So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  9 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  8 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

"8+3". O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim? (16-son) Yangiliklar

"8+3". O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim? (16-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal Toshkentning "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati rahbari, jurnalist Xayrulla Xoliqov bilan suhbatlashdik. U kishiga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Agar faqat bir kishini aytishga to'g'ri kelsa, bu Lionel Messi. Lekin kuchli futbolchilar ko'p. Masalan, o'yini ko'rganlarim orasida Zinedin Zidan, Terri Anri, Ronaldino, Alessandro Del Pero, Alan SHirer, Neymar va boshqalar. 

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Uchta eng chiroyli golni aytib o'tsam: 

1. EVRO-2000 finalida David Trezege urgan goli. 

2. ECHL-2002 finalida Zidan urgan gol. 

3. JCH-2018 saralash o'yinida Marat Bikmaevning Janubiy Koreya darvozasiga kiritgan to'pi.

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Futbolchilardan Zlatan Ibragimovich. Murabbiylardan Antonio Konte. Rahbarlardan Roman Abramovich. Hakamlardan Per Luiji Kollina. SHarhlovchilardan Mirzahakim To'xtamirzaev. Jurnalistlardan Nodirxo'ja Yuldashev. Muxlislardan Abdurahmon Fozilov. 

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Ektor Kuper.

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Saytimiz xodimi Tolibjon Qosimov. CHunki u Qarshiga borib, "Nasaf" bilan Bahrayndagi OFK Kubogi finaliga keta olmay, Toshkentga qaytib keldi (viza chiqmadi). 

- Sizningcha, bugungi o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Futbolimizdagi barcha sohalarda tanqid qilsa bo'ladigan mavzular etarli deb o'ylayman. 

- Siz bevosita stadionda kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- 27 noyabr kuni Qarshida o'tkazilgan "Nasaf" – "Lokomotiv" bahsi. 

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilardan ramziy jamoa tuzib bering.

- O'z faoliyatini tugatgan futbolchilardan ramziy terma jamoa:

Darvozabon - Faben Bartez

Himoyachilar - Roberto Karlos, Fernando Yerro, Alessandro Nesta, Lilian Tyuram.

Yarim himoyachilar - Luish Figu, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Ronaldino.

Hujumchilar - Terri Anri, Andrey SHevchenko.

Murabbiy - Visente del Boske

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Kino aktyorlardan Arnold SHvarcenegger. Yozuvchilardan O'tkir Hoshimov. SHoirlardan Abdulla Oripov. Futbolchilardan Terri Anri. 

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Bazan shu ishni bugun qilishim kerak deyman-u, lekin nimadir bo'lib ortga surilaveradi. Tavakkalchi emasligim o'zimga yoqmaydigan jihat. 

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Menimcha, 2000 yil universitetga o'qishga kirganim bo'lsa kerak.

"8+3". Abror Imomxo'jaev — Messi, Maradona va Mirjalol Qosimov haqida (15-son)

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика