So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

"8+3". Puyol, Ronaldino va Dragan CHeran - G'ofurov eng yaxshilarni aytdi (10-son) Yangiliklar

"8+3". Puyol, Ronaldino va Dragan CHeran - G'ofurov eng yaxshilarni aytdi (10-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal AGMKning iqtidorli yarim himoyachisi Xusniddin G'ofurov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- O'ylashimcha, Ronaldino. "Afsungar"ning harakatlarini oldindan taxmin qilib bo'lmasdi.

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz? 

- Luiz Enrike boshchiligidagi "Barselona" - 2015.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Messining "Atletik Bilbao" darvozasiga kiritgan to'pi. Leo to'pni maydon markazida qabul qilib olib, basklarning yarim tarkibini aldagan edi.


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Men uchun boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs - Karles Puyol. U haqiqiy sardorlarning timsoliyu

- O'zbek futboli qiroli kim?

- SHubhasiz, Mirjalol Qosimov.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- 2010-2015 yillardagi milliy jamoamiz.

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?

- Dragan CHeran bo'lsa kerak.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering. 

- Mark-Andre ter SHtegen, Daniel Alves, Karles Puyol, Nemanya Vidich, Marselo Vieyra, Xavi, Andres Inesta, Ronaldino, Stiven Jerrard, Lionel Messi, Dide Drogba. 

Murabbiy: Pep Gvardiola.

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting.

- Ruslarning "Brigada" seriali.

- Siz uchun baxt nimadan iborat?

- Ota-onam va oilamning tinchligi.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Mol boqishdan katta futbolga kirib kelganim (kuladi).

"8+3". "Ravshan Haydarov — eng kuchli murabbiy" (9-son)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика