"90-yillar futboli". Gollandiya-1995
16 avg 2015 07:30
Yangiliklar
Gollandiya terma jamoasi 1996 yil Angliyada bo'lib o'tgan Evropa chempionati final bosqichiga pley-off o'yini orqali yo'llanma olgan. 1995 yilda Gus Xiddink boshchiligidagi gollandlar Irlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishgan. Bitta o'yindan iborat bo'lgan o'sha o'yin 13 dekabr kuni Liverpul shahridagi "Enfild" stadionida bo'lib o'tgan.
Uchrashuvda Patrik Klyuyvert 30 va 89-daqiqada irlandlar darvozasiga ikkita gol urib "lolalar yurti" jamoasini EVRO-96ga olib chiqqan.
Gollandiya qita chempionatida guruhda musobaqa mezboni Angliya, shuningdek SHotlandiya va SHveycariyaga qarshi o'yngan. Guruhdan Angliya va Gollandiya keyingi bosqichga chiqqan. CHorak finalda Gollandiya Franciyaga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygan - 4:5. Klarens Zeedorf penaltilar seriyasida gol ura olmagandi.
Quyidagi rasm Irlandiyaga qarshi kechgan pley-off uchrashuvidan oldin olingan.
Yuqori qator, chapdan: Evin van der Sar, Klarens Zeedorf, Uinston Bogard, Dennis Bergkamp, Denni Blind, Patrik Klyuyvert.
Pastki qator, chapdan: Glenn Xelder, Mixail Rayciger, Mark Overmars, Edgar Davids, Ronald de Bur.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar