So’nggi yangiliklar

01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  2 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  0 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   10 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  12 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  2 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  6 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  390 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  51 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  1 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4

8 yillik sardor... Roy Kinning Ser Aleks bilan qay tariqa janjallashgani haqida ajoyib tarix Yangiliklar

8 yillik sardor... Roy Kinning Ser Aleks bilan qay tariqa janjallashgani haqida ajoyib tarix

Bir jihatga ko'p etibor beramiz. Futbol ichidagi janjallar odatiy holatga aylanib qolgan bo'lsa-da, doimo muxlislarning diqqat markazida bo'lib kelgan.

Bugun biz futbol olamidagi eng yorqin murabbiylardan biri Ser Aleks  Fergyusson hamda futbol tarixidagi eng "vaxshiy" himoyachilardan biri bo'lgan Roy Kin o'rtasidagi munozaralar haqida gaplashamiz:

2002 yilda Yaponiya hamda Janubiy Koreyada bo'layotgan jahon chempionati vaqtida Roy Kin va Irlandiya termasi bosh murabbiyi Mik MakKarti bilan janjallashib qoladi. O'yinoldi mashg'ulotlar toifasiga kiruvchi 5ga 5 o'yinda darvozabonlar qatnashmasligidan Roy Kinning jahli chiqadi.

Hattoki, Kin darvozabonlar murabbiyi Bonner va JCHdan keyin termadan quvilgan MakKarti bilan mushtlashib ketishiga ham oz qolgandi. SHuningdek, Kin doimiy ravishda Yaponiyadagi shart-sharoitlardan noliyverardi.

Ser Aleks esa o'sha paytda futbolchi bilan bog'landi va Mik bilan munozaralarni hal qilishga intildi. Ammo barcha gaplar undan oldingi matbuot anjumanida aytib bo'lingandi. Buyog'i kech edi.

Fergyuson odatda xalqning oldida doimo o'z futbolchilarining tarafini olardi. Kin esa goh u goh bu, bazida mavzudan yiroq bo'lgan sabablar bilan noroziligini ochiqchasiga aytardi.

"Roy vaziyatni battar chigallashtirmasligi kerak. Biroq Roy Kin kabi shaxs uchun hech qanday qonun yaratilmagandi", - deb iqtibos keltiradi Ser Aleks o'z kitobida.

Fergi va Roy Kin o'rtasidagi munosabatlar ilk bora 2005 yilda, jamoa Portugaliyada yig'in o'tkazayotganida buzilgandi. O'shanda sardor murabbiyiga tashkilotchilik borasida bir qancha shikoyatlari yozilgan ro'yxatni olib kirgan. Royga kichik uylar yoqmagan: u buning saviyasini juda past va yashashga yaroqsiz deb topgan. SHuningdek, irlandiyalik Fergyusonning yordamchisi bo'lgan Karlush Keyrush (aynan u o'quv-yig'in mashg'ulotlarini tashkil qilardi) bilan ham janjallashib qoldi.

Mashg'ulotlar tugaganidan keyin Ser Aleks jamoa sardorini o'z oldiga chaqirib, Keyrushdan uzr so'rashini talab qildi. Biroq u buning uchun rad javobini oldi.

"Siz o'zgaribsiz", - deganda o'shanda Kin bosh murabbiyiga qarab.

"Men o'zgaribman? Men qanday bo'lsam shundayman, bo'lmasa, men hech kimga kerak bo'lmasdim!", - deb javob qaytardi shotlandiyalik.

2005 yilning 29 oktyabr kunida o'sha mashhur "Midlsbro"ga qarshi o'yin bo'lib o'tdi. MYU "Riversayd" stadionida 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoaning yagona golini 90-daqiqada Krishtianu Ronaldu kiritdi.

Jamoada klub kanali uchun intervyu beriladigan navbat tizimi yaratilgandi. O'sha kuni jurnalistlar Gari Nevill bilan gaplashishi kerak edi. Biroq Roy Kin jamoadoshidan navbatni berishini so'radi. Fergyuson esa bunga rozilik berdi.

O'sha kuni sardor "Boro" bilan o'yinda qatnashgan barcha futbolchilarni so'kib tashladi. Asosiy gap esa Rio Ferdinandga borib tegdi.

"Haftasiga 120 ming funt maosh olib, "Tottenxem" bilan 20 daqiqa yaxshi o'ynasang, sen superyulduz bo'lib qolmaysan".

Ushbu videoyozuvlarni ko'rgan Ser Aleks o'z ko'zlariga ishonmasdi. Ertasi kuni ertalab esa unga Gari Nevillni maydonga tushirishni talab qildi. Futbolchilar esa Keyrushning mashg'ulot tizimidan norozi ekanligini aytib o'tishdi.

Fergining esa bundan jahli chiqardi; shunda u "oyoqlar" qaysi tomonga o'sayotganligini tushundi.

SHotlandiyalik yana bir bor Roy bilan gaplashib ko'rdi. Ser Kinning intervyusini tanqid qildi. Javob tariqasida u vaxshiy irlandiyalikdan o'zining gaplari borasida futbolchilardan ovoz yig'ishini talab qildi. Yozuvni ko'rsat va barcha o'z hulosasini aytsin. Van der Sar, Rud van Nistelroy va Keyrush jim bo'lishmadi va jamoa sardorining tomonidan chiqib ketishdi. U Fergyuson tomoniga esa g'azab bilan:

"Sizlar klubning qiziqishlariga halaqit qilyapsizlar!", - bu so'nggi to'qilgan qonlar edi.

Oradan 2 daqiqa o'tib, xonada yordamchisi bilan yolg'iz qolgan Ser Aleks himoyachining jamoadan ketishi kerakligini aytdi.

Jamoa shokda edi. Fergi esa o'z nazdida to'g'ri ish qilayotganini tushunardi. O'z hayotiy kitobida jamoadagi nazoratni yo'qotib qo'ymaslik kerakligini ko'p bora takidlagan. Birorta futbolchi murabbiydan ustun bo'la olmaydi. Ser Aleksning esa bir qatiy poziciyasi bor edi: qachonki futbolchi jamoani boshqarishni istasa, u bilan xayrlashish kerak.

"Futbolchilar murabbiyini har doim haqiqiy erkak deb hisoblashi kerak"

Roy keyinchalik "Seltik"ka o'tganidan keyin shotlandiyalik mutaxassisdan o'z ayblari uchun kechirim so'radi.

U uchun natija har doim, hattoki hozir ham muhim bo'lib kelgan. Muxlislar esa o'sha intervyuda yosh futbolchilarni keskin tanqid qilgani uchun Roy Kinga xushtak chalib aqldan ozdiray degandi. Ha, bu malumotlar klub tomonidan sir tutilishi, boshqa joylarda yozilishi taqiqlangandi. Ammo baribir matbuot buni oshkor qildi.

Mankunianliklarning sobiq sardori jurnalistlar bilan intervyularda doimo "Yunayted"dagi hayoti haqida gapirmagan. 12 yil mobaynida u ushbu klub sharafini himoya qilgan bo'lsa-da, buni yoddan chiqarardi. Bu esa Fergyusonga maqul kelmagan.

2011/2012 yilgi mavsumda ikki britaniyalik yana bir bor munozaralarga bordi - Roy ECHLdan chiqib ketgan MYUning yosh futbolchilarini tanqid qildi. Javob tariqasida esa Ser Aleks Kin oddiygina televizion tanqidlarga qaramasligini, Kin esa kutish va sabr qilishni bilmasligini aytdi. Bungacha Kin "Sanderlend" va "Ipsvich" kabi jamoalarni boshqara olmagan va vazifalar uddalanmagandi.

Yakunda barchasi barbod bo'ldi. Kin o'z intervyularidan birida o'z ishlarini klub manfaatidan ustun qo'yishini aytgandi. SHotlandiyalik esa MYUdan ketar kuni Roy bilan ketish borasidagi gaplarni hech qaerda aytmasligi borasida kelishib olishgandi. Bu kelishuvni esa irlandiyalikning o'zi buzdi.

"MYUda yurgan vaqtimda Roy Kin kabi etiborli futbolchini ko'rmaganman", - degandi Nevill. Skoulz va Giggzga doimiy safarlar yoqardi. Ammo Kin mavsum yarmida jamoani qora futbolchi sifatida tark etdi.

"Yunayted" tarixidagi eng yaxshi murabbiy bilan urushgan bo'lsa-da, Roy Kin baribir jamoa uchun eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qoldi.

Barcha muxlislar irlandiyalikni tez-tez eslashadi. Kin kabi futbolchilar MYUga etishmayapti, jamoaga etakchilar etishmayapti deyishadi. Ammo, haqiqatdan ham Kin kabi futbolchilar 30, 40, balki, 100 yilda bir tug'iladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика