So’nggi yangiliklar

01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  0 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  1 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  5 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  9 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  1 21:46Нойер қайтмоқда  3 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  7 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 19:26"Норвич" футболчиси рақибга тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  0 19:00Роналду – кетма-кет 24 йил гол урган биринчи футболчи!  38

"3:6 hisobidagi mag'lubiyat, bugungi o'yinga taxminlar va yodda qolgan to'qnashuvlar" - "Neftchi" sobiq yulduzlari "Paxtakor" bilan o'yindan oldin Yangiliklar

"3:6 hisobidagi mag'lubiyat, bugungi o'yinga taxminlar va yodda qolgan to'qnashuvlar" - "Neftchi" sobiq yulduzlari "Paxtakor" bilan o'yindan oldin

O'zbek futboli ommasi Akmal Holmatov, Anvar Berdiev, Umid Isoqovlar to'p tepgan "Neftchi"ning "Paxtakor"ga qarshi har bir o'yinlarini maroq bilan eslashadi.

Garchi hozirga kelib o'sha vaqtdagi yulduzlar allaqachon butsalarini mixga ilib, murabbiylik va boshqa sohalarda faoliyat olib borishayotgan bo'lsada, championat.asia sayti bugun bo'lib o'tadigan "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvidan avval ularni bir joyga to'plashga qaror qildi. Demak Abdumajid Toirov, Anvar Berdiev, Sanjar Asqaraliev, Akmal Holmatov "O'zbek El Klasiko"sidan oldin o'zlarining mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda, dramatik kechgan uchrashuvlarni ham yodga olishdi. 


Anvar Berdiev: - Bugun ajoyib o'yin kutmoqdaman. "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligini uzoq kutdik. O'sha kun keldi. Mavsum startini ikki jamoa yuqori kayfiyatda kelyapti. Boisi ilk turda g'alaba qozonishdi. Imkoniyatlar 50/50

Faoliyatimdagi eng yodda qolgan o'yin 2001 yilgi mavsumda bo'lgan. Raqobat kuchli bo'lgan davrlar edi. "Neftchi" ikkinchi o'rinda ketyapti. "Paxtakor" bilan safarda o'ynayapmiz. Toshkentda 2:1 hisobida g'alaba qozonib amalda chempionlikni hal qilgandik. Mazkur bahsda o'zim ham to'p kiritganman. 

Avvalgi "Neftchi" qaytishiga ishonaman. CHunki Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov buning uchun ko'p ishlarni amalga oshiryaptilar. Ularning ishlariga baraka bersin, deb qolaman. "Neftchi" jamoasiga omad tilayman. Bu o'yinda farg'onalik muxlislar bilan birgaman. 


Sanjar Asqaraliev: - Menimcha ushbu bahsga ortiqcha tarifning keragi yo'q. Oldindan qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'lib kelgan. Fikrimcha, "Paxtakor" minimal hisobda g'alaba qozonsa kerak, deb o'ylayman. 

Xotiramdan o'chmaydigan uchrashuv Farg'onada o'tgan. "Paxtakor"ning g'alabali seriyasini Akmal Holmatovning goli bilan buzganmiz. Toshkent jamoasi Farg'onada birinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgan. 


Abdumajid Toirov: - Qiziqarli bahs bo'lib o'tishini istardim. CHunki "O'zbek El Klasiko"si nomiga munosibligini yo'qotmasligi kerak. Bugungi "Paxtakor" tarkibida g'alabaga chanqoq yoshlar va tajribali ijrochilar yig'ilgan. "Neftchi" esa Yaypandagi derbidan so'ng Toshkentga faqat g'alaba ilinjida kelishi tabiiy. 

"Neftchi" libosida "Paxtakor"ga qarshi har bir uchrashuv yodimda. Bittasini tanlashga kelsak, 2002 yilgi O'zbekiston Kubogi finalidagi 3:6 hisobida mag'lub bo'lgan o'yin. Bunday final yana qaytarilmasa kerak. 

Ilhom Mo'minjonov bu o'yinda uch ochko olish uchun qandaydir sovg'a tayyorlashi shart. Uning qo'lidan keladimi yoki yo'qmi, o'yin davomida ko'ramiz. 



Akmal Holmatov: - Men uchun bu o'yin haqida gapirish juda qiyin. Sababi "Neftchi"da Akmal Holmatov, degan nomni orttirganman. Hozirgi kunda Diyor Holmatov "Paxtakor"da o'ynamoqda. Yaxshi o'yin ko'ramiz, deb o'ylayman. Kuchli jamoa g'alaba qozonsin. Ikki jamoaga omad tilayman. Lekin Diyorga ko'proq muxlislik qilaman. 

"Paxtakor" - "Neftchi" har bir to'qnashuvda dramatik jang ko'rardik. Hamma o'yin yodimda. 



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика