So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  10 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  2 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  7 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  1 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  1 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  3 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  4 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  26 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0

"90-yillar futboli". Alessandro Del Pero va Filippo Inzagi Yangiliklar

"90-yillar futboli". Alessandro Del Pero va Filippo Inzagi

Tarixiy suratlarda aks etgan futbol yulduzlarini eslashda davom etamiz.

Alessandro Del Pero 1974 yilning 9 noyabr sanasida Italiyaning Konelyano shahrida tug'ilgan. Professional faoliyatini "Padova" klubida boshlagan. 1993 yildan 2012 yilga qadar Turinning "Yuventus" klubida o'ynagan. Ushbu klub safida 513ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 208ta gol urgan. 2012-2014 yillarda Avstraliyada "Sidney" klubida faoliyat olib bordi. Nihoyat 2014 yilda Hindistonning "Dehli Dinamo" klubida o'ynadi.

Italiya milliy terma jamoasi safida 1995-2008 yillarda faoliyat olib borib 91ta o'yinda 27ta gol urgan. Butun faoliyati davomida 777ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib 316ta gol urishga erishgan.

Erishgan yutuqlari:
Jamoaviy
- 2006 yilgi Jahon chempioni, 2000 yilgi Evropa chempionati finalchisi, 6 karra Italiya chempioni, Italiya kubogi sohibi, 4 karra Italiya Superkubogi sohibi, Evropa CHempionlar ligasi g'olibi, UEFA Superkubogi sohibi, Intertoto kubogi sohibi, Qitalararo kubok sohibi.

SHaxsiy - 1997-1998 yilgi ECHL to'purari, 2007-2008 yilgi Italiya chempionati to'purari, "Yuventus"ning barcha davrlar to'purari - 290ta gol. 17 mavsum davomida Italiya A seriyasida 10tadan ortiq gol urgan yagona futbolchi.


Filippo Inzagi 1973 yilning 9 avgustida Italiyaning Pyachenca shahrida tavallud topgan. Hujumchi o'z professional faoliyatini "Pyachenca" klubida boshlagan. "Leffe" va "Veron" klublarida ijarada o'ynagan. So'ngra "Parma", "Atalanta" va "Milan" kabi klublarda faoliyat olib borgan. Turining "Yuventus" klubida 1997-2001 yillar oralig'ida to'p tepgan. Bu jamoa safida 120ta o'yinda 57ta gol urgan.

Italiya milliy terma jamoasi safida 57ta o'yinda harakat qilib 25ta to'p kiritgan. Faoliyati davomida jami 623ta o'yinda 288ta gol urgan.

Erishgan yutuqlari:
Jamoaviy - 2006 yilgi Jahon chempioni, 2000 yilgi Evropa chempionati finalchisi, 3 karra Italiya chempioni, 3 karra Italiya Superkubogi sohibi, Italiya kubogi sohibi, UEFA CHempionlar ligasi g'olibi, 2 karra UEFA Superkubogi sohibi, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi, Intertoto kubogi sohibi.
SHaxsiy - Italiya A seriyasining eng yaxshi yosh futbolchisi, 1996-1997 yilgi mavsumda Italiya A seriyasi to'purari, 2007 yilgi ECHL finalida eng yaxshi futbolchi, Evrokuboklarda "Milan"ning eng yaxshi to'purari.

Suratda 2006 yilda "Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" oficer ordeni sohiblari bo'lgan Del Pero va Filippo Inzagi (1998 yil). 


90-yillar futboli: 1999 yilgi ECHL finali

90-yillar futboli: Kristian Veri va Ronaldo

90-yillar futboli. Gollandiya-1995

90-yillar futboli: Terri Anri

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика