So’nggi yangiliklar

16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  0 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  1 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  2 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  6 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  1 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0

Osiyo kubogi-1996. Debyutant O'zbekiston, uning dimog'dor va karta o'ynaydigan raqiblari hamda tayinlanganidan ikki oy o'tgach, chempionga aylangan murabbiy haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-1996. Debyutant O'zbekiston, uning dimog'dor va karta o'ynaydigan raqiblari hamda tayinlanganidan ikki oy o'tgach, chempionga aylangan murabbiy haqida hikoya qilamiz

O'zbekiston terma jamoasining asosiy qismini "Paxtakor" va "Navbahor" futbolchilari tashkil qilgan.

1996 yilgi Osiyo kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etildi. Musobaqa tarixida ilk bor 12 ta jamoa qatnashdi. 4 tadan jamoa uchta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurashdi. BAAdagi Osiyo Kubogida mezbonlardan tashqari Kuvayt, Janubiy Koreya, Indoneziya, Eron, Saudiya Arabistoni, Iroq, Tailand, Yaponiya, Xitoy, Suriya va O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi.

Ochilish marosimi Zayed Sports City'da bo'lib o'tdi va uning yaqinida suvda suzuvchi to'plar dekoraciyasi o'rnatildi.

Mezbon va amaldagi chempion Yaponiya saralashsiz Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 

Ushbu musobaqa 4–21 dekabr kunlari Abu Dabi, Dubay va Al Ayn shaharlaridagi “SHayx Zayd”, "Tanun bin Muhammad", "Al Maktum" stadionlarida o'tkazilgan.

Osiyo kubogi-1996. Tarkibida Qosimov bo'lmagan O'zbekiston terma jamoasining musobaqadagi debyuti qanday bo'lgan?

Aleksandr Ivankovdan so'ng terma jamoa bosh murabbiyligini tarixdagi taniqli futbolchi, “Paxtakor” murabbiyi Bahodir Ibrohimov qabul qilib oldi. Unga yaqindan Yuriy Sarkisyan ko'maklashadigan bo'ldi. Ikki yil muqaddam Osiyo o'yinlari g'olibiga aylangan mustaqil O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor qita chempionati saralashida ishtirok etgan. Unda jamoamiz Tojikiston bilan uy-safar tizimida o'yinlar o'tkazgan. Dushanbedagi ilk o'yinda vakillarimiz 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgan. Toshkentda o'tgan javob bahsida terma jamoamiz asosiy vaqtda 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Qo'shimcha taymlarda Zafar Musaboevning urgan goli bizni Osiyo kubogi final bosqichiga olib chiqqan edi. O'sha paytlarda qo'shimcha taymlarda "oltin gol" qoidasi amalda edi. Bunda qaysi jamoa birinchi gol ursa o'sha zahoti bahs yakuniga etardi.

1996 yil sentyabr holatiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 110-pog'onada edi, qita miqyosida esa 18-o'rinda joylashgandi.

O'zbekiston terma jamoasi "C" guruhida Yaponiya, Xitoy va Suriya bilan kurash olib bordi. Musobaqaga yo'l oluvchi delegaciyadan Mirjalol Qosimov o'rin olmadi. Bu o'sha saralashda Tojikiston bilan bellashuvda orttirib olgan jarohatining asorati edi. Davolanish muddati cho'zilib ketdi va yakunda jamoa bilan bormadi. SHuningdek, oz fursat qolganda hujumchi SHuhrat Maqsudovning ham tarkibdan tushib qolgani oydinlashdi.

Tayyorgarlik jarayonida Yaponiya futbol associaciyasining 75 yilligi munosabati bilan 1996 yilning sentyabr oyida ana shu mamlakat terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etilgandi. O'shanda vakillarimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Noyabrda esa termamiz BAAga tashrif buyurib, ikkita nazorat bahsida maydonga tushgan va 2:4 va 0:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchragan.

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi-1996 uchun qaydnomasi:

1.Pavel Bugalo ("Paxtakor"), 2.Fevzi Davletov (MHSK), 3.Ulug'bek Ro'zimov ("Paxtakor"), 4.Farhod Magametov (S, "Navbahor"), 5.Eduard Momotov ("Navbahor"), 6.Ilhom SHaripov ("Navbahor"), 7.Stepan Atayan ("Prudeftiki", Isroil ), 8.Sergey Lebedev ("Neftchi"), 9.Ravshan Bozorov ("Neftchi"), 10.Igor SHkvirin ("Hapoel Tel Aviv, Isroil), 11.Oleg SHackix ("Navbahor"), 13.Zafarjon Musaboev ("Navbahor"), 14.Nikolay SHirshov ("Paxtakor"), 15.Andrey Fyodorov ("Neftchi"), 16.Gennadiy Denisov ("Navbahor"), 17.No'mon Hasanov (MHSK), 19.Azamat Abduraimov ("Paxtakor"), 20.Dilmurod Nazarov ("Paxtakor"), 21.Dmitriy Bashkevich ("Navbahor"), 23.Aleksey Semyonov ("Neftchi").

Bosh murabbiy: Bahodir Ibrohimov.

Qura bizga kuchli va nomdor raqiblarni tuhfa qildi. Birinchi o'yinda Xitoy 2:0 hisobida mag'lub etildi. 

Xitoyga qarshi uchrashuv avvalida CHin mamlakati murabbiyi Gu Mingchang bo'lajak raqibining imkoniyatini past baholagan:

"Xitoy terma jamoasi O'zbekistonni mag'lub etishi kerak va yirik hisobda g'alaba qozonishi mumkin. O'ylashimcha, O'zbekiston unchalik kuchli jamoa emas. Raqib futbolchilarining individual qobiliyati va umumiy kuchi o'rtacha, tezligi esa yuqori emas, Qatar, BAA singari G'arbiy Osiyo mamlakatlaridan darajasi past. SHunday ekan, bunday jamoa dahshatli emas. Oxirgi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizligimizga yarim himoyadagi sustkashliklar sabab bo'ldi. O'zbekistonga qarshi bu poziciyada o'zgarishlar amalga oshiramiz. Eng muhimi, futbolchilar o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsata bilishi lozim."

Ammo xitoylik murabbiy chuchvarani xom sanagani malum bo'ldi.

Igor SHkvirin Osiyo kubogida gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ldi. Yana bir golga Oleg SHackix mualliflik qilgan.  


Ikkinchi turda Bahodir Ibragimov boshchiligidagi vakillarimiz amaldagi Osiyo chempioni Yaponiyaga 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgan.


So'nggi turda futbolchilarimiz Suriyani mag'lub etishsa, guruhdan chiqishardi. Ammo bahs 1:2 hisobida tugagan va O'zbekiston guruhda qolib ketgan. O'sha uchrashuvda bizdan yagona golni Sergey Lebedev penaltidan urgandi.


Quyidagi lavhada Suriya terma jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayoniga guvoh bo'lishingiz mumkin. Unda futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishgan, bo'sh vaqtda esa gazeta mutolaa qilib, karta o'ynashga ham ulgurgan.


Bo'lajak chempion Saudiya Arabistoni musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rish maqsadida portugaliyalik Nelo Vingada bilan ikki oyga mo'ljallangan shartnoma imzoladi va unga qita chempionligini qo'lga kiritish orqali mamlakatni Osiyo futboli qiroli mavqeiga qaytarish vazifasi yuklandi. Turnirga tayyorgarlik ko'rish uchun esa bor-yo'g'i bir oy vaqt berilgandi.

Guruh bosqichida Eronga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berganiga qaramay, yarim finalda aynan shu raqibini mag'lub etishni uddaladi.

"Men do'stim Karlush Keyrush orqali Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasiga murabbiylik qilish taklifini oldim, shu bois muzokaralarning dastlabki bosqichini o'tkazish uchun Londonga etib bordim va samarali yakunlangan suhbatdan so'ng Ar-Riyodga yo'l oldim. Ammo mamlakat federaciyasi prezidenti menga telefon orqali qo'ng'iroq qilib, braziliyalik murabbiy Ze Marioni ishdan bo'shatishganini va uning o'rniga terma jamoani Osiyo kubogiga tayyorlashim kerakligini aytishdi. Bosh murabbiy sifatida dastlabki ulkan yutug'im Osiyo chempionligi edi. O'sha paytlarda dunyo miqyosida portugaliyalik murabbiylar ko'p emasdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan bunga eshik ochganimga ishonaman. CHempionlikni tasvirlash qiyin, ajoyib lahzalar boshimizdan o'tgandi", — deya xotirlaydi Vingada.

“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

BAA

3

2

1

0

6:3

7

Kuvayt

3

1

1

1

6:5

4

Janubiy Koreya

3

1

1

1

5:5

4

Indoneziya

3

0

1

2

4:8

1


“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Eron

3

2

0

1

7:3

6

Saudiya Arabistoni

3

2

0

1

7:3

6

Iroq

3

2

0

1

6:3

6

Tailand

3

0

0

3

2:13

0


“C” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

3

0

0

7:1

9

Xitoy

3

1

0

2

3:3

3

Suriya

3

1

0

2

3:6

3

O'zbekiston

3

1

0

2

3:6

3


Finalda mezbon BAA hamda ikki karra chempion Saudiya Arabistoni to'qnash kelishdi. Asosiy va qo'shimcha taymlarda hisob ochilmadi. G'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida Saudiya Arabistoni omadliroq chiqib uchinchi bor Osiyoda tengsiz bo'ldi. Aynan shu chempionlik hozirga qadar Saudiya Arabistoni uchun oxirgisi bo'lib turibdi.

CHorak final
BAA - Iroq 1:0
Gol:
Ibrohim 103 (oltin gol)

Kuvayt - Yaponiya 2:0
Gollar:
Jasim Al Xuvaydi 17, 54

Janubiy Koreya - Eron 2:6
Gollar:
Kim Do Xun 11, SHin Te Yong 35 - Karim Bageri 31, Xudodod Azizi 52, Ali Dayi 66, 76, 83, 89 (penalti).

Saudiya Arabistoni - Xitoy 4:3
Gollar:
Al Tuanyan 31, 65, Sami Al Jobir 34, Al Mehallel 43 - Zang Enxua 6, 89, Peng Veiguo 16.

Yarim final
BAA - Kuvayt 1:0
Gol
: Hassan Said Ahmad 69

Eron - Saudiya Arabistoni 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)

Uchinchi o'rin uchun bahs
Eron - Kuvayt 1:1 (penaltilar seriyasi 3:2)
Gollar:
Ali Dayi 40 - Jasim Al Xuvaydi 15.

FINAL
BAA - Saudiya Arabistoni 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)
21 dekabr 1996. Abu Dabi. "SHayx Zayd" stadioni. 60000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Mohd Nazri Abdulloh (Malayziya)

BAA: Muhsin Musabah, Yusuf Solih, Ismoil Rashid, Hassan Muborak, Munter Abdulloh, Adnan Al Talyani (Hamis Saad Muborak, 91), Hassan Ahmad, Ahmad Ibrohim Ali, Saad Baxit Muborak (Zuxayir Baxit, 46), Muhammad Ali, Abdul Ahmad (Abdulaziz Muhammad, 46)
Bosh murabbiy: Tomislav Ivich (Xorvatiya)

Saudiya Arabistoni: Muhammad Al Deayya, Muhammad Al Jahoni, Muhammad Al Xilaivi (Ibrohim Al Xarbi, 77), Abdulloh Zubromavi, Hussayin Abdulg'ani, Holid Al Temavi, Sami Al Jobir (Abdulloh Al Dosari, 62), Xolid Al Muvallid, Hamis Al Dosari, Fahad Al Mehallel (Hamza Idris, 80), Yusuf Al Tunayan.
Bosh murabbiy: Nelu Vingada (Portugaliya)

Eronlik Xudodod Azizi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Eronlik afsonaviy hujumchi Ali Dayi 8ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi. SHu jumladan, Dayi chorak final doirasida Janubiy Koreya darvozasiga 4 ta gol urib, jamoasining 6:2 hisobida g'alaba qozonishiga ulkan hissa qo'shgan. Vaholanki, mazkur bahsning birinchi bo'limida koreyalik 2:1 hisobida oldinda borayotgandi.

Osiyo Kubogi-1996 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon
: Muhammad Al Deayya (Saudiya Arabistoni)
Himoyachilar: Abdulloh Zubromavi (Saudiya Arabistoni), Yusuf Solih (BAA), Muhammad Haqpur (Eron)
Yarim himoyachilar: Mehrdod Minavand (Eron), Muhammad Ali (BAA), Xolid Al Muvallad (Saudiya Arabistoni), Saad Baxit Muborak (BAA)
Hujumchilar: Fahad Al Mehallel (Saudiya Arabistoni), Jasim Al Xuvaydi (Kuvayt), Ali Dayi (Eron).

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика