So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

A PRO-Liga. Farg'ona derbisida “Istiqlol” g'alaba qozondi Yangiliklar

A PRO-Liga. Farg'ona derbisida “Istiqlol” g'alaba qozondi

A Pro-Liga 16-turida Qirgulidagi “Neftchi” SK maydonida Istiqlol va Neftchi” jamoalari o'rtasida Farg'ona derbisi o'tkazildi.

Uchrashuvni har ikki jamoa vakillari vakillari faol boshladilar. Birinchi bo'limning 4-daqiqasidayoq “Istiqlol” jamoasi vakillari jarima to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Anvar Hojimirzaev tomonidan yo'llangan jarima zarbasi “jonli devor”ga tegib qaytdi. SHundan so'ng “Neftchi” vakillari hujumkorlikni oshirishdi. Uchrashuvda tashabbusni qo'lga olish uchun astoydil kurash olib borgan “Neftchi”ning hujumlari samara keltirmadi. Aksincha 21-daqiqada Rustam Abduhamidovning qanotdan tashkil etgan tezkor hujumi natijasida “Neftchi” darvozasi ishg'ol etildi. Bu vaziyatdan qanotdan etkazib berilgan to'pni Anvar Hojimirzaev chaqqonlik bilan darvozaga yo'llab, uchrashuvda hisobni ochidi – 1:0 Birinchi bo'lim yakunlanib borayotgan pallada “Neftchi”ning yosh futbolchisi Jamshidbek To'raqulov “Istiqlol” darvozasi tomon chalqancha uslubda zarba berdi, biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

Birinchi bo'lim shu tariqa 1:0 hisobida yakuniga etdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ham ko'plab vaziyatlarga boy bo'ldi. “Neftchi” vakillari raqiblari darvozasini ishg'ol etish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, qarshi hujumda “Istiqlol” vakillari tomonidan tashkil etilgan hujumlar xavfliroq ko'rinish hosil qildi.

Uchrashuv yakuniga qadar “Neftchi” jamoasi vakillari hisobni tenglashtirish uchun, astoydil harakat qilgan bo'lsalarda, ketma-ket hujumlar samarasiz yakunlandi.
SHu tariqa Farg'ona derbisi “Istiqlol” jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

A PRO-Liga.
16-tur
«Istiqlol» – «Neftchi» 1:0 (1:0)
Gol:
Anvar Hojimirzaev 21, (1:0)
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Ravil SHayaxmetov, Rishat Nigmanov, Javohir Xakimov.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.
Komissar: Alisher Fayziev.

«Istiqlol»: 1. Rustam Nartadjiev, 3. Farruh Ibrohimov, 8. Sardor Sotvoldiev, 14. Rustam Abduhamidov, 17. Anvar Xojimirzaev, 21. Elyor Mamsoliev, 22. Sardor Telyakov, 23.Aybek Nurbaev , 70. Bobur Ergashev, 78.Umar Adhamzoda, 99. Temur Mamatmurodov
Zahira: 45. Nodir Ashurmatov, 4.Jasur Ermamatov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 10. Elyor Akbarov, 18. SHoxrux Boyqo'ziev, 19. Fayzullo Jumanqo'ziev, 20. Ulug'bek Xudayberdiev, 44. Sergey Proxorov, 71. SHoxrux Mo'minqulov.
«Neftchi»: 35.SHerzod Abduraimov, 4. SHodiyor Xojimatov, 7. Islom Toshpo'latov, 15.Mirjamol Nematov, 28. Javohir Rasulov, 32. Nodirbek Yo'ldoshev, 70. Dostonbek Bobojonov,77. Islombek Karimov, 88. Jafar Ismoilov, 98. Jamshidbek To'raqulov, 99. Ibroxim No'monov
Zahira: 16. Xurshidbek Muxammadov, 21. Farruxbek Turdaliev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 14. Abdujalil Manazarov, 19. Alisher Abduvohidov, 24. Ilxomjon Ibroximov, 26. Boburjon Isroilov, 27. Sardor Mirzashoev, 38. Ibodjon Abelfazov


Bekzod Tolibov tayyorladi.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика