraraliklar ham kutishmagan bo'lsa ajabmas. So'nggi turda jamoa ikki to'p farqi bilan oldinda borayotgandi, ammo o'yin oxirida "Kalyari" futbolchilari 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi va o'yin 2:2 hisobida yakunlandi.  

Semplichi shogirdlari chempionatni ajoyib boshlashdi, lekin keyinchalik himoyadagi muammolar pand bermoqda. Hujumdagi ishlar ham xavas qiladigan darajada emas. Jamoada tartib o'rnatishning iloji bo'lmayapti, so'nggi 3 o'yinda 9 ta gol o'tkazib yuborildi. So'zimiz isboti sifatida "Frozinone"ga qarshi o'yinni keltirish mumkin. O'sha uchrashuvda SPAL chempionat autsayderidan uchta gol qo'yib yubordi. SPAL o'tgan mavsum o'z maydonida kutilmaganda turinliklardan ochko olib qo'yishga muvaffaq bo'lgandi, lekin mehmonda 4:1 hisobidagi mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lgan.

"Inter"   vs   "Frozinone"

O'tgan turning eng shov-shuvli natijasi Bergamoda qayd etilgandi, unda "Atalanta" milanliklarni 4:1 hisobida taslim etgandi. Qatorasiga 7 g'alabali seriyaga ham yakun yasaldi, qo'shimchasiga jamoa ikkinchi pog'onani ham qo'ldan boy berdi va neapolliklarni oldinga o'tkazib yubordi. Mag'lubiyatga qaramay, jamoa kuchli uchlikda va birinchi o'rindan 9 ochkoga ortda qolmoqda. Spalettida bu kabi holat birinchi marta kuzatilayotgani yo'q. Mutaxassis jamoalari qator g'alabalardan keyin omadsiz seriyalar kuzatiladi. Bunga muxlislar "Inter"da ham, murabbiy "Roma"daligida ham guvoh bo'lishgan. Qiziq, oxirgi mag'lubiyat o'sha inqirozning boshlanishimi yoki shunchaki tasodif? Bu savolga javobni yaqin o'yinlardan so'ng javob topamiz.

"Kanareyka"larning mahallasida quyosh porlamoqda va Longo jamoasi qatorasiga 4 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti. Ammo "Inter" darajasidagi raqib hali duch kelmagandi, ustiga-ustak "Frozinone" safarda bor yo'g'i 4 ochko jamg'ara oldi. Milan jamoasi o'z uyida "Frozinone" kabi raqiblarni ortiqcha muammosiz mag'lub etishi lozim. Raqib himoyaga "yotib olishi", o'yin tempini "o'ldirish"ga harakat qilishi turgan gap, lekin jamoalar kuchi, tarkibdagi futbolchilar darajasidagi farq juda katta.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика