45 yoshli Van der Sar Nordveyk safida bitta o'yinda maydonga tushadi
10 mar 2016 22:35
Yangiliklar


45 yoshli Van der Sar Nordveyk safida bitta o'yinda maydonga tushadi
Gollandiya terma jamoasi sobiq posboni Edvin van der Sar bitta o'yin uchun yana futbolga qaytadi.
Golkiper havaskor klub bo'lgan Nordveyk safida bitta o'yin o'tkazadi. Van der Sar o'smirlik vaqtida shu klubda o'ynagan. U jarohat olgan Mustafo Amezrineni almashtiradi.
Edvin klubimizga begona emas va Nordveykda ko'p bo'lib turadi. U shanba kuni maydonga tushishga rozi bo'ldi. Menimcha gap faqat bitta o'yin haqida, – deydi Nordveyk vakili Piter Vink.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar