So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  11 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  3 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  25

5 yil davom etgan "Sergey Simonenko ishi" qanday yakun topdi? Ulug'bek Mirzaev javob berdi Yangiliklar

5 yil davom etgan "Sergey Simonenko ishi" qanday yakun topdi? Ulug'bek Mirzaev javob berdi

"Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev "Futbol Taym" ko'rsatuviga intervyu berish jarayonida bir necha yil ilgari ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko bilan yuzaga kelgan mojaro qanday yakun topganiga batafsil izoh berdi.

"2019 yilda besh yil davom etgan Sergey Simonenko ishiga nihoyat nuqta qo'ydik. Yani FIFA 2014 yilda jamoada to'p tepgan ukrainalik futbolchiga 400 million so'm miqdorda pulni to'lab berish talabini qo'ygandi. Biroq bu narsa ancha vaqtgacha cho'zilib kelavergan. SHartnomani bir tomonlama buzilishiga "Bunyodkor" futbol klubi ham aybdor deb topilgan. FIFA qoidalariga ko'ra ikki oy muddat davomida oylik to'lanmasa futbolchi o'rtadagi shartnomani buzib ketsa o'yinchi haq deb topiladi. SHartnomada belgilangan muddatga qadar klub futbolchini oyligini to'lab berishi shart hisoblanadi. Odatda biz bunga o'rganmaganmiz. Ketgan futbochiga pul to'lash albatta noqulay. Lekin, biz qoidani buzib qo'ydik. "Bunyodkor" jamoasi rahbarlari bu ishni shu vaqtgacha cho'zib yurishgan.

FIFAning jiddiy ogohlantirishlaridan so'ng 2016 yilda klub rahbarlari Simonenkoning klub ishichisi sifatida ochilgan kartasiga pulni tushirishgan. Biroq, bu narsa FIFAni qoniqtirmagan. Bu paytga kelib futbolchi O'zbekistonni tark etib ulgurgan. Plastik kartochka ishlamay qolgan. Yani kartalarni ham o'z muddati bo'ladi. Futbolchi o'z yurtida, shuning uchun pulni dollarda yoki evroda o'tkazib berish talabi qo'yildi.



Istaymizmi, yo'qmi klubni saqlab qolish uchun, FIFAning so'ngi chorasi bo'lmish klubni quyi ligaga tushirib yubormasligi uchun biz to'lashga majbur bo'ldik. Biroq, bizda ushbu jaryonda katta muammo tug'ildi. Aniqrog'i, Toshkent shahri Iptoteka Bank tomonidan Simonenkoga ochilgan kartadagi pullarni qanday qilib biz o'z hisobimizga qaytarish borasida o'ylanib qoldik. Bankdagilar esa bu hisob raqamidagi pullar faqat Simonenkoga tegishli ekanligini aytishdi. Buni "Bunyodkor" klubiga bera olmaslikni yoki Simonenkodan ishonchnoma olib kelishni aytishdi. Biz bu borada bankni ham ogohlantirib qo'ygandik. Qachondir Simonenko o'zbekistonlik fuqaroga ishonchnoma berib bu pullarni ham olib ketishi mumkinligini bilgandik. Ikki tomonlama yutqazib qo'ymaslikni istadik. Simonenko Toshkentdagi pulni ham olib ketmoqchi bo'lgandi. Bu erda ikkita xato o'tgan. Toshkentdagi pulni ham Simonenkoni ixtiyoriga o'tkazib qo'yishgan, ham FIFAni talabini bajarish. Ipsiz qo'l va oyog'imizdan bog'lab ketishgandi.

Kunlardan bir kuni aslida Ukrainada yashaydigan, tagi samarqandlik bo'lgan fuqaroga Simonenko ishonchnoma bergan va Toshkentda qolgan pullarini olib kelishni buyurgan. Biz shu zahotiyoq moliya menejirimiz bilan bankka etib keldik. SHu erda biz nima qilishimizni bilmay qoldik. Qonun ular tomonda, pulni olib ketishga ishonchnoma bor. SHunda yotig'i bilan u insonga tushuntirdim. Bu pullar sudga oshirilganligini aytdik. Simonenko kemaganligi sababli pullarni sud orqali olmoqchi bo'ldik. Barcha sud qog'ozlarini ko'rsatganimizdan so'ng u odam biroz cho'chidi. Bu ish jinoyi javobgarlikkacha olib borilishi mumkinligini takidladik. SHunda Simonenko yollagan odam ortga chekindi va mazkur ishlarga aralashishdan bosh tortdi. Yakunda sudda biz yutib chiqdik. O'sha bankdagi pullarni hisob raqamimizga qaytarib berildi",- deydi Ulug'bek Mirzaev "Futbol Taym" ko'rsatuvida.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика