35 yoshli Yilmaz Franciya klubi bilan shartnoma imzoladi
01 avg 2020 19:48
Yangiliklar
35 yoshli Yilmaz Franciya klubi bilan shartnoma imzoladi
“Beshiktosh” forvardi Burak Yilmaz faoliyatini Liga 1'da davom ettiradi. U “Lill” azosiga aylandi.
Tomonlar 2 yillik kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, hujumchi erkin agent sifatida Franciya klubiga o'tgan. U “Napoli”ga transfer bo'lgan Viktor Osimxenning o'rnini olishi aytilmoqda.
Burak yakunlangan mavsum istanbulliklar tarkibida 26 o'yinda qatnashib, 14 gol urishga erishgandi.
Fikrlar