So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  4 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  4 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  5 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  16 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  48 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

40 yoshida rekord sari yoxud Stefano Sorrentino haqida Yangiliklar

40 yoshida rekord sari yoxud Stefano Sorrentino haqida

"Kevo" 29 mart kuni "Kalyari"ga qarshi bahsda 3ta javobsiz gol o'tkazib yubordi.

To'g'ri, veronaliklar darvozaboni etarlicha kuchli o'ynay olmadi, ammo bunga asosli sabab bor. 28 mart kuni u 40 yoshga qadam qo'ydi. “Kalyari”dagi o'sha kungi bahs uning A Seriyadagi 360-o'yini bo'ldi. Stefanoning aytishicha, u 48 yoshigacha A Seriyada faoliyat yuritgan Balottaning rekordini yangilamoqchi ekan. Ammo zaxiradagi posbon bo'lishga aslo rozi emasligini ham takidlab o'tdi. Hech qanday qiyinchilikka qaramay, faqat asosiy tarkib uni qoniqtirar ekan.

Salerno provinciasida tug'ilgan o'yinchining hayotida ancha qiyinchiliklar bo'lgan. Undan ko'pchilikning umidi katta edi, ammo yoshligida qattiq jarohat oladi. Biroq shunda ham Stefano "Lacio" yoshlar jamoasi safiga qo'shila oldi. U erdan esa "Yuventus"ga o'tdi. Sorrentino Turin klub akademiyasini tamomladi. “Keksa sinora”ning ikki darvozaboni jarohat olgani uchun, 19 yoshida Italiya Kubogi o'yinida zaxirada o'tirishga ulgurdi. “Men bir suratni haligacha asrab-avaylayman: men, Davids, Indzagi, Zidan…”, — kulib yodga oldi Stefano. O'sha payt “Yuve” bosh murabbiyi Marchello Lippi unga zaxira futbolchisi bo'lish imkonini berdi. SHuning uchun ham, Sorrentino nufuzli jamoaning zaxira o'rindig'idan joy oldi. Lekin keyin u boshqa chaqirilmadi. SHundan so'ng, posbon yozda "Torino"ga o'tib ketdi hamda B Seriyada debyut qildi. Ammo faqat bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Lekin tajriba orttirish maqsadida kuchsizroq klubda o'ynab ko'rishga qaror qildi.

“Lacio” va “Yuventus” maktablarida o'qigani bois, takliflarsiz qolib ketmadi. “Yuve Stabiya” va "Vareze"da tajriba orttirdi va “buqalar” safiga qaytishga tayyor bo'ldi. O'sha vaqt “Torino” elitaga chiqib oldi. 2001 yil Sorrentino birinchi marta A Seriya jamoasi tarkibida maydonga tushdi. O'sha mavsum 4, keyingisida esa 8 bahsda ishtirok etdi. Bu vaqt mobaynida "Torino" yana B Seriyaga tushib ketdi. Lekin Stefano  ancha ko'nikib qolgan joyini tashlab ketishni hayoliga ham keltirmadi. Natijada u sadoqati uchun mukofotlandi va “Torino” A Seriyaga qaytgan mavsum jamoaning asosiy darvozaboni bo'ldi.

Ammo taqdir kutilmaganda Stefanoni Greciya tomon etakladi. "Torino" moliyaviy tomondan qiyinchilikka tushib qoldi va Sorrentino Italiyada o'ziga boshqa klub izlash o'rniga, “AEK” safiga qo'shildi. Keyinchilik darvozabon Greciyada unga ajoyib taklif bildirishganini yashirmadi. U aslida sovrinlarni qo'lga kiritishni istagan edi. Sababi, Italiya grand jamoalarining asosiy tarkibida unga joy yo'qligini yaxshi anglab etgandi. Hattoki, Stefano “Inter”da Julio Sezar bilan navbatma-navbat maydonga tushish imkoni bo'lgan. Ammo u bu taklifni qabul qilmagan. Sababi esa oddiy. Yuqorida takidlaganimizdek, uni faqat asosiy tarkib qoniqtirgan. Afsuski, u Greciyada birorta ham sovrin qo'lga kirita olmadi va yana Italiyaga qaytdi. Undan avval posbon "Rekreativo" safida Ispaniya chempionatida bir mavsumni o'tkazdi va barcha 38 o'yinda maydonga tushdi. Umuman olganda, ispanlar darvozabonni keyingi mavsumga olib qolishga ham qarshi emasdilar. Ammo u Italiyaga oshiqardi va maoshining ancha pasayishiga ham rozi edi.

SHundan so'ng, Sorretino hayotida muhim rol o'ynagan jamoani topdi. U Verona klubiga tez moslashdi va jamoadoshlari hurmati hamda muxlislar muhabbatiga sazovor bo'ldi. Sorrentino hech qachon yulduz bo'lmagan. Ammo uning sadoqati hamda tabassumi hech kimni beetibor qoldirmadi. SHu bilan birga, u bir maromdagi o'yini bilan doim o'zini ushlab turgan. U 10 yil avval qanday chaqqonlik bilan o'ynagan bo'lsa, hozir 40 yoshida ham xuddi shunday harakatlana olmoqda.

Sorrentino vijdonan ishladi va faqat bir mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Eudjenio Korini darvozabon Kristian Pujoniga taklif bildirdi. SHu sababli, Stefano Sorrentino mavsumning ikkinchi yarmini zaxira o'rindig'ida o'tkazishga majbur bo'ldi. U bu tajribali posbon bilan galma-galdan maydonga tushishni istamadi hamda B Seriyada o'ynaydigan "Palermo"ga o'tishga qaror qildi. Sorrentino Siciliyada yana asosiy kiper lavozimini egalladi va jamoa A Seriyaga qaytishida yordam berdi. Ular bilan yana ikki yilni ajoyib tarzda o'tkazdi. Qizig'i shundaki, u klubdan ketganidan keyin "Palermo" yana B Seriyaga tushib ketdi. Ehtimol, bu shunchachki tasodifdir. O'sha yili Sorrentino klub prezidenti taklifi bilan yana "Kevo" darvozasini qo'riqlay boshladi. Har doimgidek, u mahoratiga shubha qilishlariga o'rin qoldirmadi. O'tgan mavsum esa A Seriyaning barcha uchrashuvlarida ishtirok etdi.

Ha aytgancha, Krishtianu Ronaldu A Seriyadagi debyut o'yinida Sorrentino ham maydonga tushgan edi. Uchrashuvda portugaliyalik darvozabonning burnini sindirdi. Natijada italiyalik tuni bilan kasalxonada qolishiga to'g'ri keldi. Ronalduning o'yinchiga nisbatan hech qanday adovati yo'q edi. Bu shunchaki tasodif edi. Ammo Sorrentino “Yaxshi bo'ldi! Aks holda, “Oltin to'p” sohibidan dastxati tushurilgan futbolkani ololmagan bo'lar edim”, — deb kinoyali kulib ko'ydi. Ammo ikkinchi doira uchrashuvlarida o'zicha “o'ch oldi”: u "Yuventus"ning ettinchi raqami tepgan penaltini qaytardi va bundan juda xursand bo'ldi.

Posbonni uning familiyadoshi Paolo Sorrentino filmlari nomiga o'xshatishadi. U ajoyib kinolar suratga olgan. Avvaliga “Yuventus”da “ortiqcha inson” bo'lib qoldi. Keyin esa “Kevo”da “ajoyib” o'ynab, 4 farzandning “yosh ota”si bo'ldi. Butun faoliyati davomida esa hali ham “yosh”ligicha qolmoqda.


Sergey Rumyancev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика