A Ceriya. “Inter M” so'nggi turdagi dramatik bahsda “Lacio”ni mag'lub etib, YCHL yo'llanmasiga ega chiqdi

21 may 2018, 01:40
Italiya A Ceriyasining so'nggi 38-turida “Lacio” o'z maydonida “Inter”ni qabul qildi.

A Ceriyaning so'nggi turida YCHLga yo'llanma beradigan 4-o'rin sohibi ma'lum bo'ldi. Dramatik kechgan bahsda omad “Inter”ga kulib boqdi. Milanliklar kelgusi mavsum Chempionlar Ligasida o'ynaydigan bo'ldi.
“Lacio” - “Inter” 2:3

Gollar: 1:0 – 9, avtogol Perishich, 1:1 – 29 D`Ambrozio, 2:1 – 41 Felipe Anderson, 2:2 – 78, penalti Ikardi, 2:3 – 81 Vesino.

“Lacio”: Strakosha, de Vrey (Nani, 84), Radu (Bashtush, 77), Marushich, Luis Felipe, Milinkovich-Savich, Lulich, Felipe Anderson, Murdjia, Leyva, Immobile (Lukaku, 75).

“Inter”: Xandanovich, Shkrinyar, D`Ambrozio (Ranokkiya, 81), Joau Kanselu, Miranda, Vesino, Brozovich, Rafinya (Karamo, 68), Kandreva (Eder, 61), Perishich, Ikardi.

Ogohlantirishlar:Brozovich (13), Miranda (23), Luis Felipe (26), Lulich (34), Leyva (37), D`Ambrozio (47), Strakosha (63).

Chetlatish: Lulich (79).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia