So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  296 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  1 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  1 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  0 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  1 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  9 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  97 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  8 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  4

A PRO-Liga. Islombek Karimovning goli “Iftixor”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

A PRO-Liga. Islombek Karimovning goli “Iftixor”ni mag'lubiyatga uchratdi

A PRO-liganing 4-turida “Neftchi” Qirgulida “Iftixor” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan marhum Igor Burovning xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. Farg'ona viloyati “derbi”si maqomida o'tkazilgan mazkur uchrashuv kutilganidek shiddatli va murosasiz tarzda o'tdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq har ikki jamoa vakillari faol o'yin namoyish etdilar. Birinchi bo'lim davomida “Neftchi” vakillari ketma-ket hujumlar tashkil etib, raqiblari darvozasini ishg'ol etish uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga keltirgan bo'lsalar-da, “Iftixor” jamoasi posboni Malik-Abdulaziz Burxonov mahorat ko'rsatib, zarbalarni bartaraf etdi. Mezbonlar tomonidan taklif etilayotgan hujumkor o'yin uslubidan kelib chiqqan xolda “Iftixor” vakillari qarshi hujumda kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatdilar. Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillarida gol kiritish uchun vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, birinchi bo'lim 0:0 hisobidagi nursiz durang natija bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim “Neftchi” vakillarining hujumlari bilan boshlandi. Aytish mumkinki, shu kuni uchrashuvda ko'plab vaziyatlarda “Neftchi” vakillariga omad etishmadi. “Iftixor” jamoasi vakillari qarshi hujumda ikkinchi bo'lim davomida bir necha bor “Neftchi” darvozasini ishg'ol etish uchun qulay vaziyatlarga ega bo'ldilar, lekin vaziyatlar samarasiz yakunlandi. Raqib darvozasini ishg'ol etish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etayotgan “Neftchi” vakillari uchrashuvning 83-daqiqasida “Iftixor” jarima maydoni yaqinida jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdilar. Jarima zarbasini mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi Islombek Karimov ajoyib tarzda ijro etib, hisobni ochdi – 1:0. Qiziqarli o'tgan uchrashuv “Neftchi” jmoasining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Murocasiz va shiddatli o'tgan mazkur uchrashuvda noqulay ob-havo bo'lishiga qaramasdan o'z sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun har ikki jamoaning ko'plab muxlislari tashkrif buyurganligini alohida takidlash joiz.


A Pro-Liga. 4-tur.

“Neftchi” – “Iftixor” 1:0 (0:0)
Hakamlar:
G'. Jo'raev, A. Abduraimov, M. Fozilov
Nazoratchi: F. Xasanov
Komissar: O. Yunusov
Gol: Islombek Karimov 83 (1:0)
"Neftchi": 12.Muzaffar Abdullaev, 4.SHodiyor Xojimatov, 5.Ruslan Melziddinov, 6.Bahodir Akramov, 7.Islom Toshpo'latov, 9.Nosirbek Otaqo'ziev, 10.Xurshidbek Asqaraliev, 11.Hamidullo Abduhamidov, 13.Jamshid Qobulov, 20.Dilyorbek Irmatov, 77.Islombek Karimov
Zaxira: 21.Farrux Turdaliev, 2.Asilbek G'oyibjonov, 3.Davron Mamatov, 8.Doston Abdurahmonov, 15.Mirjamol Nematov, 17.Ilhomjon Vahobov, 18.Davronbek Isoqov
"Iftixor": 1.Malik-Abdulaziz Burxonov, 4. Davronbek Qoraboev, 5.Asrorbek Tilovoldiev, 9.Dostonjon Rashidov, 10.Dostonbek Bobojonov, 14.Bekzod Aliev, 18.Nodirxon Kamolov, 20.Izzatbek G'aniev, 21.Jamshidbek To'raqulov, 25.SHoxrux Yo'ldoshev, 77.Abdumalik Toshpo'latov
Zaxira: 16.Dilhushbek Mo'ydinov, 2.Ahmadxon Ro'ziboev, 3.Javohir Azamov, 13.SHuhratjon O'rinboev, 17.Nurullo Mirzajonov, 22.Ozodbek Davronbekov, 90.G'iyosjon Tursunov


Bekzod Tolibov tayyorladi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика