So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

5-turni chempionlikka davogarlar boshlaydi, imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

5-turni chempionlikka davogarlar boshlaydi, imkoniyatlar qanday?

To'rtinchi va beshinchi tur orasidagi farq katta bo'lmadi. Mana bugundan boshlab yana o'zimizning oliy ligamizni tomosha qilamiz.
Dinamo (Samarqand) – Lokomotiv (Toshkent)  
16 aprel 2015. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 16:00
Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
UzPFL vakili: SH. Rajabov.
Imkoniyatlar: 40:60%



Kunning dastlabki uchrashuvi Samarqandda bo'lib o'tadi. "Dinamo" o'z maydonida so'nggi ikkita o'yinda 8ta gol urgan "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Bu o'yinda ustunlik "temiryo'lchilar" tomonida bo'lishini bashorat qilish qiyin emas. "Lokomotiv" bugungi "Milan" kabi ikkita bir xil tarkibga ega bo'lgan oliy ligadagi yagona jamoa. OCHL va oliy liga o'rtasida Abramov kamida to'rt nafar futbolchini almashtirib turibdi. Bugun darvozani Ignatiy Nesterov qo'riqlashi haqida Karlenovich 4-tur yakunida aytib o'tgan edi.

"Dinamo" esa oliy ligada hozircha g'alaba qozona olmagan to'rt jamoadan biri bo'lib turibdi. O'z maydonida olti ochko olishi mumkin bo'lgan ("Qo'qon-1912" va "Qizilqum") o'yinlarda bor yo'g'i bir ochko ishladi. Bu ikki raqibni "Lokomotiv"ga solishtirsangiz, bugun ham "Dinamo"ni ochkosiz qolishi mumkinligini bashorat qilish mumkin.

Paxtakor (Toshkent) – SHo'rtan (G'uzor)   
16 aprel 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:30
Hakamlar
: V. Kovalenko (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), R. Nugmanov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
UzPFL vakili: F. Magametov.
Imkoniyatlar: 55:45%



Turnir jadvalidagi qo'shnilar. Ikki jamoa ham bittadan kam o'yin o'tkazgan holda 7 ochko jamg'arib turibdi. O'yin Toshkentda, ideal maydonda bo'lib o'tishini hisobga olsak, Iskanderov - Sergeev tandemi bu o'yinda o'zini ko'rsatishi mumkin. "Qizilqum"ga qarshi kechgan bahsda bu juftlik yaxshi harakat qilgan edi, biroq maydonning holati ularga biroz muammo tug'dirdi.

"SHo'rtan" darvozasini qo'riqlab kelayotgan Temur Jo'raev bugun o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Aynan shu omil uning ruhiy holatiga tasir o'tkazishi mumkin. Undan tashqari "SHo'rtan"ga tarkibda qariya futbolchilarni ko'pligi, raqibning yoshiga nisbatan salbiy bo'lishi mumkin.


Nasaf (Qarshi) – Qizilqum (Navoiy)
16 aprel 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 18:30
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro)
UzPFL vakili: G. Rtveladze.
Imkoniyatlar: 55:45%



Qarshida ochko olish qiyin masala, lekin bugun "Qizilqum" shunga harakat qiladi. Garchand, "Nasaf" Buxoroda o'z darvozasi daxlsizligini taminlagan holda g'alaba qozongan bo'lsa-da, "Buxoro"ni yomon o'ynadi deb ayta olmaymiz. SHunchaki, Eldor Suyunovning mahorati Ro'ziqul Berdiev jamoasini bir qator gollardan qutqarib qolgandi. "Qizilqum" standart vaziyatlarda xavfli. Jamoada bir qator futbolchilar jarima zarbasini maromiga etkazib bajarishadi.

Gevorkyan bor ekan, "Nasaf"ga ne g'am degan ekan bir muxlis.

Bizdan taxmin, o'yin sizlardan hurmatli futbolchilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика