37 yoshli Vagner Lav Daniya chempionatida o'ynaydi
16 jan 2022 11:11
Yangiliklar
37 yoshli Vagner Lav Daniya chempionatida o'ynaydi
CSKAning sobiq futbolchisi Vagner Lav faoliyatini Daniyada davom ettiradi.
37 yoshli braziliyalik futbolchi "Midtyulland" bilan 6 oylik shartnoma imzoladi. Dushanba kuni u klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Ayni damda "Midyulland" tarkibida 6 nafar braziliyalik futbolchilar o'ynamoqda.
Bunga qadar u "Qayrat" tarkibida o'ynagan va qishda klubdan ketgandi.
Fikrlar