So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

A PRO-Liga. "Mashal" Farg'onada "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

A PRO-Liga. "Mashal" Farg'onada "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi

Bugun A PRO-Ligada so'nggi, 28-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Tur doirasida joriy mavsum g'olibi Muborakning "Mashal" klubi Farg'onada "Neftchi" jamoasi mehmoni bo'ldi.
Uchrashuv kutilganidek shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Har ikki jamoada ham raqiblari darvozasini ishg'ol etish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, o'yin taqdirini birgina gol hal qildi. Maydon egalarining yosh hujumchisi Jamshidbek To'raqulov uchrashuvning 38-daqiqasida "Mashal" darvozasiga gol kiritib, hisobni ochdi va shu gol o'yin oxirigacha yagonaligini saqlab qoldi.

Uchrashuv so'ngida stadion uzra O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va rasman PRO-Liga-2019 bahslari yakuniga etdi.

"Neftchi" – "Mashal" 1:0 (1:0)
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Husniddin Bahodirov, Oybek Kalaxo'jaev
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Laziz Qo'chqorov
Gol: Jamshidbek To'raqulov, 38 (1:0)
«Neftchi»: 21. Farrux Turdaliev, 4. SHodiyor Xojimatov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 13. Jamshid Qobulov,14. Abdujalil Mamanazarov, 15. Mirjalol Nematov (S), 19. Alisher Abduvohidov,70. Dostonbek Bobojonov,88. Jafar Ismoilov,98. Jamshidbek, To'raqulov, 99. Ibroxim No'monov
Zaxira: 16. Xurshidbek Muxammadov,35. SHerzodbek Abduraimov, 2. Asilbek G'oyibjonov, 17. Ilxomjon Vaxobov, 26. Boburjon Isroilov, 32. Nodirbek Yo'ldoshev,38. Ibodjon Abelfazov

«Mashal»: 80. Husan Olimjonov, 2. Zafarbek Akramov, 3. Najmiddin Normurodov, 8. Ahrorjon Inoyatov,17. Sanjarbek Zokirov,18. Oybek Jo'raev, 21. Maruf Jumaev, 22. Sirojiddin Qo'ziev (S), 28. Ubaydullo Xodiqulov, 45. Samandar SHukrullaev,90. Asadbek Jo'raqulov.
Zaxira: 35. Dostonbek To'xtaboev,6. Jonibek Mirzaqulov,11. Mo'minjon Meliev, 23. SHokir Yo'ldoshev, 25. Doniyor Umarov, 55. Elbek Otaqulov,66. Jahongir Qurbonboev

Bekzod Tolibov tayyorladi



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика