4 karra Angliya chempioni va CHL g'olibi futbolchilik faoliyatini yakunladi
21 sen 2019 10:42
Yangiliklar
4 karra Angliya chempioni va CHL g'olibi futbolchilik faoliyatini yakunladi
Yarim himoyachi Anderson Luis de Abreu Oliveyra faoliyatini yakunladi.
31 yoshli futbolchining so'nggi klubi Turkiyaning "Adanaspor" bo'lgan edi. Sobiq futbolchi turk klubida bundan buyog'iga boshqa rolda ishlaydi.
Anderson futbolchilik faoliyati davomida "Adanaspor"dan tashqari "Gremio", "Portu", "Manchester Yunayted", "Fiorentina", "Internasonal" va "Koritiba" klublarida o'ynagan.
Braziliyalik futbolchi ingliz klubi bilan 4 marta Angliya chempionligini, 2 marta Liga Kubogini, Angliya Superkubogini, CHL va klublar o'rtasidagi JCHni yutgan.
Futbolchi 2008 yilda Golden Boy sovriniga loyiq deb topilgan edi.
Fikrlar