So’nggi yangiliklar

02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  0 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  5 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  3 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  16 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  23 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  236 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  11 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5

Tizim buzilib ketmasin, Ravshan Sayfutdinovich. Keyin to'g'rilab bo'lmaydi! Yangiliklar

Tizim buzilib ketmasin, Ravshan Sayfutdinovich. Keyin to'g'rilab bo'lmaydi!

Kuni kecha bo'lib o'tgan yig'ilishda aytilgan gapga deyarli hech kim etibor qilmadi.

Ammo "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari uchun bu yaxshi gap emasdi.

Bugun "Bunyodkor" va "Paxtakor"ning ko'plab futbolchilari "Olimpik"ka majburan o'tkazilganini hamma yaxshi biladi. Bu futbolchilar bu ikki klubga kerak emas edi, degan gapni aytishga shoshilmang. 2020 yil so'ngida bu loyihaga asos solinganida, bugun "Olimpik" sharafini himoya qilayotgan futbolchilar endigina 19 yoshda edilar. Hech bir klub yo'qki, birdaniga asosiy tarkibini 19-20 yoshli futbolchilar bilan to'ldirib tashlasa. Har bir klub akademiyasidan bir yilda ikki-uch nafar o'yinchi chiqib tursa, shu qilingan ishning alo bahosi bo'ladi. "Paxtakor" va "Bunyodkor" bugun o'zlarida o'ynatishlari kerak bo'lgan bolalarni 2 yil avval berib yubordilar. Bugun o'ynataman desa, endi ularni "Olimpik"dan olib bo'lmaydi. Qizig'i, "Olimpik"ka tekinga ketgan aksar futbolchilarning shartnomasi tugayotgan bir pallada, o'zining sobiq klubiga qaytaman desa, unga ham ruxsat yo'q. Mayli, 2001 yillar bilan nima bo'lsa bo'ldi. Hammaning maqsadi Olimpiadaga chiqish. Bu borada Timur Kapadzening mehnatini qadrlaymiz va uning ishidan barcha minnatdor. Lekin loyihani shu erga kelganda to'xtatish kerak. Terma jamoamiz Olimpiadaga chiqqanidan keyin, yana keyingi avlodni "Olimpik"ka yig'ib berish haqida o'ylamaylik.

"Olimpik" 2020 yil ochilganida bu ishni qilib olishi mumkin edi. Mamlakatimizda juda ko'p 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar bor edi. O'shalarni yig'ib, U-19 chempionatiga qo'ysa ham bo'lardi. Lekin bu ishni qilmadi. CHunki bu xarajat. Bu erda tayyor "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf"dan o'yinchi turganda kim ham bu ishni qiladi, to'g'rimi? Xalqimizda "tayyor oshga bakovul",- degan ajoyib maqol bor. 

Nima uchun bu uchta klub endi "Olimpik" uchun ishlashi kerak? Bitta avlodni katta qilish uchun 10 yil vaqt ketadi. 10 yil pul ishlatiladi va endi bir ikki futbolchi o'zining jamoasiga o'tishi mumkin bo'lgan paytda majburan olib qo'yiladi. Terma jamoa manfaati ustun emasmi deb gapirib ham qo'yiladi. Keyin bu futbolchilar sotiladigan bo'lsa, undan na "Paxtakor", na "Bunyodkor" va "Nasaf" manfaat oladi. O'zi tarbiyalagan o'yinchini sota olmasa, o'zida o'ynata olmasa, nima keragi bor unda bu klublarga akademiyalarni? Eng zo'rlarini jamlab, bitta jamoa ham qildi deylik, bu raqobatni yo'qolishiga olib kelmaydimi? Futbolchida terma jamoaga tushishga nisbatan bo'lgan ishonch yo'qoladi, tamom. 



Yuqorida klublar o'ynatish maqsadida qaytarib ololmayotgani haqida gapirdim. Xo'sh, aslida "Olimpik"ning maqsadi nima edi, ertaga 2005 yillarni boshiga ham shu tushmasligiga hech kim kafolat bermaydi. 

Abdusalom Azizovga g'oya berishdan oldin mana shu haqda o'ylayapsizlarmi? Yoki bu Usmon Toshevdan chiqayotgan navbatdagi g'oyami? Ravshan Sayfutdinovich, siz o'zbek futbolining eng oldi insonlaridan birisiz, sizni ko'pchilik hurmat qiladi. Lekin yillar o'tib bu qilinayotgan ishlar asorati grand klublarimizni oddiy klublar qatoriga tushib qolmasligiga kafolat bera olmaysiz. SHunday ekan, hammasi tabiiy bo'lsin. "Olimpik" loyihasi keyin qanday davom etishini u erdagi rahbarlar hal qilaversin, istasa, xususiy klub sifatida yurgazsin. Ammo suniylik evaziga emas. Faqat klublardan majburan o'yinchilarini olib qo'yish haqida o'ylamanglar. Buning oqibati yaxshi bo'lmaydi. Ertaga klublarni akademiyalari ishlamay qo'yadi. Bu esa O'zbekistonning boshqa yoshdagi terma jamoalari saviyasi tushib ketishiga sabab bo'ladi. 

2005 yillar masalasi haqida muhim qaror qabul qilishdan avval, ko'raylik, "Olimpik" loyihasi Parijni zabt eta oladimi-yo'qmi. Zabt etgan taqdirda ham bu masalaga 2024 yilda kelish kerak, shoshilinch, bugun emas. Ikkinchidan, bir paytlar biz bunday amaliyotni boshimizdan o'tkazganmiz. Adashmasam, 2004 yil "SHayxontoxur" degan klub ochildi, amalda bu jamoa 2008 yilgi Osiyo chempionatida qatnashadigan terma jamoa uchun baza vazifasini o'tashi kerak edi. 1989 yillar bu payt 15 yoshda bo'lgan. Ivan Nagaev, SHerzod Karimov, G'ulom Urunov, Andrey Afanasev, Sanat SHixov, Sarvar Otaboev kabi ijrochilar jamlandi. Bu loyiha futbolchiga emas, terma jamoaga foyda keltirdi — U-19 Osiyo chempionatida kumush medal va kichik mundialga yo'llanma.


"SHayxontohur" - 2006 yil. Kimlarni tanidingiz?


O'sha pallada bu eng yaxshi natija sifatida qabul qilindi, reja ish berdi. Ammo keyinchalik mazkur o'yinchilar top-darajaga chiqib ketgani yo'q. Aksincha, mazkur jamoa azosi bo'lmagan Islom To'xtaxo'jaev (Farg'ona, "Neftchi"), u hali Toshkenga kelmagan paytidayoq milliy jamoaga jalb qilingandi. Fozil Musaev (Qashqadaryo, "Mashal"), Sanjar Quvvatov (Qashqadaryo, "Mashal"), Oleg Zoteev (Olmaliq, AGMK) nisbatan milliy jamoagacha etib kelib Osiyo Kubogi, JCH saralashlarida harakat qildi.  "SHayxontoxur" esa 2010 yilda faoliyatini tugatdi. Oradan 2 yil o'tib Olimpiada "qulog'ini" ushlab ketdi. Loaqal Ahmad Ubaydullaevga o'z ishini oxirigacha etkazib qo'yish imkoni berilmadi. Fikrimcha, bari tabiiy bo'lsin.  Yana bir misol, 2019 yilgi reglamentga har bir klub 1997 va undan kichik  kamida bir nafar futbolchini 45 daqiqa o'ynatish majburiyati kiritildi, maqsad olimpiya terma jamoasiga futbolchilarni etkazib berish edi. Suniy raqobat natijasi nima bo'ldi, Tokio Olimpiadasiga yo'llanmasi qo'lga kiritilmadi. Tajribadan o'tgan narsani yana amaliyotga tadbiq qilish, bilmadim, qanchalik to'g'ri. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика