So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  6 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

40 yoshigacha maydonda javlon urgan Abdumajid Toirov 45 yoshga to'ldi Yangiliklar

40 yoshigacha maydonda javlon urgan Abdumajid Toirov 45 yoshga to'ldi

O'zining 40 yoshida ham professional darajada to'p tepib, o'zbek futbolida o'ziga yarasha iz qoldirgan tajribali himoyachi Abdumajid Toirov bugun o'z tavallud kunini nishonlayapti.

Abdumajid aka bugun 45 yoshga to'ldilar. Metin himoyachi sifatida tanilgan Toirov 1996 yili Termizning ASK klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Besh yil davomida “Surxon” klubi sharafini himoya qilgan futbolchi 2000 yili Farg'onaning “Neftchi” jamoasi safiga borib qo'shiladi. Aynan vodiy jamoasi tarkibida u faoliyatidagi yulduzli onlarini o'tkazgan, desak yanglishmaymiz.

Olti yil mobaynida “Neftchi” safida o'ynagan Abdumajid Toirov keyinchalik “To'palang”, “Quruvchi”, “Olmaliq”, “Xorazm”, “Andijon”, “Navbahor” jamoalari sharafini himoya qildi. “Neftchi” tarkibida mamlakat chempioni bo'ldi. To'rt marta O'zbekiston kubogining finalida o'ynadi, lekin bu sovrinni yutish nasib qilmadi.

Besh yildirki, Abdumajid aka murabbiylik faoliyatini olib boryapti. Biz bugun oilasi davrasida tavallud ayyomini nishonlayotgan Abdumajid Toirovdan faoliyati xususida qisqacha intervyu oldik.

- Abdumajid aka, bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib boryapsiz. Bu faoliyat qanday boshlangan?


- Albatta, futbol o'ynab yurgan kezlarimdayoq, bir kun kelib murabbiy bo'laman, deb o'z oldimga maqsad qo'ygandim. Faoliyatimning so'nggi yillarida o'zimni shunga tayyorlab bordim. Ko'z tegmasin, hozircha hammasi ko'ngildagidek ketyapti.

- Murabbiylik siz o'ylagandek qiyin ekanmi? CHunki, futbolchilik davrida bu sizga bilinmagan bo'lishi mumkin. Mana endi murabbiylarga oson emasligini tushunib etyapsizmi?


- Ha, boshida ozgina noqulay edi. Sababi, men hamisha murabbiy qarshisida turishga o'rganib qolgandim. Endi esa aksincha, futbolchilarga yuzma-yuz turibman. Ularga futbol o'ynashni o'rgatishim kerak. Vaqt o'tishi bilan o'zim uchun yangi olamga ko'nikib boryapman. Bilasizmi, agar qilayotgan ishingiz sizga maqul kelsa va undan qaysidir manoda qoniqish xosil qilsangiz, o'sha siz aytgan qiyinchiliklar bilinmaydi. To'g'ri, murabbiylik ishi oson emas. Lekin mashg'ulot chog'ida shunchalik jarayonga kirishib ketasizki, bazi muammolarni tamomila unutasiz. Xuddiki, siz bilan futbolchilardan tashqari hech narsa yo'qdek atrofda.

- Futbolchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lganmi? Har holda 40 yoshingizgacha to'p tepdingiz. Bo'ldi, faoliyatingni tugat endi, deganlar bo'lganmi?


- Albatta bo'lgan. Bobur aka Haydarov shunday deb ko'p hazillashardilar. Faoliyatimdan ko'nglim to'lgan. Faqat O'zbekiston kubogini qo'lga kirita olmaganimdan ko'p holatlarda afsuslanaman. Ozgina alamli ham bo'lgan. CHunki to'rt marotaba kubokning finalida o'ynaganman.

Keling, shu o'rinda niyat qilaylik, Abdumajid Toirov futbolchilik davrida erisha olmagan yutuqlariga murabbiy sifatida erishsin! Bugungi tavallud ayyom esa yana bir bor muborak bo'lsin!


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика