So’nggi yangiliklar

09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  1 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  1 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17

7 fevral kuni Superliga-2023 uchun qura tashlanadi - O'zPFL Yangiliklar

7 fevral kuni Superliga-2023 uchun qura tashlanadi - O'zPFL

Superliga futbol klublari yangi mavsumni qaysi stadionda boshlashi malum bo'ldi.

U-20 Osiyo kubogining parallel start olishi chempionat uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi tabiiy. Liga ularga aniq echimlar topish ustida ish olib boryapti. 

Rejaga ko'ra, Superliganing yangi mavsumi 3 mart kuni start oladi. "Nasaf" CHempionlar Ligasida ishtirok etishidan kelib chiqib, O'zbekiston Superkubogi o'yini Superliga starti oldidan emas, balki 14 mart kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi. Ammo O'zbekiston milliy terma jamoasining mart oyi uchun rejasidan kelib chiqib, Superkubok sanasi yana o'zgarishi mumkin. Bu haqda keyinroq batafsil malumot beriladi.  

7 fevral kuni esa Superliga yangi mavsumiga qura tashlanadi. Jarayon 21:00 dan boshlab "Sport" telekanali orqali jonli efirga olib chiqiladi. 

U-20 Osiyo kubogidan kelib chiqib, Liga qura oldidan futbol jamoatchiligi etiborini quyidagi masalaga qaratadi. 

Mart oyidagi FIFA kunlariga qadar "Neftchi", "Bunyodkor", AGMK yoki "Olimpik" futbol klublari o'zaro to'qnash kelib qolsa, katta ehtimol bilan ular ishtirokidagi o'yinlar boshqa sanada o'tkaziladi. Mazkur jamoalar dastlabki turlar davomida uy uchrashuvlarini boshqa klublarga qarshi o'tkazishiga to'g'ri kelsa, mazkur bellashuvlar avtomatik ravishda raqib maydoniga ko'chiriladi. Qolgan barcha holatga qura jarayonida batafsil tushuntirish beriladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика